Davlat budjetining iqtisodiy mohiyati va nazariy asoslari


-jadval. Davlat byudjeti daromadlari statistikasi (mlrd. so`m)6


Download 482.89 Kb.
bet4/8
Sana02.06.2024
Hajmi482.89 Kb.
#1839622
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlat byudjetining ijrosi va uning iqtisodiy tahlili

1-jadval. Davlat byudjeti daromadlari statistikasi (mlrd. so`m)6

Yillar

Daromadlar (Maqsadli jamga`armalarsiz) jami

Bevosita soliqlar

Bilvosita soliqlar

Resurs to`lovlari va mulk solig`i

Boshqa daromadlar

2007

6145,0

1574,4

2915,5

993,4

661,7

2008

8760,8

2315,8

4123,3

224,1

8197,1

2009

10840,2

2840,4

5438,3

319,1

10763,9

2010

13496,7

3546,8

6858,5

432,9

13386,9

2011

17061,3

4497,0

8225,0

571,5

16726,0

2012

21295,7

5414,2

10434,5

736,1

20882,0

2013

26223,2

6353,7

13398,6

1011,6

25833,7

2014

31730,5

7433,0

16852,3

1273,7

31425,4

2015

36493,3

8 798,4

19193,8

4816,1

3585,0

2016

41043,5

9852,8

21130,7

5 306,3

4753,7

2017

49681,0

11539,4

26133,2

6 867,4

5141,0

2018

79999,0

15656,2

41280,4

12 663,4

1528,0

2019

112165,4

31676,8

46427,2

19680,7

14272,8

2020

132938,0

45206,9

46428,4

2257,0

20045,8

Davlat byudjetining kata qismi egri ya’ni bilvosita soliqlardan kelib tushadi. Keyingi o`rinlarda esa to`g`ri ya’ni bevosita soliqlar, mol-mulk soliqlari va resurs to`lovlari hamda boshqa daromadlardan tashkil topgan. Byudjet daromadlari 2007- yilda 6 mlrd. so`mdan ortgan bo`lsa hozirga kelib 130 mlrd. so`mdan ortdi. Buni 2007-2020 – yillar nisbatida olinsa o`rtacha 22 barobarga ortgan xisoblanadi. 2020-yilga kelib bevosita soliqlar hamda bilvosita soliqlardan keladigan daromadlar hajmi nisbatan tenglashdi. Bu esa mamlakatda egri soliq to`lovchilari va bevosita soliqlarni to`lovchilar uchun soliq yukini tenglashtirilishidan dalolat beradi.


Davlat byudjeti daromadlarining tarkibi va uning tuzilmasi doimiy emas. Ular mamlakat taraqqiyoti va davlat oldidagi vazifalaming o'zgarishiga muvofiq ravishda o'zgarib boradi.
Byudjet daromadlari o'zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to'lovlarning turi, mablag'larning tush ish shakli, ularni byudjetga undirish metodlari va hokazolarga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin. Byudjet daromadlari o'z manbalariga ko'ta quyidagi gurnhlarga bo'linadi:
• soliqli daromadlar;
soliqsiz daromadlar;
• tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o'tkaziladigan pul mablag'lari. Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig'imlari, mahalliy soliqlar va yig'imlar, bojxona bojlari, boj yig'imlari va boshqa boj to'lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat. Soliqsiz daromadlar tarkibiga quyidagiJar kiradi:
• davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va yig'imlar to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq to'langan soliq va yig'imlardan so'ng);
• byudjet tashkilotlari tomonidan ko'rsatilgan to'lovli xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig'imlar to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq to'langan soliq va yig'imlardan so'ng);
fuqarolik-huquqiy, ma'muriy va jinoiy choralarni qo'llash natijasida olingan mablag'lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, kompensatsiyalarva davlat sub'ektlariga yetkazilgan zararlarni tiklash bo'yicha olingan mablag'larva majburiyundirilgan boshqa mablag'lar;
• moliyaviy yordam ko'rinishidagi daromadlar (byudjet ssudalari va byudjet kreditlaridan tashqari);
• boshqa soliqsiz daromadlar. Byudjet daromadlarining tarkibiga tushumlarning quyidagi ko'rinishlari hisobga olinishi mumkin:
• davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki boshqa ko'rinishda olinadigan mablag'lar;
• kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarda byudjet mablag'larining qoldig'i bo'yicha foizlar ko'rinishida olinadigan mablag'lar;
• davlatga tegishli mol-mulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag'lar;
• qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan byudjet mablag'laridan foydalanganlik uchun haq;
• davlatga qisman tegishli bo'lgan xo'jalik jamiyatlari ustav kapitalining hissasiga yoki aksiyalar bo'yicha dividendlarga to'g'ri keladigan foyda ko'rinishidagi daromadlar;
• davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va yig'imlar to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq to'langan soliq va yig'imlardan so'ng);
• davlatga tegishli bo'lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan qonunchilikda ko'zda tutilgan boshqa daromadlar.
Byudjetning daromadlar qismini to'ldirishning manbalaridan biri byudjet tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar yoki mablag'larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag'larni oluvchi byudjetning daromadlarida o'z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda o'tkazilayotgan mablag'lar ham byudjetning shunday daromadlari tarkibiga kiradi.

Download 482.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling