Davlat byudjet


Download 138.9 Kb.
bet2/5
Sana15.02.2023
Hajmi138.9 Kb.
#1200400
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-MAVZU. DAVLAT BYUDJETINING HOLATI

Byudjet taqchilligining shakllari. Taqchillikni keltirib chiqaruvchi omillar. Taqchillikni qoplash manbalari

Amaliyotda byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligi- ga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda byudjetning daromadlari uning xarajatlaridan ko’p bo’lishi va bunday byudjet profitsitli byudjet bo’lishi mumkin. Aksincha, ba‘zi hollarda esa byudjetning xarajatlari uning daromadlaridan ortib ketadi, shunga muvofiq ravishda byudjet defitsiti yuzaga keladi.
Byudjet defitsitining hajmi:

      • milliy valyutada absolyut summada;

      • mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmiga nisbatan foizlarda;

      • milliy daromad hajmiga nisbatan foizlarda;

      • byudjet daromadlari va xarajatlariga nisbatan foizlarda aniqlanadi.

Boshqa hollar teng bo’lgan sharoitda byudjet defitsiti vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

      • iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital qo’yilmalarini amalga oshirishning zarurligi;

      • favqulodda hodisalarning mavjudligi;

      • iqtisodiyotdagi inqirozli holatlar;

      • moliya-kredit aloqalarining yetarli darajada samarali emasligi;

      • hukumat tomonidan mamlakatdagi moliyaviy holat ustidan yetarli darajada nazorat qila olmaslik;

      • ijtimoiy ishlab chiqarishning nisbatan past darajadagi samaradorligi;

      • tashqi iqtisodiy aloqalarning nisbatan kam natijaliligi;

      • byudjet xarajatlarining nooqilona tarkibiy tuzilishi;

      • yirik davlat investitsiyalarini amalga oshirish amaliyotining mavjudligi;

      • harbiy xarajatlar ko’lamining nisbatan kattaligi;

      • ichki real imkoniyatlarni yetarli darajada inobatga olmagan holda boshqa mamlakatlarga yordam berish;

      • davlatga iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishni rag’batlantirish imkonini bermaydigan va yetarli darajada samarali bo’lmagan byudjet mexanizmining qo’llanilishi va boshqa sabablar.

Byudjet defitsitiga nisbatan strategik yondashuv quyi- dagilarga alohida e‘tibor berilishini taqozo etadi:

      • byudjet defitsiti muammosini matematik yo’l bilan hal qilishga harakat qilmaslik kerak. Chunki bu holda iqtisodiyotni

―davolash‖ o’rniga uning ―kasalligi‖ kuchayadi;

      • byudjetning balansliligi yoki byudjet daromadlarining xarajatlardan ko’p bo’lishi hali sog’lom va barqaror iqtisodiyotdan dalolat bermaydi;

      • byudjet defitsitining miqdori odatda, mamlakat yalpi milliy mahsulotining 2-3 foizidan oshmasligi lozim, defitsitning bu darajasi iqtisodiyotga larzali tarzda salbiy ta‘sir ko’rsatmaydi, lekin shu chegaradan oshsa, hukumatlar defitsitni qisqartirish (yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko’rish uchun tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishi zarur;

      • byudjet defitsitini qoplash uchun eng avvalo, davlat kreditining turli shakllaridan foydalanish, shuningdek, davlat qimmatbaho qog’ozlarini moliyaviy bozorda joylashtirish maqsadga muvofiq;

      • byudjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish uchun avvalo, iqtisodiyotning o’zini ―davolash‖

kerak, aks holda, shu maqsaddagi har qanday tadbir, albatta, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Byudjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish borasidagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlarning eng asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

      • byudjet xarajatlarining investitsion yo’nalishini o’zgartirish, ularni eng ko’p samara beradigan loyihalarga yo’naltirish;

      • xo’jalik yuritishning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga

oluvchi moliyaviy imtiyoz va sanksiyalardan keng foydalanish;

      • davlat byudjetidan moliyalashtirish ko’lamlarini va davlatga tegishli iqtisodiyot sohalarini qisqartirish;

      • xorijiy davlatlarga yordam ko’rsatish ko’lamlarini

kamaytirish;

      • harbiy xarajatlarni qisqartirish;

      • eng muhim ijtimoiy dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlab qolish, yirik byudjet xarajatlarini talab etuvchi loyihalarni cheklash;

      • Markaziy bank tomonidan hukumat organlariga to’g’ridan to’g’ri kredit berish amaliyotiga chek qo’yish;

      • xorijiy investitsiyalarni keng miqyosda jalb etish va boshqalar.

Byudjet defitsitini boshqarish tadbirlari ichida defitsitni qoplash manbalarini aniqlab olish muhim. O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksida byudjet defitsitini qoplash manbalari ikki guruhga bo’lingan:

Byudjet defitsitini qoplashning ichki manbalari sifatida quyidagilar belgilangan:

  • davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirishdan tushgan mablag’lar;

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byud- jetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’larining qoldig’i;

  • O’zbekiston Respublikasining Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larining qoldig’i;

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi mablag’larining qoldig’i;

  • Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish jamg’ar- masi mablag’lari;

  • boshqa ichki manbalardan jalb qilinadigan mablag’lar.

Byudjet defitsitini qoplashning tashqi manbalari qatoriga quyidagilar kiradi:

  • davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirishdan tushgan mablag’lar;

  • xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar kreditlari;

  • xorijiy davlatlar kreditlari;

  • boshqa tashqi manbalardan jalb qilinadigan mablag’lar.


  1. Download 138.9 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling