Davlat budjetining mohiyati. Davlat byudjeti
Download 30.85 Kb.
|
Davlat byudjeti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Divedend
1.esse Davlat budjetining mohiyati. Davlat byudjeti-Budjet (qadimiy Fransuzcha „baguete“-karmon, sumka) — bu davlat va mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish vazifalari va funksiyalarini moliyaviy taʼminlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlari jamgʻarmalarini toʻplash va sarflash shaklidir. Byudjet defitsiti daromadlarni oshib ketganda va mamlakatning moliyaviy sog'lig'ini ko'rsatganda paydo bo'ladi. Hukumat odatda byudjet tanqisligi so'zlarini tadbirkorlik yoki jismoniy shaxslarga emas, balki xarajatlarni nazarda tutadi. Hisoblangan defitsitlar davlat qarzini shakllantiradi. Byudjet defitsitining asosiy xavf-xatarlaridan biri inflyatsiya bo'lib, u narx darajasining doimiy o'sishi hisoblanadi. Qo'shma Shtatlarda byudjet taqchilligi Federal Rezervning inflyatsiya darajasini pasaytiradigan iqtisodiyotga ko'proq pul tushirishiga olib kelishi mumkin. Natijada, iqtisodiy faoliyatning kamida olti oy davom etadigan pasayishini anglatadigan turg'unlik yuz beradi. Byudjet tanqisligining davom etishi inflyatsiyaga uchragan pul-kredit siyosatiga olib kelishi mumkin Taʼrif davlat budjeti — moliyaviy rejalar tizimida etakchi oʻrinda turadi va davlatning asosiy moliya rejasi hisoblanadi: davlat budjeti — moliya tizimining barcha asosiy moliya institutlari — daromadlar, xarajatlar, davlat qarzlari birlashadigan va oʻzaro bogʻlanadigan markaziy boʻgʻini hisoblanadi; davlat budjeti — davlatning soliqlar yordamida jamlanadigan eng yirik markazlashtirilgan pul jamgʻarmasidir. Davlat budjeti davlat tomonidan oʻz funksiyalari va vazifalarini amalga oshirish yoʻlida sarflanadi. Tasdiqlangan budjet qonun kuchiga ega. Davlat budjetining mohiyati davlat budjeti — davlat pul mablagʻlarining (shu jumladan davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarining) markazlashtirilgan jamgʻarmasi boʻlib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi; budjet iqtisodiy kategoriya sifatida oʻzining tegishli moddiy ifodasiga ega boʻladi. Budjet munosabatlari davlatning markazlashtirilgan pul mablagʻlari jamgʻarmasida moddiylashadi. Bu jamgʻarma taqsim qilinishi sababli uning shakllanishi va sarflanishi qiymat xarakati orqali ifoda etiladi. Bu jarayon davlat tomonidan yigʻiladigan va sarflanadigan pul resurslari oqimlari kurinishiga ega boʻladi. Oʻz iqtisodiy mohiyatiga koʻra davlat budjeti — bu iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, mudofaa va davlat boshqaruvi extiyojlarini moliyalashga moʻljallangan budjet jamgʻarmasini shakllantirish hamda, undan foydalanish masalalarida milliy daromadni qisman milliy boylikni ham qayta taqsimlash borasida davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida yuzaga keladigan pul munosabatlaridir. Byudjet (ing. budget — hamyon, mablagʻ) — belgilangan muddat (yil, kvartal) uchun ishlab chiqilgan, meʼyorlashtirilgan hamda qonuniy ravishda tasdiqlangan daromadlar va harajatlar yigʻindisi. B. davlat darajasida (qarang Davlat byudjeti), shuningdek viloyat, tuman (mahalliy hokimiyat), xoʻjalik subʼyektlari, oila yoki shaxs darajasida tuzilishi mumkin. B.ni tuzish va belgilangan tartibda tasdiqlash oʻz navbatida uning amal qilishi hamda bajarilishi ustidan nazorat yuritishni talab qiladi. B.da harajatlarning daromadlardan ortib ketishi B. taqchilligi muammosini keltirib chiqaradi (qarang Byudjet taqchilligi), shu bois doimiy ravishda ularning muvofiqligi taʼminlab boriladi. Oʻzbekiston Respublikasining B. tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslari, davlat byudjetini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish, ijro etish tartibi va boshqa masalalar Oʻzbekiston Respublikasining "Byudjet tizimi toʻgʻrisida" qonuni (2000-yil 14 dekabr) bilan tartibga solinadi. nazorat taqsimlash Davlat byudjeti quyidagi vazifalarni bajaradi 2.klaster 3.test
A) Byudjet defetsiti B) Byudjet profitsiti C) Byudjet taqchilligi D) Byudjet kamomadi 2. Davlat byudjeti tasdiqlanishi uchun qaysi tashkilotga taqdim qilinadi. A) Oliy majlis B) Prezidentga C) Vazirlar Mahkamasi 3.Subsidiya so’zining manosi nima? A) Lotincha yordam, ko’maklashish B) Arabcha qarz mablag’lari C) Nemischa yordam, qarz D) Barcha javoblar to’g’ri 4. Mahalliy byudjetlar nimalardan tashkil topadi. A) tumanlar va viloyat byudjetidan B) Respublika va mahalliy byudjetlar C) To’g’ri javob yo’q 4.Savollar 1. Davlat byudjetini bajarilishi va uni ustidan nazoratni qaysi tashkilot amalga oshiradi. 2. Byudjet jarayoni mohiyati va tamoyillariga nimalar kiradi? 5.Glossylariy tayyorlash Inflyatsiya-mamnlakat iqtisodiyotida iste’mol tovarlari va xizmatlari narxlari umumiy darajasining o’sishi. Inflyatsiya, bu Tovar muomalasiga nisbatan qog’oz pul massasining ortiqchaligidir. Divedend-deb ataluvchi daromad aksionerlarga ularning qulidagi aksiyalar soniga muvofiq tulanadi. Investitsiya-daromad olish maqsadida investorlar tomonidan kiritilgan pul mablag’lari hisaoblanadi. Kredit riski- kreditlarni qaytmasligi natijasida zarar ko’rish xavfidir. Pul tizimi bu- davlat qonunlari asosida pul muomalasini tashkil qilish shakli hisoblanadi. Download 30.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling