Davlat budjetining mohiyati Davlat byudjeti
Download 108.34 Kb.
|
Документ Microsoft Word (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Respublika budjeti daromadlari
- 2. Budjet mablag’i hisobidan oldindan to’lov 15% o’tkazillib va moddiy qiymatliklar kirim qilinganda qanday holat yuzaga keladi
- 5.Moliya yili — …
- 1.Davlat budjeti daromadlari hisobining maqsadi va vazifalari nimalrdan iborat
1.esse Davlat budjetining mohiyati Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va harajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjeti (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va harajatlar yigʻindisi) vamahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va harajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfeizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saklash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi harajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet harajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamo-madi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5 % ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet harajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy davlat byudjetilari va davlat byudjetidan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. Davlat byudjeti, odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. Davlat byudjetini huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi. 2.Kilaster 3.test 1.Respublika budjeti daromadlari: A. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy to’lovlar; B. Qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki ob’ektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar; C. Qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari; D. Yuqori budjetlardan beriladigan budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari; 2. Budjet mablag’i hisobidan oldindan to’lov 15% o’tkazillib va moddiy qiymatliklar kirim qilinganda qanday holat yuzaga keladi? A. Kreditor qarzdorlik; B. Debetor qarzdorlik; C. To’lov 100% amalga oshirilmaguncha mahsulot berilmaydi; D. To’lov 85% amalga oshirilmaguncha mahsulot berilmaydi. 3.Davlat byudjeti, jamg’armalar byudjeti, byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa mablag’lari, bojxona organlari g’azna depozit schyoti daromadlari kassa ijrosini qaysi organlar tomonidan yuritiladi. A. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’limlari B. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy bo’limlari C. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi D. Mahalliy hokimiyat huzuridagi Moliya bo’limlari va budjet tashkilotlari tomonidan 4.Budjet tashkilotlarida budjet va budjetdan tashqari mablag’lar ijrosi bo’yicha oylik, choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim qilish tartibi qaysi vakolatli organ tomonidan o’rnatiladi. A. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan; B. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan; C. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi D. O’zbekiston Respublikasi hisob Palatasi 5.Moliya yili — … A. birinchi yanvardan o’ttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oluvchi davr B. birinchiyanvardano’ttizbirinchidekabrkuniboshigachabo’lganvaqtni o’z ichiga oluvchi davr C. birinchi yanvardan o’ttizinchi dekabr kuni oxirigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oluvchi davr D. 4 ta chorak 4.savollar 1.Davlat budjeti daromadlari hisobining maqsadi va vazifalari nimalrdan iborat? 2.Moliya organlari, g‘aznachilik va uning hududiy bo‘linmalarida Davlat budjeti daromadlari hisobining hususiyatlari nimalardan iborat? 5.Glossariy tayorlash Subsidiya (lotincha:subsidium — yordam, nafaqa, qoʻllabquvvatlash) — davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar mablagʻlari yoki maxsus fondlardan jismoniy va yuridik shaxslarga, mahalliy organlarga, boshqa davlatlarga beriladigan pul mablagʻi yoki natural shaklidagi yordam. Obligatsiya (lotincha: obligatio — majburiyat) — qiymatiga nisbatan egasiga (qatʼiy belgilangan daromad keltiruvchi) qimmatli qogʻoz, qarzni qaytarib berish va foiz toʻlashni tasdiqlovchi majburiyatnoma. Kredit (lot. creditum — qarz, credo — ishonaman,maqullayman) — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish. Pul — bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayrboshlashda asosiy vazifasini bajaradi. Ssuda (𝚛𝚞𝚜) — moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz toʻlash va qaytarib berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boylik. Download 108.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling