Davlat byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan moliyaviy nazoratni takomillashtirish
Davlat byudjeti va byudjet nazoratining mazmun-mohiyati
Download 0.74 Mb.
|
Qucqarov
1. Davlat byudjeti va byudjet nazoratining mazmun-mohiyati.
Har bir davlatning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti, davlatning jahon hamjamiyatidagi o'rni va nufuzi nafaqat mamlakatda yuritilayotgan iqtisodiy islohotlarida balki davlatning moliya sohasining islohotlari hamda moliya tizimining bu iqtisodiy ravnaq jarayonidagi o'rniga ham bog’liqdir. Ayniqsa jahon hamjamiyatining keyingi yillardagi holatlari shuni ko'rsatmoqdaki moliya sohasi nafaqat davlat sohasi bilan balki iqtisodiy sohalar bilan ham to'g’ridan to'g’ri bog’langanligi hamda moliya tizimining barqarorlikni, iqtisodiy ravnaqni ta'minlashga zamin yaratishi mumkin bo'lib qolmoqda. Shu borada moliya sohasining eng katta bo'g’ini bo'lgan davlat moliyasi va uning elementlarini to'g’ri shakllantirilishi hamda boshqarilishida moliyaviy instrumentlardan to'g’ri va oqilona foydalanish zaruriyati yuzaga kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng davlat tomonidan ko'plab iqtisodiy islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Bular orasida davlat moliyasini isloh qilish borasida olib borilgan islohotlar alohida e'tiborga molikdir. Bunday islohotlarning bosh maqsadi, birinchidan, budjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini yoki unumdorligini oshirish, ya'ni davlat organlarining funksiyalarini bajarishda xarajatlarini yanada maqsadli sarflanishi, ko'rsatilayotgan xizmatlarning sifatini yanada oshirish bo'lsa, ikkinchidan, davlat xizmatlari faoliyatini doimiy yaxshilashning ichki oqibatlarini yaratish hamda o'z o'zini rivojlantirishni ta'minlash. Bu maqsadlarga erishish uchun davlat moliyasini isloh qilish strategiyasi ishlab chiqilgan bo'lib, uning asosiy vazifalaridan biri dasturiy maqsadga mo'ljallangan budjet tizimini yaratishdir. 7 “Budjet” (ingl. budget – hamyon, mablag’) iqtisodiy so’z bo’lib, (1) “Muayyan vaqt (yil,chorak) uchun ishlab chiqilgan, me’yorlashtirilgan va qonuniy tarzda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar yig’indisi” va (2) “Shaxsiy kirim-chiqim majmui” ma’nolarini anglatadi” 2 . Davlat budjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma'lum bir bosqichida paydo bo'lgan bo'lib, uning vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bog’liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo'lgan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy belgilari davlat faoliyatining va budjetning taqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab beradi. Davlat moliya tizimi va budjetning iqtisodiy mohiyati qadim zamonlardan iqtisodiyotchilar tomonidan o'rganila boshlangan. Masalan, sharq olimlari Ibn Haldun, Al - Farobiy asarlarida davlat xarajatlari va uning mohiyati ko'rsatilgan. Klassik iqtisodiy nazariya asoschilari U.Petti, A.Smit, D.Rikardo tomonidan davlat budjeti daromadlari shakllanishida soliq tizimining o'rni va vazifalari yoritilgan. Ular davlatni iqtisodiyotga minimal ishtiroki tarafdorlari bo'lib, davlatning asosiy vazifalari mudofaa va ijtimoiy masalalar deb belgilaganlar. Bozor munosabatlari esa, ularning fikricha, talab va taklif qonuniga asosan iqtisodiy rivojlanish muvofiqlashadi. Yalpi talab darajasini pasayishida davlat aralashish masalalari birinchi marta A. Marshallni ilmiy ishlarida tahlil qilingan. Iqtisodiyotga davlat aralashuvi, jumladan budjet tomonidan uni barqarorlashtirish masalalari J.M.Keynsni ilmiy izlanishlarida atroflicha yoritilgan. Davlat moliyasi mamlakat moliya tizimining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Tarixdan ma'lumki, davlatchilik rivojlanishi bilan davlat moliya tizimi va uning markaziy zvenosi bo'lgan davlat budjetining milliy iqtisoddagi roli va mohiyati oshib borgan. Agar XX-asrning boshlarida dunyoda mamlakatni yalpi ichki mahsulotini 10-12% davlat budjetini shakllantirish uchun 2 O’zbek tilining izohli lug’ati. 5 jildli. Birinchi jild. – T.: “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – B. 394. 8 yo'naltirilgan bo'lsa, XX-asrning oxirida ushbu ko'rsatgich 25-35% tashkil qiladi. Natijada budjet xarajatlari YAIMga nisbati keskin o'sa boshladi. Bu esa ayrim mamlakatlarda budjet taqchilligini keltirib chiqardi.Budjetni balanslashtirish uchun ushbu mamlakatlar tashqi va ichki qarzlarni jalb qila boshladilar va bu davlatning tashqi qarzlari oshishiga olib keldi. O'zbekiston Respublikasining 2014-yil 26-dekabrdagi “Budjet kodeksi”da davlat budjetiga quydagicha ta’rif berilgan “O'zbekiston Respublikasining Davlat budjeti – davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta'minlash uchun mo'ljallangan markazlashtirilgan pul jamg’armasi”3 O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi hamda 2014-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Budjet kodeksi»ga binoan “davlat budjeti – respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan iborat. Bundan tashqari, davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari jamlanadi" deb belgilab qo’yilgan. Davlat budjetining huquqiy asosi Konstitutsiyaning 122 moddasida ham ta'kidlangan bo'lib, unda "O'zbekistonning davlat budjeti Respublika budjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy budjetlardan iborat" deb ko'rsatilgan. Bosh qomusimizning 123 moddasida esa "O'zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilinishiga faqat O'zbekiston Respublikasining Oliy majlisi haqli" deb belgilab qo'yilgan. Bunda, Oliy majlis tomonidan davlat budjetining xarajatlari qabul qilinib, soliq va yig’imlar joriy etilsa, Vazirlar Mahkamasi har moliya yili uchun tegishli qaror qabul qilib, davlat budjetining daromadlar va xarajatlar qismini ijro uchun tasdiqlaydi. Shu bilan birga, xarajatlarning yo'nalishlarini hamda soliq va to'lovlarning foizlarini belgilaydi. Davlat budjetida rejalashtirilgan xarajatlar daromadlar bilan qoplanishi shart. Daromadlar yetmagan vaqtda, turli manbalardan mablag’ jalb etilishi 3 O’zbekiston Respublikasining 2014-yil 26-dekabrdagi O’RQ 360-son “Budjet kodeksi” to’g’risidagi qonuni, 1- modda 9 lozim. Masalan, davlat tomonidan ichki (markaziy bank, tijorat banklari mablag’lari) va xorijdan mablag’ jalb etish. Biroq, qonunga asosan mahalliy budjetlar taqchillik bilan qabul qilinmaydi. Hozirgi sharoitda davlat budjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) munosabatlarning bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini to'plash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalarining (iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta'minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yo'naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash instrumentidir. O'zining mohiyatiga ko'ra, davlat budjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismidan iborat bo'lib, shunga mos ravishda u moliya tizimiga tegishli bo'lgan barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli bo'lgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o'zida, davlat budjeti faqat o'ziga xos bo'lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o'z navbatida, davlat budjetini moliya tizimining boshqa bo'linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o'rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo'lsada, uning bu xislati, ya'ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi roli faqat budjetda katta kuch bilan namoyon bo'ladi. Yagonalik (birlik) va markazlashuvning yuqori darajada ekanligi davlat budjetining muhim xususiyatlaridandir. Turli ma'muriy-hududiy budjetlarning ko'pligiga qaramasdan ularning barchasi quyi bo'g’inlarning yuqori bo'linmalarga bo'ysunishiga ketma-ket rioya qilgan holda yagona davlat budjetiga birlashadi. Bir vaqtning o'zida budjet resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda demokratizm ham ta'minlanadi. Chunki davlat hokimiyatining barcha organlari o'zlarining budjet mablag’lariga ega bo'lib, bu borada ular o'zlariga tegishli bo'lgan budjet huquqlaridan foydalanadilar. Davlat 10 budjetiga xos bo'lgan ana shu oxirgi ikki xarakterli belgilar mablag’lar bilan budjet siyosatini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. Ayrim hollarda davlat budjetining mohiyati faqat mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida talqin etiladi. Buni to'g’ri deb e'tirof etib bo'lmaydi. Chunki iqtisodiyotga tegishli bo'lgan har qanday reja u yoki bu iqtisodiy kategoriyaning namoyon bo'lish shakllaridan boshqa narsa emas. Shunga muvofiq ravishda, davlatning asosiy moliyaviy rejasi davlat budjeti (umumdavlat moliyasi) kategoriyasining namoyon bo'lish shaklidir. Boshqacha so'zlar bilan aytganda, davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida budjet iqtisodiy kategoriya sifatida budjetga xos bo'lgan xususiyatlar majmuining namoyon bo'lishidir. Iqtisodiy kategoriya va mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida ularning “Davlat budjeti” deb bir xil nomlanishi predmetning mohiyatini o'zgartirmaydi va davlat budjetini iqtisodiy (moliyaviy) kategoriyalarning tarkibidan chiqarishga hech qanday asos bo'la olmaydi. Bundan kelib chiqadigan asosiy xulosa shundan iboratki, davlat budjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo'shilishini tushunmoq kerak: birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon bo'lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Budjetning qanday bo‘g‘inda tashkil topishidan qat’i nazar uni quyidagi uch ma’noda ko‘rsatib o‘tish mumkin: a) iqtisodiy ma’noda; b) moddiy ma’noda; d) huquqiy ma’noda. Iqtisodiy kategoriya sifatida davlat budjeti - davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasida mamlakatda yaratilgan milliy daromadni (qisman milliy boylikni) qayta taqsimlash yuzasidan kelib chiqadigan pul munosabatlari tizimi bo'lib, ular natijasida iqisodiyotni, ijtimoiy-madaniy sohalarni, mudofaa va davlat boshqaruvi ehtiyojlarini moliyalashtirishga mo'ljallangan pul fondi - budjet tashkil topadi va maqsadga muvofiq tarzda ishlatiladi. 11 Moddiy tushuncha sifatida davlat budjeti - markaziy hukumat va tegishli darajadagi mahalliy hokimiyat idoralari faoliyatini ta'minlovchi, ular oldidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vazifalarni bajarishga mo'ljallangan markazlashtirilgan pul mablag’lari fondidir. O'zbekiston Respublikasining «Budjet kodeksi»dagi qonunda davlat budjetiga aynan moddiy ma'nodagi tushuncha sifatida ta'rif berilgan. Huquqiy kategoriya sifatida davlat budjeti - markaziy va tegishli mahalliy hokimiyat va ijroiya organlari tomonidan ishlab chiqiladigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan, markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini shakllantirish, taqsimlash va maqsadli ishlatishni ko'zda tutuvchi asosiy moliyaviy reja, yuridik hujjatdir. Yuridik hujjat sifatida O'zbekiston Respublikasida davlat budjeti «Budjet kodeksi»dagi qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda har moliya yili uchun (O'zbekiston Respublikasida moliya yili kalendar yiliga mos keladi, lekin dunyo mamlakatlarida ularning an'analari va mamlakat hayotidagi muhim, hal qiluvchi tarixiy sanalariga muvofiq, budjet yili kalendar yiliga mos kelmasligi mumkin) tuziladi, ko'rib chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etiladi. Davlat budjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi funksiyalarida namoyon bo'ladi. Ko'pchilik iqtisodchi olimlarning fikricha, Davlat budjeti quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: YAIM qiymatini qayta taqsimlash funksiyasi; Iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarish funksiyasi; Ijtimoiy funksiyasi; Nazorat funksiyasi. Davlat budjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy daromad qayta taqsimlanadi. Yalpi ichki mahsulotning qayta taqsimlanishi jamiyatdagi umumiy ehtiyojlar: maorif, sog’liqni saqlash, mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, aholi tarkibidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, mamlakat osoyishtaligi, chegaralar daxlsizligini ta'minlash va favqulotda holatlar uchun saqlanadigan 12 davlat zahiralarining mavjud bo'lish zarurati tufayli kelib chiqadi. Shuningdek, davlat budjeti orqali davlat jamiyatning ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlariga ta'sir qilishning moliyaviy dastaklariga ega bo'ladi. O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti ikki qismdan: daromadlar va xarajatlar qismlaridan iborat. Uning daromadlar qismida qonunchilikda nazarda tutilgan barcha manbalar bo‘yicha tushumlarning hajmlari aks ettirilib, ularga avvalambor belgilangan soliqlar va yig‘imlarning barcha turlari hamda boshqa daromadlar kiradi. Xarajatlar qismi esa budjet mablag‘laridan foydalanishning aniq miqdori va yo‘nalishlarini nazarda tutadi. Davlat budjeti daromadlari - davlat bilan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o'rtasidagi mamlakat budjet fondining shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni anglatadi. Jahon amaliyotida budjetga pul tushumlarining uch asosiy yo'nalishi mavjud: yuridik va jismoniy shaxslardan qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan soliqlar va yig’imlar ko'rinishida undiriladigan majburiy to'lovlar; foydalanish evaziga to'lovlar va badallar undiriladigan davlat mulki va umumdavlat resurslari; davlat zayomlari, boshqa qimmatli qog’ozlar, lotereyalar sotishdan tushgan daromadlar, davlat banklariga qo'yilgan omonatlarning qismlari va boshqalar ko'rinishida jalb qilingan resurslar. Budjet daromadlarining hajmi soliq solishning belgilangan soliq stavkalari bilan aniqlanadigan YAIMning o'sishi va soliq yukiga bog’liqdir. Daromadlarning asosiy vazifasi budjet xarajatlarini ta'minlashdir. Budjet xarajatlari – bu davlat va mahalliy o'zini o'zi boshqaruv organlarining vazifa va funksiyalarini bajarishi uchun yo'naltirilayotgan pul mablag’lari; davlat pul mablag’lari fondini taqsimlash va uni tarmoq, maqsadli va hududiy yo'nalishlarda foydalanish yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Budjet xarajatlari kategoriyasi aniq xarajatlar turlari orqali namoyon bo'ladi va ularning har biri son va sifat jihatidan tavsiflab berilishi mumkin. Sifat 13 tavsifi budjet xarajati har bir turning iqtisodiy tabiati va ijtimoiy maqsadini belgilash imkonini bersa, son tavsifi ularning hajmini belgilaydi. O'z iqtisodiy mazmuniga qarab budjet xarajatlari joriy va kapital xarajatlarga bo'linadi. Budjetning joriy xarajatlari - budjet xarajatlarining bir qismi bo'lib, davlat hokimiyati organlari, mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari, budjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta'minlashga davlat tomonidan boshqa budjetlar va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga mablag’ ajratish, dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar shaklida yordam ko'rsatish uchun ajratiladi. Budjetning kapital xarajatlari - budjet xarajatlarining innovatsiya va investitsiya faoliyatini ta'minlaydigan qismi hisoblanadi. Unga tasdiqlangan investitsiya dasturiga muvofiq ishlab turgan yoki yangidan tashkil qilinadigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga investitsiyalar uchun mo'ljallangan xarajatlar kiradi. Bu investitsiya maqsadlari uchun budjet kreditlari tarzida beriladigan mablag’lar, kapital ta'mirlashni o'tkazish xarajatlari va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq boshqa xarajatlardan iborat. Davlat budjeti xarajatlari o'zining funksional tayinlanishiga ko'ra quyidagi guruhlarga birlashtirilgan: Ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyalashtirish xarajatlari. Aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlari. Iqtisodiyot xarajatlari. Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari. Davlat boshqaruv organlarini saqlash xarajatlari. Sud,prokuratura,huquqni muhofaza qiluvchi organlarni saqlash xarajatlari. Vazirlar Mahkamasining zaxira fondini shakllantirish xarajatlari. Boshqa xarajatlar. Budjet mablag’lari davlatning markazlashtirilgan moliyaviy resurslarining bir qismidan iborat bo’lib, davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarurdir. Ular pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarini o’zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat 14 organlarining ixtiyoriga kelib tushadi. Davlat budjetining mablag’lari mamalakat yalpi ichiki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo’lib, ular oraliq xarakterga ega. Budjet daromadlariga professorlar T.S Malikov va N.X Haydarovlar quydagicha o’z fikrlarini bildirganlar: “Pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keluvchi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarni ifoda etadigan, hokimiyat organlaring turli darajalari ixtiyoriga kelib tushadigan, davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarur bo’lgan davlat markazlashtirilgan moliyaviy resurslarining bir qismi budjet daromadlari deyiladi” 4 Davlat budjetining mablag’lari o’zlarining manbalari, ijtimoiy - iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlaring turi, mablag’larning tushish shakli va ularni budjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin. Eng avvalo, davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra quyidagi uch guruhga bo’linadi:5 Soliqli daromadlar Nosoliq daromadlar Tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari. Respublika budjetining daromadlari quydagilardan iborat: umumdavlat soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy to'lovlar; davlat moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar; qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo'yicha davlat mulkiga o'tgan pul mablag’lari; yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan mablag’lar; 4 Malikov T, Haydarov N “Budjet daromadlari va xarajatlari” – T .: “Iqtisod - Moliya”, 2007 y, 9-bet. 5 Malikov T, Haydarov N. “Davlat budjeti” – T.: “Iqtisod - Moliya”, 2007y, 32-bet. 15 boshqa daromadlar Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari quyidagilar hisobidan shakllantirilishi mumkin (“O’zbekiston Respublikasi “Budjet Kodeksi”ning 52-moddasi):6 qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga yo’naltiriladigan mahalliy soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa majburiy to’lovlar; qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga o’tkaziladigan umumdavlat soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy to’lovlar; qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bo’yicha davlat moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar; qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki ob’ektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar; qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari; yuqori budjetlardan beriladigan budjet dotatsiyalari, budjet subventsiyalari va budjet ssudalari; yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar. Budjet daromadlarining deyarli barchasi sarflanish nuqtai nazaridan oldindan mo’ljallangan maqsadlarga ega emas. Ular umumiy fondga tushiriladi va odatdagi moliyalashtirish tartibida foydalaniladi Quydagi keltirilayotgan 1.1-rasmda davlat budjeti mablag’larining mazmun mohiyatini ko’rishimiz mumkin. 1.1 – rasm. Davlat budjeti mablag’larining manbalariga ko’ra guruhlanishi1 Soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va majburiy ajratmalar alohida shakllari va turlarining yig’indisi budjet daromadlarining yagona tizimini shakllantiradi. Turli sub’ektlardan kelib tushadigan budjet daromadlari umumdavlat ehtiyojlarini ta’minlab, bir-biri bilan o’zaro bog’langandir. Hozirgi kunda amaliyotda davlat budjetining daromadlarini quyidagi tartibda klassifikatsiya qilinayotganini ko’rishimiz mumkin. (1.2-rasm) 1.2 – rasm. O’zbekistonda budjet daromadlarining klassifikatsiyalanishi2 Mamlakatimizda so’nggi yillarda davlat budjeti mablag’larini samarali sarflash yuzasida bir qancha ishlar olib borildi va bu ishlar bugun ham bu borada jadal ishlar olib borilmoqda. (1.3 va 1.4- rasmlar) 1.3 – rasm. Davlat budjeti mablag’laridan samarali foydalanish mexanizmi3 Moliya vazirligi G‘aznachiligi davlat budjeti mablag’laridan samarali boshqa-rish uchun ham, undan oqilona foydalanilish ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash uchun ham mustahkam zamin yaratdi. Buni esa quyidagicha izohlash mumkin: Birinchidan, g‘aznachilik davlat budjetining ijrosi jarayonida yuzaga keladigan daromad va barcha xarajatlarni yagona g ‘azna hisobraqamidan amalga oshiradi. Mablag‘larning Yagona g'azna hisobraqamiga soliq va soliq bo'lmagan daromadlar ko'rinishida kelib tushishi moliyaviy resurslami operativ boshqarish va davlat budjeti xarajatlarini o‘z vaqtida to'lash uchun barqaror asos yaratadi. Ikkinchidan, dastlabki nazoratni amalga oshirish uchun sharoit yuzaga keladi, ya’ni majburiyatlarni qabul qilish jarayoni boshlanadi, bunda budjet tashkiloti tomonidan smetada ko'zda tutilgan mablag'lar doirasida kelajakda moliyaviy xarajatlarni amalga oshirish bo'yicha majburiyatlar g'aznachilik organlarida ro'yxatdan o'tkaziladi va shu asosda mablag'larning maqsadli harakatini ta’minlash uchun zamin yaratiladi. Budjet nazorati - Moliyaviy-iqtisodiy nazoratning tarkibi qismi sifatida mamlakatning barcha darajadagi budjetlarini qonuniy, maqsadli va samarali shakllantirish, taqsimlash va foydalanish, budjet daromadlari tushumini ko`paytirishning qo`shimcha manbalarini aniqlash, budjet-soliq intizomini yaxshilashni tekshirish bo`yicha davlat organlari tomonidan olib boriladigan tadbirlar yig`indisidir. Budjet intizomi - Budjet tizimi va budjet jarayonlarida vujudga keladigan, barcha bosqichlarda qonun, budjet tizimining asosiy tamoyillari, budjet tizimi to`g`risidagi me`yoriy hujjatlar, yo`riqnoma va tartiblar talablariga amal qilinishining budjet nazorati orqali ifodalanishi Budjet nazoratining vazifalari: Budjet moddalarining hajmi, tarkibi, maqsadi bo`yicha tuzilishi va ijrosining to`g`riligini ta`minlash; Budjetni shakllantirish va ijrosiga ta`sir etuvchi qonunlar hamda me`yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini moliyaviy ekspertizalash; Buxgalteriya hisobi va hisobotini to`g`ri yuritishni nazorat qilish; Budjet mablag`lari va budjetdan tashqari maqsadli jamg`armalar mabag`larini maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan nazorat qilish; Budjet va soliq intizomini yaxshilash va unga rioya qilishni nazorat qilish; Budjetlararo munosabatlar mexanizmini amalga oshirishni nazorat qilish; Budjet va budjetdan tashqari jamg`armalar mablag`larining banklardagi va boshqa moliya-kredit muassasalaridagi harakatini qonuniyligini va o`z vaqtidaligini nazorat qilish; Soliq to`lovchilarga soliq imtiyozlarini, hududlarga davlat dotatsiyalari, subvensiyalari va transfertlari va boshqalarni taqdim etishda moliyaviy qonunbuzorchiliklari aniqlash, aybdor shaxslarni jazolash bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilish; Budjet-soliq intizomini yaxshilash maqsadida profilaktika, ma`lumot-tushuntirish ishlarini olib borish. 2.Budjet nazorati elementlari: Budjet nazorati elementlari: Nazorat sub`ekti (kim nazorat qiladi); Nazorat ob`ekti (kim nazorat qilinadi); Nazorat predmeti (nima nazorat qilinadi) Nazorat prinsipi; Nazorat (metodikasi) metodi; Nazorat texnikasi va texnologiyasi; Nazorat jarayoni; Nazoratni yuritish uchun dastlabki ma`lumotlarni yig`ish va qayta ishlash; Nazorat natijasi; Nazorat natijasi bo`yicha qaror qabul qilish. Budjet nazorati sub`ektlari: Vakolatli (parlament) va ijro etuvchi organlar (moliya vazirligi, g`aznachilik, mahalliy o`z-o`zini boshqarishning moliya organlari, budjet mablag`larini bosh taqsimlovchilar va boshqalar). Budjet nazorati ob`ekti: Budjet-soliq sohasi, budjet jarayoni va xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning moliyaviy-xo`jalik faoliyatining barcha jarayonlari. Budjet nazorati predmeti: Budjet jarayoni barcha bosqichlari (budjetni tuzish, ko`rib chiqish, tasdiqlash, ijro etish, ijrosi to`g`risidagi hisobotni tuzish va tasdiqlash); Budjetga soliqlar va boshqa to`lovlarning kelib tushishi; Budjetdan tashqari jamg`armalarga ajratmalarning kelib tushushi; Deklaratsiyalar; Soliqlar bo`yicha hisob-kitoblar; Buxgalteriya hisobi va hisoboti; Maqsadli budjet jamg`armalari; Budjet dotatsiyalari, subvensiyalari, transfertlari; Тovar-moddiy boyliklarni ayirboshlash va qaytarmaslik sharti bilan berish; Bojxona qiymatlari va b. Budjet nazorati prinsiplari: Qonuniylik; Oshkoralik; Rejalilik; Mustaqillik; Haqqoniylik. Тaftish- korxona, tashkilotlarning moliya-xo`jalik faoliyatini, moliya organlarining budjetni tuzish va ijro etish bo`yicha ishlarini, budjet mablag`larini ajratishning asoslanganligini, moliyaviy intizomga rioya qilinishini, hisob yuritish va hisobotlarning ishonchligini taftish qilinayotgan ob`ektda kamchiliklarni aniqlash maqsadida bir-biriga bog`liq tekshirishlar komleksi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling