Davlat budjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati Davlat budjetining funksiyalari Davlat budjeti daromadlarining mazmuni
Download 261 Kb.
|
давлат буджети
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
Davlat budjeti. Budjet taqchilligi. Reja: KIRISH. Davlat budjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati Davlat budjetining funksiyalari Davlat budjeti daromadlarining mazmuni Davlat budjeti daromadlarining turkumlanishi XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Davlat budjeti davlat moliyasi tizimida markaziy o‘rinni egallaydi. Budjet tizimi murakkab mexanizm bo‘lib, muayyan mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa jihatlarining butun majmui asosida shakllanadi. Barcha davlatlarda xo‘jalik subyektlarining faoliyati natijasida yalpi ichki mahsulot (YaIM) va milliy daromad (MD) yaratiladi. Moddiy ishlab chiqarishda yaratilgan milliy daromad keyinchalik taqsimlash va qayta taqsimlash bosqichlaridan o‘tadi. Milliy daromadni qayta taqsimlashda va undan keyinchalik foydalanishda muhim vazifani davlat budjeti o‘ynaydi. Mamlakatda milliy daromadni qayta taqsimlash jarayonida uning bir qismi pul shaklida budjetga tushadi va moliyaviy resurslarning markazlashgan fondini tashkil etadi. Budjet - davlatning ma’lum muddatga mo‘ljallab tuzilgan va qonun bilan tasdiqlangan daromadlari hamda xarajatlari hisobi bandlar bo‘yicha taqsimlangan hujjat. U umumdavlat moliyaviy resurs fondini shakllantirish va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan, bir tomondan davlat o‘rtasidagi taqsimlash munosabatlarining bir qismini, ikkinchi tomondan korxonalar va aholi o‘rtasidagi taqsimlash munosabatlarining bir qismini anglatadi. Davlat budjeti, uning daromad va xarajatlari jamiyatning iqtisodiy kategoriyalari bilan chambarchas bog‘liq, chunki davlat budjeti jamiyatda yaratilgan ijtimoiy mahsulot qiymatining taqsimlanish jarayonida o‘zining moddiy shakliga ega bo‘ladi. Shuningdek, professor V.Rodionovaning ta’biri bilan aytganda “Budjet munosabatlari – bu jamiyat iqtisodiy tuzilishining ajralmas qismidir; uni amal qilishi davlat tomonidan unga tegishli funksiyalarni bajarishi uchun zaruriy moddiy-moliyaviy bazani shakllantirish bilan obyektiv ravishda aniqlanadi”. Download 261 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling