Davlat budjetining iqtisodiy mohiyati va nazariy asoslari


Byudjet xarajatlari tahlili


Download 482.89 Kb.
bet5/8
Sana02.06.2024
Hajmi482.89 Kb.
#1839622
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlat byudjetining ijrosi va uning iqtisodiy tahlili

Byudjet xarajatlari tahlili. Davlatning o'z funksiyalari va vazifalarini bajarishi bilan bog'liq ravishda vujudga kelgan chiqimlar byudjet xarajatlari deyiladi. Bu chiqimlar davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag'laridan turli YO'nalishlar bo'yicha foydalanishjarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Byudjet xarajatiari umumiy moliyaviy kategoriya bo'lgan byudjetning ko'rinishlaridan biri bo'lib, unga tegishli bo'lgan umumiy xususiyatlarga egadir, ya'ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog'langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. Shu bilan birgalikda byudjet xarajatlari bir butunning o'ziga xos qismi bo'lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag'laridan foydalanish va tegishli fondlarni shakllantirish bilan bog'liqdir. Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy buyumlashgan shakli turli sohalarga yo'naltirilayotgan byudjet mablag'larining harakatidan iboratdir.
Byudjet xarajatlarining iqtisodiy mohiyati uning turli-tuman ko'rinishlari (turlari) orqali namoyon bo'ladi. Xarajatlarning har bir turi o'zining miqdoriy va sifat tavsifiga ega. Ularning sifat xarakteristikasi voqelikning iqtisodiy tabiatini ifodalab, byudjet xarajatiarining mo'ljallanganligini, miqdoriy xarakteristika esa ularning o'lchamini (miqdorini, hajmini) aniqlashga imkon beradi.
Byudjet xarajatiari chiqimlarning konkret turlari orqali namoyon bo'ladi. Byudjet xarajatiarining konkret turlarining xilma-xilligi esa, o'z navbatida, quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va funksiyalari; marnlakatning ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot darajasi; byudjetning milliy iqtisodiyot bilan bog'langanligi; iqtisodiy munosabatiarning rivojlanganlik darajasi; byudjet mablag'larining namoyon bo'lish shakllari va h.k. Buomillarning qo'shilishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ma'lum bir bosqichida har qanday davlat byudjet xarajatlarining u yoki bu tizimini vujudga keltiradi.
Jamiyatning iqtisodiy hayotida byudjet xarajatlarining roli va ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma'lum belgilarga ko'ra turkumlashtirish maqsadga muvofiq. Nazariya va amaliyotda byudjet xarajatlarini klassifikatsiya qilishning bir necha belgilari mavjud. Ular o'zlarining iqtisodiy mazmuni, funksionalligi, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari yoki idoraviy bo'linishi, ijtimoiy mo'ljallanganligi bo'yicha, hududiy turkumlanishi, ma'lum maqsadlari va yuridik nuqtai nazardan yoki davlat boshqaruvi darajasiga ko'ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.
Iqtisodiy mazmuniga ko'ra byudjet xarajatlari kapital va joriy xarajatlarga bo'linadi. Bu xarajatlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishjarayoniga ularning qanday ta'sir ko'rsatishi-mumkinligini ifodalaydi.
Byudjetning kapital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga yo'naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga:
a)tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun mo'ljallangan xarajatlar;
b)yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun byudjet kreditlari sifatida beriladigan mablag'lar;
v)kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan kapital ta'mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog'liq bo'lgan boshqa xarajatlar;
g)amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo'lgan mulkni oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar;
d)byudjet xarajatiarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq byudjetning kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar kiradi.
Byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot byudjeti shakllantirilishi mumkin.
Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari, byudjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta'minlashgayo'naltirilgan byudjet xarajatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotatsiya, subsidiya va sUbvensiya shaklida ko'rsatiladigan, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar va byudjet xarajatlarining turkumlanishiga I, muvofiq, kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar byudjetning joriy xarajatlari deyiladi.
Aniqroq qilib aytganda byudjetning joriy xarajatiari tarkibi quyidagilardan iborat bo'lishi rnumkin:
• davlat iste'moli xarajatlari (iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmani, milliy xo'jalikning davlat tarmoqlarini saqlash, fuqarolik va harbiy xarakterdagi tovarlar va xizmatlarni sotib olish, davlat muassasalarining joriy xarajatiari);
hokimiyatning quyi organlari, davlat korxonalari va xususiy korxonalarga joriy subsidiyalar;
• transfert to'lovlari;
• davlat qarzlari bo'yicha foizlarni to'lash;
• boshqa xarajatlar.
Bu xarajatlar oddiy byudjetda yokijoriy xarajatlar va daromadlar byudjetida aks etgan chiqimlarga mos keladi.
Takror ishlab chiqarishdagi roliga qarab byudjet xarajatlari milliy iqtisodiyotga (xo'jalikka) qilinadigan xarajatiar va ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatiash xarajatlariga bo'linadi. Bu xarajatlarga, eng avvalo, davlat korxonalari va davlat ulushi bor bo'lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zaxiralarini yaratish xarajatiari kiradi. Byudjetning ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatiash xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bo'lgan xarajatlardir. Bu xarajatlar iste'mol fondlarini shakllantirish bilan bog'liq. Ularning bir qismijamiyat a'zolarining individual ehtiyojlarini, boshqa bir qismi esa butunjamiyatning ehtiyojlarini qondirishga mo'ljallangan. Bu yerda byudjet xarajatlari ijtimoiy iste'mol fondlarini (mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotiar fondi va boshqalar) shakllantirishni to'liq, shaxsiy iste'mol fondlarini esa qisman (nomarkazlashtirilgan moliyaviy resurslar bilan birgalikda) ta'minlaydi. Shu bilan birgalikda, byudjet mablag'larining katta qismi shaxsiy iste'mol fondlarining ijtimoiy iste'mol fondlariga(maorif, sog'liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug'urta va ijtimoiy ta'minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosi o'rtasidagi farqlarni qoplash, ko'p bolali va kam ta'minlangan oilalarga nafaqalar fondlari va boshqalar) tegishli bo'lgan qismini shakllantirishda keng foydalaniladi.


Download 482.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling