Davlat budjetining iqtisodiy mohiyati va nazariy asoslari
-jadval. Davlat byudjeti xarajatlari statistikasi (mlrd. so`m)7
Download 482.89 Kb.
|
Davlat byudjetining ijrosi va uning iqtisodiy tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Byudjet ijrosini unga ta’sir etuvchi omillar yordamida prognozlash
2-jadval. Davlat byudjeti xarajatlari statistikasi (mlrd. so`m)7
Davlat byudjeti xarajatlarining katta qismi ijtimoiy soha xarajatlari tarkibiga kiradi. Ijtimoiy soha xarajatlari umumiy xarajatlarning 50% idan ortig`ini tashkil etmoqda. 2020-yilga kelib nodavlat notijorat tashlilotlar va fuqarolik institutlarini rivojlantirish chun grantlar to`xtatilib, uning o`rniga Davlat qarziga xizmat ko`rsatish xarajatlari kiritildi. Iikinchi katta xarajatlar qismi bu Investitsiyalarni moliyalashtirish hamda Iqtisodiyot xarajatlari xisoblanadi. Ikkalasini qo`shib xisoblagan Davlat byetjeti xarajatlarining o`rtacha 25% ini tashkil etadi. Davlat byudjeti xarajatlari yildan yilga o`sib bormoqda. Shu bilan bir qatorda Davlat byudjeti daromadlari ham. Bu esa iqtisodiyotni kengayib borayotganligidan dalolat beradi. Funksional nuqtai nazardan byudjet xarajatlarining klassifikatsiya qilinishi pul mablag'larini ijtimoiy faoliyat sohalariga yo'naltirilganligini aks ettiradi. Bunda byudjet xarajatlari quyidagi yirik guruhlarga bo'linishi mumkin: • davlat boshqaruvi va mahalliy o'zini-o'zi boshqarish; • sud hokimiyati; • xalqaro faoliyat; • milliy mudofaa; • huquqni muhofaza qilish va davlat xavfsizligini ta'minlash; • fundamental tadqiqotlar va ilmiy-texnika taraqqiyotini . ta'minlash; • sanoat, energetika va qurilish; • qishloq xo'jaligi va baliqchilik; • atrof-muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish, gidrometeorologiya, xaritashunoslik va geodeziya; • transport, yo'l xo'jaligi, aloqa va informatika; • uy-joy kommunal xo'jaligi; • maorif; • sog'liqni saqlash va jismoniy tarbiya; • madaniyat, san'at va kinematografiya; • ommaviy axborot vositalari; • davlat qarziga xizmat qilish; • boshqa darajadagi byudjetlarga moliyaviy yordam; • maqsadli byudjet fondlari; • davlat zaxiralari va rezervlarini to'ldirish; • ijtimoiy siyosat; • boshqa xarajatlar. Byudjet xarajatlarining yuqoridagi tartibda klassiflkatsiya qilinishi davlatning ijtimoiy hayotning turli jabhalaridagi rolini ko'rsatadi. Byudjet xarajatiarining tarmoq belgisi bo'yicha guruhlarga ajratishning asosi qilib rnilliy iqtisodiyot (xo'jalik)ning umume'tirofetilgan tarmoqlarga bo'linishi qabul qilingan. Shunga ko'ra, byudjet xarajatlari sanoat, qishloq xo'jaligi, qurilish, transport, aloqa, maorif, sog'liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug'urta va ijtimoiy ta'minot, davlat boshqaruvi, mudofaa va h.k. xarajatlariga bo'linishi mumkin. Byudjet xarajatlari milliy iqtisodiyot (xo'jalik) tarmoqlarining pul fondlarini shakllantirishda mustahkam moliyaviy asos yaratish bilan birgalikda xarajatlarning tarmoqlararo bo'linishi moliyaviy resurslarni taqsimlashdagi nisbatlarni aniqlashga ham imkon beradi, milliy xo'jalikning tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli yo'nalishda o'zgartiradi. Masalan, hozirgi paytda mamlakatimizda yaratilgan milliy daromadning hajmi byudjet mablag'larining katta qismini ijtimoiy soha va aholini bevosita ijtimoiy qo'llabquvvatlashga yo'naltirish imkonini berayapti. Bir vaqtning o'zida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarining (mashinasozlik, qishloq xo'jaligi, elektroenergetika va boshqalar) katta ko'lamlarda byudjet hisobidan moliyalashtirilishi ham ta'minlanayapti. Byudjet ijrosini unga ta’sir etuvchi omillar yordamida prognozlash Ma’lumki mamlakatimiz byudjetining daromadlari qaryiib 90% i soliqlardan tashkil topgan. Byudjetni to`ldirishda optimal soliq yukuni qo`llash va soliq tizimini doimo isloh qilish hamda soliq stavkalarini unifikatsiyalash zarur. Soliqdan olinadigan daromadlar haqida gapiradigan bo`lsak, bunda stavkani kerakli darajada ushlash murakkab masala bo`lib qolaveradi. Chunki, agarda soliq yuki haddan tashqari yuqori bo`lsa, iqtisodiyotning kata qismi xufyona iqtisodiyotga aylanib ketishi, agarda aksi ya’ni, soliq yuki haddan tashqari kamayib ketsa byudjet daromadlarini to`ldirish qiyinlashadi. Bundan bilish mumkinki bu muvozanatni ushlab turish ancha qiyin va murakkab masala. Yuqoridagi muvozanatni ushlash orqali davlat o`z byudjeti yig`imlari ijrosini ta’minlshda foydalanadi. Va bunda unga ta’sir etuvchi omillardan eng kattasi bu soliq yuki hisoblanadi. Download 482.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling