Davlat byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan moliyaviy nazoratni takomillashtirish


Download 0.74 Mb.
bet1/4
Sana24.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1653611
  1   2   3   4
Bog'liq
Qucqarov


Davlat byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan moliyaviy nazoratni takomillashtirish
Reja
Kirish
1. Davlat byudjeti va byudjet nazoratining mazmun-mohiyati.
2. davlat byudjetiniing daromadlari tahlili
3. Davlat byudjeti ijrosi yuzasidan moliyaviy nazoratni takomillashtirish

Kirish
Hozirgi kunda bizning mamlakatda moliyaviy nazorat, mustaqil audit,
buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil maxsus iqtisodiy fanning alohida
segmentlari hisoblanadi. Bularning har biri o`z predmeti, izlanish usullari
va amaliy qo`llanish jabhalariga ega. Shu bilan birga ularning bog`liqlik
jihatlari va oldidagi maqsadning umumiy jabhalari mavjud, ya`ni to`g`ri
boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun aniq ma`lumotlar berish va
iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo`llarini aniqlash shular jumlasidandir.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va raqobatbardosh iqtisodiyotni qaror topdirish davrida moliya – budjet sohasida kechayotgan islohatlar o’zining yangi sifat bosqichiga ko’tarildi. Prezidentimiz I.A Karimov ta’kidlaganlaridek “Bizning o’z oldimizga qo’ygan asosiy maqsadimiz – boshlagan islohatlarimiz, iqtisodiyotimizni yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarini davom ettirish va chuqurlashtirish, hayotimiz darajasi va sifatini izchil oshirib borishni ta’minlash, tenglar ichida teng bo’lib, jahon hamjamiyatiga munosib o’rin egallashdan iboratdir” 1 Davlat moliyasi davlatning ijtimoiy – iqtisodiy vazifalarining bajarilishida, davlat budjeti mablag’larini qayta taqsimlash va bozor infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.Ishlab chiqarilgan moddiy ne’matlarni taqsimlash va aholiga yetkazish davlat moliya tizimi orqali amalga oshiriladi. Aholini ijtimoiy himoya qilish bilan bog’liq chora - tadbirlar moliyalashtirish asosan, budjet mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining xarakterli tomoni shundaki, moliyaviy resurslarning jumladan, davlatning moliyaviy resurslarining cheklanganidir. Vaholanki, davlat budjeti mablag’lari respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish dasturlarini moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi. Davlat moliyasini boshqarish doimo rivojlanishda, yangilanishda bo’lib, yangi g’oyalar, qarashlar va yondashuvlarning paydo bo’lishi uni yanada boyitmoqda budjet mablag’laridan samarali foydalanish nafaqat bizning davlatimizda balki butun dunyoda bugungi kunning eng dolzarb masalalardan biridir. Davlat moliyasini isloh qilish yuzasidan olib borilayotgan o’zgarishlarning markazida davlat budjetining shakllanishi va uning xarajatlaridan yanada 1 Karimov I. 2014 yil yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‘ladi. T.: O‘zbekiston. 2014 y. 30-bet. 4 samarali foydalanish, budjet taqchilligi o’sishiga ta’sir etuvchi omillarning oldini olish, ish haqi va nafaqalarni o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash, shu bilan birga budjet mablag’laridan foydalanish jarayonida budjet intizomlariga rioya etilishini va bunda budjet nazoratini kuchaytirish, qolaversa, davlat budjetining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi samarali ahamiyatini oshirish masalalari turadi. Shu sababli ushbu bitiruv malakaviy ishi mavzusi dolzarb hisoblanadi.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling