Davlat budjetining iqtisodiy mohiyati va nazariy asoslari
Download 482.89 Kb.
|
Davlat byudjetining ijrosi va uning iqtisodiy tahlili
1.Davlat budjetining iqtisodiy mohiyati va nazariy asoslari Ma’lumki, Davlat budjeti iqtisodiy islohotlarni hayotga tatbiq etishda hal qiluvchi omildir, boshqacha qilib aytganda, budjet - islohotlarning eng muhim dastaklaridan biri vazifasini o’taydi, chunki kirimga qarab chiqim qilish iqtisodiyotning oltin qoidasi hisoblanadi. Davlat budjeti orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlashda, respublikamizda qabul qilingan ijtimoiy dasturlarni, birinchi navbatda, aholining ijtimoiy nochor tabaqalarini aniq tarzda qo’llab-quvvatlash, sog’lom avlodni tarbiyalash asosida aholi farovonligini oshirishga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatning ta’sirchanligi va aniq tarzda moliyaviy qo’llab-quvatlashni kuchaytirishda mahalliy budjetlarni samarali ijrosining ahamiyati katta. Bozor iqtisodiyotida davlatning moliyaviy resurslarni boshqarish ahamiyati beqiyos hisoblanadi, shu sababli respublikamizda Davlat budjeti ijrosini amalga oshirishda g’aznachilik tizimiga o’tish zaruriyati paydo bo’lmoqda. Budjettizimimamlakatmoliyatiziminingmuhimbo’g’inibo’lib,uning muvaffaqiyatli tashkil etilishi samarali budjet siyosatining asosini tashkil etadi. Davlatmoliyasitizimidagitubislohotlarnatijasidabudjetningg’aznaijrosigao’tilishish uningdek, budjetning o’rta muddatli istiqbolini belgilashga o’tish chora-tadbirlari mamlakatimizda izchillik bilan amaliyotga joriy etilmoqda. Jahon andozalari va xalqaro budjet amaliyotining yangi qat’iy talablari va mezon lari asosida davlat budjetining o’rta muddatli istiqbolini belgilash tizimiga o’tishning joriy etilishi, rivojlanganmamlakatlardasamaraliamalqilayotgannatijaviylikkaasoslanganbudjetlashtirishamaliyotgajoriyetilishibudjettizimioldigahamulkanvazifalarqo’yadi. Aholi davlat budjetiga har oyda olgan daromadlariga qarab daromad solig‘i to‘laydi, korxonalar esa olgan foydasiga qarab foydadan soliq to‘laydilar. Shu kabi juda ko‘p mavjud soliq turlaridan oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq siyosatini, soliq stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu bilan butun makroiqtisodiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatadi. Soliqlarni o‘zgartirish orqali investitsiyalar va jamg‘armalar rag‘batlantiriladi. Davlat budjeti mablag‘lari hukumatning daromadlarni va resurslarni qayta taqsimlash funnksiyasin bajarishi uchun imkoniyat yaratadi. Moliya tizimining boshqa bo'linmalaridan farqli holda, davlat byudjetida, ikki tushunchaning terminologik qo'shilishi mavjud: I) byudjet - iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida; 2) byudjet mamlakatning asosiy moliyaviy konsepsiyasi sifatida. Ayrim hollarda davlat byudjetining mohiyati faqat mamlakatning asosiy moliyaviy konsepsiyasi sifatida talqin etiladi1. Buni to'g'ri deb e'tirof etib bo'lmaydi. Chunki iqtisodiyotga tegishli bo'lgan har qanday konsepsiya u yoki bu iqtisodiy kategoriyaning namoyon bo'lish shakllaridan boshqa narsa emas. Shunga muvofiq ravishda, davlatning asosiy moliyaviy konsepsiyasi davlat byudjeti (umumdavlat moliyasi) kategoriyasining namoyon bo'lish shaklidir. Ya'ni byudjet davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida iqtisodiy kategoriya va byudjetga xos bo'lgan xususiyatlar majmuining namoyon bo'lishidir. Iqtisodiy kategoriya va mamlakatning asosiy moliyaviy konsepsiyasi sifatida ularning «davlat byudjeti» deb bir xil nomlanishi predmetning mohiyatini o'zgartirmaydi va davlat byudjetini iqtisodiy (moliyaviy) kategoriyalar tarkibidan chiqarishga asos bo'la olmaydi. Bundan kelib chiqadigan asosiy xulosa shuki, davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo'shilishini tushunmoq kerak: I) davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya); 2) shu kategoriyaning namoyon bo'lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy konsepsiyasi. Yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning moliyaviy instrumenti (vositasi) sifatida davlat byudjeti boshqa xususiyatlarga ham ega. Agar moliya yordamida taqsimlash qiymatning shakllari o'zgargan sharoitda va ko'plab oldi-sotdilar natijasida amalga oshirilsa, yalpi ichki (milliy) mahsulotning davlat byudjeti orqali taqsimlanishi ma'lum darajada, almashuvdan ajralgan holda sodir bo'ladi. Qiymatning davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy mahsulotning harakatidan to'liq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat davlat byudjetidan tashqarida, byudjet resurslari sarflanayotganda taqsimlash va alrnashuv operatsiyalarining qayta qo'shilib ketishi sodir bo'ladi. Davlat byudjetining rnohiyatini ochib berishda u orqali amalga oshiriladigan taqsirnlashjarayonlarining mazmunini ko'rib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi. Yalpi ichki (milliy) mahsulotni davlat byudjeti orqali taqsimlash bir vaqtning o'zida, o'zaro bog'langan va ma'lum darajada mustaqil bo'lgan uch bosqichga egadir: I )umumdavlat pul fondini shakllantirish (byudjet daromadlari); 2)hududiy va ma'lum maqsadlarga mo'ljallangan ko'p sonli byudjet fondlarini yaratish; 3)byudjet fondidan foydalanish (byudjet xarajatlari). Byudjet kategoriyasi sifatida davlat byudjetining xarajatlari o'zining turli ko'rinishdagi shakllariga ega. Ulaming shakllari quyidagi ko'rinishlarda bo'lishi mumkin: -smetali moliyalashtirish (bunda korxona yoki tashkilot o'z daromadlariga ega bo'lmasdan davlat byudjetining mablag'lari hisobidan to'liq saqlanadi); -davlatning korxona va tashkilotlariga mablag' berishi (bunda moliyalashtirish ob'ektlari sifatida faqat kapital qo'yilmalar, aylanma mablag'lar va operatsion xarajatlar maydonga chiqadi); -dotatsiyalar (bunda byudjet rejali-zararga ishlaydigan korxonalarning zararlarini qoplaydi) va boshqalar. Shunday qilib, davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni deganda umumdavlat pul fondini shakllantirish, mablag'larni byudjetlar ichida taqsimlash va sub'ektlarni byudjetdan moliyalashtirish natijasida vujudga keladigan, o'zaro bog'langan taqsimlash munosabatlarining butun kompleksi tushuniladi.2 Daviat byudjetining turili belgilari va xususiyatlarining yuqorida bayon qilingan tavsiflariga tayangan holda uning mohiyatini aniqlab beruvchi quyidagi ta'rifni berish mumkin: mamiakatning asosiy moliyaviy rejasi ko'rinishida qonuniy rasmiylashtirilgan, daviat pul fondiarini yaratish (shakllantirish) va ulardan foydalanish borasidagi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmuiga davlat byudjeti deyiladi.3 Davlat byudjeti mamlakatning moliya tizimida markaziy o'rin egallab, uning barcha bo'linmalari bilan bog'langan. Bunday bog'lanish ikki yo'nalish-byudjetga to'lovlar va byudjetdan moliyalashtirish orqali am alga oshiriladi. Davlat byudjeti moliyaning tarkibiy qismi sifatida, uning boshqa bo'tinmalari singari ikki xii funksiyani bajaradi: 1) taqsimlash; 2) nazorat. Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi orqali uning mohiyati namoyon bo'ladi. Bu davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabatlarining mazmunida yaqqol ko'rinadi. Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladigan taqsimlash bu jarayonning ikkinchi (oraliq) bosqichidir. Shuning uchun ham davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi o'ziga xos bo'lgan xususiyatga ega bo'lib, undan taqsimlangan yalpi ichki (milliy) mahsulotni qayta taqsimlashda foydalaniladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida byudjet mabIag'lari (byudjetga to'lovlar) milliy daromadda davIatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga bo'linadi va ko'p sonii kanallar orqali turli tadbiriarni moliyalashtirishga va fondiarni shakllantirishga yo'naltiriladi. Davlat byudjetining nazorat funksiyasi ham o'ziga xos xususiyatlarga ega. Byudjetning milliy iqtisodiyot bilan uzviy bog'liqligi takror ish lab chiqarishning barcha bo'linmalarida ahvolning qandayljgi to'g'risida ma'lumotlar bilan doirniy ta'minlab turadi. Mablag'larning byudjetga kelib tushishi, byudjet assignovaniyalarining yo'nalishi va ulardan foydalanish ishlab chiqarish, taqsimlash, almashuv va iste'moldagi muvaffaqiyat va kamchiliklami ifoda etadi. Ular milliy iqtisodiyotda nomutanosibliklarning vujudga kelayotganligi, rivojlanish sur'atlaridagi buzilishlar, milliy iqtisodiyotda sodir bo'layotgan taqsimlash jarayonlarining to'g'riligi va o'z vaqtidaligi, ishlab chiqarishning samaradorligi va hokazolar to'g'risida go'yo signal berib turadi. Milliy iqtisodiyotning istalgan bir sohasi yoki korxonaning moliyaviy ahvoli, albatta, davlat byudjeti bilan bo'ladigan o'zara munosabatlarga - soliqlarda, to'lovlarga, byudjetdan moliyalashtirish hajrnlariga, byudjet assignovaniyalarini o'zlashtirishda va hokazolarga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Demak, byudjet orqali rejadan og'ish tllfayli tarmoqlararo moliyaviy aloqalar va davriy qisman disproporsiyalar, jamg'armalarning hajmi, mablag'larni o'zlashtirish sur'atlari va boshqalardagi o'zgarishlar yaqqol ko'rinib turadi. Bularning barchasi davlat byudjetining nazorat funksiyasiga umumiylik, universallik xarakterini beradi (birinchi xususiyat). Bu esa, o'z navbatida, milliy iqtisodiyotni tezkor boshqarishda davlat byudjetining nazorat funksiyasidan keng foydalanish uchun sharoit yaratadi. Davlatningasosiy vazifalaridanbiriiqtisodiyotnibarqarorlashtirishhisoblanadi. Bundaybarqarorlashtirishgamonetarsiyosatvositalariqatorifiskalsiyosatorqali hamerishiladi. Byudjet-soliqsiyosatidegandanoinflyasionYAIMishlabchiqarishsharoitida iqtisodiyotdato‘liqbandlilikni,to‘lovbalansiningmuvozanatiniva iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan davlatxarajatlarivasoliqlarini o‘zgartirishni o‘zichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi. Iqtisodiyot turg‘unlikyoki pasayish davrida bo‘lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag‘batlantuvchifiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. YA’ni, davlatqisqamuddatdaiqsodiyotning pasayishimuammosini davlatxarajatlarini oshirishyoki soliqlarni kamaytirish,yohudikkalasini bir vaqtningo‘zida olibborish evazigahaletadi.Uzoqmuddatda davlat xarajatlariningyuqori bo‘lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o‘sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatningko‘tarilishigaolibkelishimumkin.Ammo,bungaMarkaziy bank tomonidanolibboriladiganpul-kreditsiyosatidansamaralifoydalanish va davlat xarajatlaritarkibinimaqbul holatgaolib kelishorqaliginaerishishmumkin. Iqtisodiyotda to‘liq bandlik vaortiqcha talab natijasidainflyasiyakelibchiqishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriksiya olib boriladi.Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini kamaytirish yoki soliqlarni oshirishyokibo‘lmasaikkalatadbirnibir vaqtdaolibborishorqaliiqtisodiyotning davriyo‘sishini chegaralashdaniborat.Qisqamuddatli davrlardaushbutadbirlar talab inflyasiyasini kamaytiradi.Uzoqmuddatli davrlardaesayuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyagaolibkelishimumkin.Buesamamlakatningiqtisodiy salohiyatiniizdan chiqaradi.Bungadavlat xarajatlaridansamarasizfoydalanishqo‘shimcha turtki bo‘lishimumkin. Mamlakat byudjet tizimiRespublikabyudjeti,Qoraqalpog‘istonRespublikasi byudjeti, Toshkent shahar byudjeti, 12 ta viloyatlar byudjeti, 199 ta tuman va shaharlar byudjeti vaqariyib47mingtabyudjet tashkilotlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Byudjetshakllanishivafoydalanishiga ko‘ramahalliy byudjetva davlat byudjetigabo‘linadi.Mahalliy byudjetlarviloyatlarmiqiyosidabo‘libularmahalliy yig‘imlar soliqlardanshakllantiriladi. Mahalliy byudjetmablag‘lari shu viloyatetiyojlariniqondirishmaqsadidafoydalaniladi(yo‘lqurilishi, obodonchilikva boshqalar).Davlatbyudjetiesarespublika miqiyosida,davlatsoliqyig‘imlarbojxona to‘lovlariva boshqa yig‘imlar orqalishakllatriladi. Download 482.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling