Davlat byudjet


Download 138.9 Kb.
bet4/5
Sana15.02.2023
Hajmi138.9 Kb.
#1200400
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-MAVZU. DAVLAT BYUDJETINING HOLATI

Xorijiy mamlakatlarda byudjet taqchilligi, taqchillikni boshqarish va tartibga solish tajribalari

Davlat moliyasini sog’lomlashtirish, uning daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini ta‘minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan byudjet-soliq tizimidagi islohotlarning hozirgi bosqichida yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi davrda davlat byudjeti taqchilligi muammosi nafaqat iqtisodchi olimlarning, balki dunyodagi qashshoq yoki rivojlanayotgan mamlakatlar bilan bir qatorda iqtisodiyoti taraqqiy topgan mamlakatlar hukumatlarining ham asosiy diqqat-e‘tiboridagi umumiqtisodiy holat hisoblanadi. Ayniqsa, ushbu muammo hamon davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oqibatlarini bartaraf etishda jiddiy tus olmoqda. Har bir alohida olingan mamlakatda davlat byudjetini boshqarishda byudjet taqchilligi va uni boshqarish masalasi muhim ahamiyatga ega. Davlat byudjeti taqchilligi davlat oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga o’zining salbiy ta‘sirini ko’rsatadi. Ta‘kidlash lozimki, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat byudjeti taqchilligi har doim ham salbiy holatni bildirmaydi.
J.M.Keynsning eng asosiy g’oyasi shundan iboratki, u davlat xarajatlarini oshirish va ushbu mablag’lar yetmagan taqdirda ―qarz yordamida moliyalashtirishni‖ taklif etdi. Uning g’oyasining davomchilari ushbu nazariyani ―taqchillik asosida moliyalashtirish‖ deb nomladilar. J.Keynsning fikricha, davlatning joriy xarajatlarini qarz hisobiga moliyalashtirish
―iste‘molga moyillikni‖ oshiradi va buning natijasida
―investitsiyalarga moyillik‖ ham ortadi.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, J.M. Keynsgacha davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining mutanosib bo’lishi hamda byudjet taqchilligining faqat salbiy holat sifatida qa- bul qilinishiga asoslangan yondashuv mavjud edi. J.Keyns ushbu dunyoqarashlarga chek qo’ydi. Uning fikricha, ssuda kapitali bozorida Markaziy bank yordamida ―samarali talab‖ga erishish mumkin va shu asosda davlat byudjeti taqchil- ligi milliy iqtisodiyotni tartibga solib turuvchi vositalaridan biriga aylanadi. Yuqoridagi nazariyadan farqli ravishda, monetarist-larning fikricha, pul-kredit siyosati yalpi ichki mahsulot miqdorini o’zgartirishning g’oyatda qudratli vositasidir. Byudjetdagi taqchillikni o’ziga maqbul darajada saqlab turish uchun davlat o’z xarajatlarini kelib tushayotgan daromadlariga muvofiq holga keltirish maqsadida ularni davlat foydasiga jilovlab turadigan siyosatni muntazam ravishda olib boradi. Monetarizm tarafdorlari byudjet-soliq siyosatini amalga oshirish hech qanday ijobiy samara bermaydi, deb hisoblashadi. Monetaristlarning fikricha, iqtisodiyotni rivojlantirishda eng asosiy e‘tiborni muomaladagi pul miqdorini o’zgarishiga qaratish lozim, binobarin davlat byudjetidan makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun foydalanmaslik kerak.
Yuqorida ta‘kidlab o’tilganidek, jahon amaliyotida davlat byudjeti taqchilligi mamlakat milliy iqtisodiyotiga jiddiy xavf tug’diradimi yoki buning aksi – taqchillik iqtisodiyotni rivojlantirishda foydalimi, degan savol hozirda ham dunyoning yetakchi iqtisodchi olimlari o’rtasida bahs-munozaralarga sabab bo’lmoqda. Yevropa Ittifoqiga a‘zo bo’lgan rivojlangan mamlakatlar o’zlarining rivojlanish bosqichlarida davlat tashqi qarzi va davlat byudjeti taqchilligini boshqarishda o’ziga xos tajribaga egadirlar. Aynan, yevrohudud mamlakatlarida Maastrixt shartnomasida Yevropa Ittifoqiga a‘zo mamlakatlarga
―yevrohudud‖da ishtirok etishlari uchun 1993-yil 2-maydan boshlab qat‘iy mezonlar o’rnatilgan1:

  • davlat byudjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3,0 foizdan ortmasligi lozim, agarda belgilangan ushbu normativ buzilsa, uni buzgan davlatga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qo’llaniladi;

  • davlat tashqi qarzi miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 60,0 foizdan ortmasligi lozim (yoki ushbu ko’rsatkichga barqaror yaqinlashib borish mumkin).

Mamlakatimizda davlat byudjeti taqchilligi muammosini o’rganish bilan birga iqtisodi taraqqiy topgan va rivojlanayotgan mamlakatlarning davlat byudjeti taqchilligining yuzaga kelish sabablarini tahlil etish va ularda byudjet taqchilligini qisqartirish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni o’rganish bizga ushbu sohada kelajakda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolarning oldini olish imkoniyatini yaratadi.
Xalqaro amaliyotda yetakchi iqtisodchi olimlar o’rtasida byudjet taqchilligini moliyalashtirishning usullari to’g’risida turli qarashlar mavjud. I.A. Pogosovning fikricha, ―davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirishning asosan ikki usuli mavjud1:
birinchidan, davlat qarzi hisobidan moliyalashtirish: davlat qarzi, o’z navbatida, ichki manbalar (bunda davlat byudjeti taqchilligi faqat mamlakat ichidagi manbalar hisobiga moliyalashtiriladi) va tashqi manbalar (bunda taqchillik mamlakat hukumati tomonidan xorijiy mamlakatlar hukumatlaridan, xalqaro moliya institutlaridan hamda yirik xalqaro banklardan olinadigan davlat qarzlari) hisobiga moliyalashtiriladi;
ikkinchidan, muomalaga yangi pullarni emissiya qilish hisobiga.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning bu ikki guruhi
―qarzli moliyalashtirish va emissiyali moliyalashtirish‖2 deb ham ataladi. Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning bu ikki usuli bilan birga davlat aktivlarini sotish orqali taqchillikning ma‘lum qismini moliyalashtish usulidan ham foydalaniladi. Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning har qaysi usulini qo’llashning iqtisodiyotga ta‘siri bir xil bo’lmaydi. Turli mamlakatlarda byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlarga ajratadigan bo’lsak, ularning bir guruhi emissiyali (pulli) moliyalashtirishga, boshqa bir guruhi qarzli moliyalashtirishga mansubligini ko’rish mumkin: (1) Markaziy bankdan qarz olish yoki taqchillikni emissiyali moliyalashtirish (pulli moliyalashtirish), (2) tijorat banklaridan qarz olish (qarzli moliyalashtirish), (3) mamlakat ichkarisidagi nobank sohalardan qarz olish
Byudjet taqchilligini boshqarishda mamlakat hukumati yuqorida ta‘kidlab o’tilgan usullarning biridan yoki bir nechtasidan foydalanishi mumkin. Bunda foydalaniladigan usullarning har birining iqtisodiy tabiati turlicha, shu sababli ular mamlakatning moliyaviy holatiga turlicha, ayrim holatlarda bir-biriga teskari ta‘sir ko’rsatishi mumkin. Byudjet taqchilligini qisqartirish borasida hukumat tomonidan noto’g’ri siyosatning tanlanishi mavjud taqchillikning ortishiga va buning natijasida iqtisodiy holatning mushkullashuviga hamda aholi o’rtasidagi noroziliklarga olib kelishi mumkin.

Download 138.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling