Davlat budjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati Davlat budjetining funksiyalari Davlat budjeti daromadlarining mazmuni


Davlat budjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


Download 261 Kb.
bet2/6
Sana10.04.2023
Hajmi261 Kb.
#1349076
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
давлат буджети

1.Davlat budjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
Davlat budjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot qayta taqsimlanadi. Yalpi ichki mahsulotning qayta taqsimlanishi jamiyatdagi umumiy ehtiyojlar: maorif, sog‘liqni saqlash, mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, aholi tarkibida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, havfsizlik, chegaralar dahlsizligini saqlash va favqulodda holatlar uchun saqlanadigan davlat zahiralarining mavjud bo‘lishi zarurati tufayli kelib chiqadi. Shuningdek, davlat budjet orqali jamiyatning ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir qilishning moliyaviy dastaklariga ega bo‘ladi.
Davlat budjeti davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida davlat hokimiyatini iqtisodiy imkoniyatlarining moliyaviy asoslarini yaratadi.
Masalan, iqtisodchi G.V. Polyak quyidagi fikrlarni bildiradi: “Davlat budjetdan o‘zining faoliyatini bevosita moliyaviy ta’minlashning asosi sifatida hamda iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning muhim vositasi sifatida foydalanadi”1.
Demak, bir tomondan budjetning paydo bo‘lishi davlatlarning paydo bo‘lishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ikkinchidan, aynan bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy sohalaridagi davlat islohotlarini amalga oshirishning asosiy instrumenti sifatidagi budjetning sifat belgilariga aniqlik kiritiladi.
Iqtisodchi L.A Drobozinaning budjetni ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati to‘g‘risidagi fikrlari quyidagichadir: “O‘zining moddiy mazmuniga ko‘ra davlat budjeti – o‘zida davlatning markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirish va undan foydalanishning alohida shaklidir, o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra milliy daromadni taqsimlashning asosiy qurolidir”2.
Muallif budjetning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra bergan ta’rifi aynan bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy daromadning taqsimlanishida ijtimoiy xarakterdagi noishlab chiqarish sohalar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta’minlangan qatlamini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim instrumentlaridan biri sifatidagi budjetning mazmuniga urg‘u beradi.
Budjet - murakkab iqtisodiy kategoriya hisoblanadi, chunki uning moddiy asosini kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni tashkil qiladi.
Budjet munosabatlari davlat bilan xo‘jalik subyektlari hamda aholi o‘rtasidagi qiymat taqsimlanish jarayonida paydo bo‘luvchi moliyaviy munosabatlardir. Bunday moliyaviy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, birinchidan, yuqorida ta’kidlaganimizdek, ijtimoiy ishlab chiqarishning taqsimlash bosqichida vujudga keladi, ikkinchidan, markazlashtirilgan moliyaviy resurslarni shakllantirish va undan davlat manfaatlari yuzasidan foydalanishga yo‘naltiriladi. Davlat manfaatlari esa - bu ijtimoiy manfaatlar hisoblanadi. Budjet davlatning asosiy markazlashtirilgan moliyaviy resurslar fondi sifatida o‘ziga xos ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Demak, budjet iqtisodiy kategoriya sifatida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tizimida markaziy bo‘g‘inda ishtirok etishi bilan aholining ma’lum qatlami manfaatlarini o‘zida namoyon qiladi. Bu tushunchada budjet munosabatlari o‘zida iqtisodiy rivojlanishning aniq falsafasi va ideologiyasini aks ettiradi.
Budjet munosabatlari obyektiv xarakter kasb etadi, chunki budjet davlat va unga tegishli funksiyalarni amalga oshirishda muhim moddiy-moliyaviy baza shakllantirilishi uchun obyektiv zaruriyatdir. Shu bilan birgalikda budjet munosabatlari bazis elementi hisoblanadi. Takror ishlab chiqarish jarayonida budjet munosabatlari ularga muvofiq keluvchi moddiy shaklni oladi.
Budjet munosabatlari - jamiyat iqtisodiy tizimining elementidir. Iqtisodiy kategoriya sifatida budjet munosabatlari moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Budjetning moliyaga xos sifat belgilari birinchidan, ijtimoiy mahsulot qiymatining taqsimlanish jarayonida, aniqrog‘i, qayta taqsimlanishi jarayonida vujudga kelib, pul munosabatlarining o‘ziga xos shakli hisoblanadi. Ikkinchidan, budjet markazlashtirilgan moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanishga yo‘naltirilgan fond hisoblanadi.
Budjet munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iboratdir:
-budjet davlat qo‘lida milliy daromadni bir qismini jamlash va ijtimoiy ehtiyojlar va alohida davlat-xududiy tuzilmalar uchun undan foydalanish bilan bog‘liq qayta taqsimlash munosabatlarining aloxida iqtisodiy shakli hisoblanadi;
-budjet yordamida milliy daromadning bir qismi va ayrim holatlarda milliy boylik xalq xo‘jaligining tarmorqlari, mamlakat xududlari, ijtimoiy faoliyat sohalari o‘rtasida qayta taqsimlanadi;
-qiymatni budjet orqali qayta taqsimlash nisbati moliyaning boshqa bug‘inlariga nisbatan yirik miqdorni tashkil qiladi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va jamiyat rivojlanishining har qaysi tarixiy bosqichlarida uni rivojlanishi oldida turgan vazifalari orqali aniqlanadi;
-budjetning taqsimlash sohasi davlat moliyasida markaziy o‘rinni egallab, uning boshqa bo‘g‘inlariga nisbatan muhim ahamiyatga ega.
Demak, budjet iqtisodiy mohiyati nuqtai-nazaridan mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida ko‘rib o‘tiladigan bo‘lsa, davlatning moliyaviy asosini, qonuniy o‘rnatilishi nuqtai-nazaridan esa, davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida ko‘rib o‘tiladi.
Bizning fikrimizcha, birinchidan, budjet munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri sifatida davlat bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, aholi o‘rtasidagi imperativ xarakterga ega bo‘lgan pul munosabatlari hisoblanishidir. Ikkinchidan, budjet munosabatlari moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida markazlashtirilgan pul fondlarini tashkil qilish va undan foydalanish bilan bog‘liq pul munosabatlarini o‘zida aks ettiradi. Xo‘jalik mexanizmining tarkibiy elementi hisoblangan budjet mexanizmidagi yuqorida ta’kidlangan 2 xususiyatli sifat belgilari budjetning moliyadan V. Rodionova ta’kidlagan 4 asosiy farqli jihatlariga ega bo‘lish imkoniyatlarini shakllantiradi.
Qonunlar, monografiyalar, darsliklar, ilmiy maqolalar kabi iqtisodiy adabiyotlarda “budjet” terminini qo‘llashga alohida e’tiborni qaratish lozim.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasining „Budjet tizimi to‘g‘risida”gi qonunida budjetga quyidagicha ta’rif berilgan: ”Davlat budjeti - davlat pul mablag‘larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi”.
Yuqoridagi olimlarning davlat budjetiga bergan ta’riflarini o‘rganish, solishtirish va tahlil qilish natijasida biz bu kategoriyaga quyidagicha ta’rif berishni ma’qul, deb topdik: «Davlat budjeti – bu tegishli darajadagi (markaziy yoki mahalliy) davlat boshqaruv organi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan moliyaviy reja bo‘lib, unda davlatning o‘z funksiyalaridan kelib chiqib amalga oshiradigan asosiy xarajatlari hamda ularni moliyalashtirish uchun zarur daromadlari o‘z aksini topadi».
Budjetning qaysi darajada ekanligidan qat’i nazar unga uch jihatdan yondashish mumkin3:

  • iqtisodiy kategoriya sifatida;

  • moddiy ma’noda;

  • huquqiy kategoriya sifatida.

Iqtisodiy kategoriya sifatida budjet obyektiv xarakterga ega bo‘lgan pul munosabatlari tizimi sifatida qaraladi.
Moddiy ma’noda budjet - tegishli darajadagi davlat va mahalliy hokimiyat idoralari faoliyatini ta’minlovchi, ular oldiga ko‘yilgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarni bajarish imkonini beruvchi markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondidan iboratdir. Davlat tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni budjet hisobidan moliyaviy ta’minlash deganda budjetning aynan ana shu moddiy ma’nosi ko‘zda tutiladi.
Xuquqiy kategoriya sifatida budjet tegishli hudud doirasida markazlashtirilgan pul mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash, foydalanishga qaratilgan va tegishli davlat yoki mahalliy hokimiyat idorasi tomonidan tasdiqlangan asosiy moliyaviy reja, yuridik me’yorlardan iboratdir.
Asosiy moliyaviy reja sifatida shuni ta’kidlash joizki, unda moliyaviy rejalashtirishga tegishli bo‘lgan: tushumlarning aniq manbalari bo‘yicha pul daromadlari (budjet fondini shaklantirish); aniq yo‘nalishlar va tadbirlar bo‘yicha pul xarajatlari (budjet fondidan foydalanish) kabi alomatlari o‘z aksini topadi.
Budjet asosiy moliyaviy reja sifatida quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:

  • budjet universal moliyaviy reja sifatida tegishli hududning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining barcha sohalari va yo‘nalishlarini to‘la qamrab oladi;

  • budjet boshqa turdagi moliyaviy rejalarga nisbatan muvofiqlashtiruvchi vazifani bajaradi.


Download 261 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling