Davlat budjetining xarajatlari Bajardi : Eliboev Sh Reja


Download 228.48 Kb.
Sana30.11.2021
Hajmi228.48 Kb.
#178056
Bog'liq
Eliboyev. xarajatlar

Davlat budjetining xarajatlari


Bajardi : Eliboev Sh

Reja

  • Davlat budjeti
  • Davlat budjeti xarajatlari tarkibi
  • Davlat budjeti xarajatlari tuzukishi

Budjet xarajatlari – davlat va mahalliy hokimiyat vazifa va faoliyatini moliyaviy ta’minlashga yo‘naltiriladigan pul mablag‘laridir. Iqtisodiy maz muniga ko‘ra davlat budjeti xarajatlari – davlatning markaz lashgan pul fondini taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlardir.

Budjet xarajatlari

Budjet xarajatlarining turlari xilma-xil bo‘lib, bir qator omillarga bog‘liq: – davlatning tabiati va funksiyalariga; – mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga; – budjetning iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish soha-tarmoq- lari bilan aloqalarining ko‘lamiga; – davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga; – budjet mablag‘larini taqdim etish shakllariga

Budjet xarajatlarining turlari

Budjet mablag‘lariga egalik qiluvchilar – ishlab chiqarish va  noishlab chiqarish sohalaridagi tashkilotlar, ya’ni budjet mab- lag‘  larini oluvchilar budjet xarajatlari orqali moliyalashtiriladi.  Shunday qilib, budjet xarajatlari tranzit xarakterga ega. Budjetda  faqat budjet xarajatlarining miqdori xarajatlar moddalari bo‘yicha  belgilanadi, bevosita xarajatlarni esa budjetdan mablag‘ oluvchi- lar amalga oshiradilar.

Budjet mablag‘lariga egalik qiluvchilar

budjet dotatsiyalari, subven siyalari va budjet ssudalari vositasida budjet tizimi darajalari bo‘yicha budjet mablag‘larini qayta taqsimlash budjet orqali amalga oshadi. Budjet xarajatlari asosan qiytarib olinmaydigan xarakterga ega. Faqat budjet kreditlari va budjet ssudalari qay- tariladigan asosda berilishi mumkin. Xarajatlar tuzilmasi budjet  yili uchun tasdiqlanadigan budjetda bevosita ko‘rsatiladi va bud- jet daromadlari kabi iqtisodiy vaziyatga, ijtimoiy ustuvorliklar- ga bog‘liq bo‘ladi.

Budjet mablag‘larini qayta taqsimlash

O‘z iqtisodiy mazmuniga qarab budjet xarajatlari 1. joriy va 2. kapital xarajatlarga bo‘linadi.

Iqtisodiy mazmuniga qarab budjet xarajatlari

Budjetning joriy xarajatlari – budjet xarajatlarining bir qis- mi bo‘lib, davlat hokimiyati organlarining, mahalliy o‘z-o‘zini  boshqa rish organlarining, budjet tashkilotlarining joriy faoliyati- ni ta’minlashga, davlat tomonidan quyi pog‘onadagi budjetlar va  iqtisodiyotning ayrim tarmoq lariga mablag‘ ajratish, dotatsiyalar,  subvensiyalar va subsidiyalar shaklida yordam ko‘rsatish uchun  ajratiladi.

Budjetning joriy xarajatlari 

Budjetning kapital xarajatlari – budjet xarajatlarining inno- vatsiya va investitsiya faoliyatini ta’minlaydigan qismi hisobla- nadi. Unga tasdiqlangan investitsiya dasturiga muvofiq ishlab  turgan yoki yangidan tashkil qilinadigan korxonalar, tashkilot- lar va muassa salarga investitsiyalar uchun mo‘ljallangan xara- jatlar kiradi. Bu xarajatlar investitsiya maqsadlari uchun bud- jet kre ditlari tarzida beriladigan mablag‘lar, kapital ta’mir lash  xarajatlari va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog‘- liq boshqa xarajatlardan iborat.

Budjetning kapital xarajatlari

Davlat budjeti xarajatlari o‘zining funksional tayinlanishiga  ko‘ra quyidagi guruhlarga birlashtirilgan: 1. Ijtimoiy soha (ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat,  omma viy axborot vositalari, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy  ta’minot muassasalari va tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlash)  va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash (ko‘p bolali va kam ta’min- langan oilalarga nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlari)  xarajatlari; 2. Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining  boshqa institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xara- jatlari; 3. Iqtisodiyot xarajatlari;

Funksional tayinlanishiga  ko‘ra budjeti xarajatlari

4. Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xara- jatlari; 5. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlab turish  xarajatlari; 6. Sudlarni, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish  xarajatlari; 7. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini saqlab tu- rish xarajatlari; 8. Zaxira jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari; 9. Boshqa xarajatlar.

Davomi:Funksional tayinlanishiga  ko‘ra budjeti xarajatlari

2019-yilda Davlat budjetining xarajatlari 107,1 trln. so‘mni tashkil etadi. Bu o‘tgan 2018 yildagiga nisbatan 1,4 baravar ko‘p bo‘lib, bunda Davlat budjetining xarajatlari asosan ijtimoiy sohalarga yo‘naltirildi.  Jumladan, ijtimoiy soha xarajatlari 57,8 trln. so‘mni yoki umumiy xarajatlarga nisbatan 54,0 foizni tashkil etdi. Bunda ushbu xarajatlarning o‘sishi avvalgi yilga nisbatan 34,4 foiz ko‘payadi.

2019-yilda Davlat budjetining xarajatlari qisqacha

Moliya vazirligi Axborotiga ko’ra, davlat budjetining 2020-yil 6 oylik daromadlari 58 157 milliard (58,1 trln) soʻmga yoki tasdiqlangan yillik parametrga nisbatan 45,3 foizga ijro etildi. Davlat byudjetining birinchi yarim yillik xarajatlari esa 64 878,9 milliard soʻmni yoki YAIM ga nisbatan 25,4 foizni tashkil etdi.

2020-yil 6 oylik

Jami xarajatlar tarkibida ijtimoiy soha xarajatlari eng koʻp ulushga (53,4 %) ega boʻlib, ushbu yoʻnalishda faoliyat yuritayotgan tashkilot va muassasalarni saqlash hamda sohaga taalluqli tadbirlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 34 665,5 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. 2020-yil 1-yarim yillik Davlat byudjeti defitsiti 6 721,9 milliard soʻmni tashkil etdi. (*defitsit – daromaddan xarajatning ortib ketishi) Hisobot davrida mahalliy byudjetlarning daromadlar qismi 12 870,7 milliard soʻmni, xarajatlar qismi esa 20 203,3 milliard soʻmni tashkil etdi.

2020-yil 6 oylik xarajatlar ( davomi)

E’tiboringiz uchun raxmat!

.


Download 228.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling