Давлат бюджети даромадлари


Download 70.26 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi70.26 Kb.
#1303916
Bog'liq
Davlat byudjeti

Mavzu: Ish joyiga xizmat ko'rsatishning tashkil qilishning mohiyati

Tayorladi :Sobirov Muhammadrizo

  • Reja :
  • 1.Ish joylariga hizmat ko‘rsatishni tashkil qilish tushunchas.
  • 2.Ish joylariga xizmat ko‘rsatish turlari.
  • 3 Ish joylariga hizmat ko‘rsatish shakllari.

Ish o‘rinlariga xizmat ko‘rsatish ishlab chiqarish sharoitlarida mehnatni tashkil etishning juda muhim elementi hisoblanadi. U ish o‘rinlarini mehnat vositalari, buyumlari bilan ta’minlash va ishlab chikarish xususiyatiga ega bo‘lgan turli xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha butun bir tadbirlar tizimini qamrab oladi.

Xizmat ko‘rsatish tizimi — bu asosiy ishchilarning ish o‘rinlarini uzoq vaqt mobaynida — bir smenadan tortib to bir haftagacha, hatto bir yilgacha yuqori unumli, bir maromda ishlash uchun zarur bo‘lgan barcha kerakli narsalar bilan ta’minlaydigan yordamchi ishlarni bajarish sohasidagi butun bir tadbirlar majmuidir.

2.Ish joylariga xizmat ko‘rsatish turlari Rivojlangan yirik va yaxshi tashkil etilgan ishlab chiqarishda xizmat ko‘rsatishning 10 ta funksiyasi mavjuddir:

1.Ishlab chiqarish — tayyorlash funksiyasi. Unga ishlarni ish o‘rinlari

bo‘yicha taqsimlash, xom ashyo va materiallarni butlash, texnik va iqtisodiy

hujjatlar bilan (chizmalar, sxemalar, naryad-toshpiriqlar va shu kabilar)

bilan ta’minlash, shuningdek turli yordamchi materiallar ishlab chiqarish

kiradi. Asosiy ishlab chiqarishning muvaffaqiyati ham ko‘p jihatdan yaxshi

tayyorlashga bog‘liqdir.


2.Asboblar funksiyasi. Uning vazifasi — asosiy ishlab chiqarishni
asbob va moslamalar bilan ta’minlashdir.
3.Sozlash funksiyasi. Ishlatiladigan asbob-uskunalar qanchalik
murakkab bo‘lsa, sozlash funksiyasining roli shunchalik ko‘proq seziladi.
Dastlabki sozlash, yashi yoki tuzatilgan jihozni o‘rnatshn, moslash,
to‘g‘rilash, ishlashini nazorat qilishdan iborat.
4.Energetik funksiya. Sexlar, uchastkalar va ish o‘rinlarini energiya
bilan ta’minlash borasida energetika qurilmalari va moslamalalari bilan
ta’minlashda xizmat ko‘rsatishdir.
5.Ta’mirlash funksiyasi. Asbob-uskunalarni joriy ta’mirdan chikarish
va profilaktik xizmat ko‘rsatishdan, shuningdek tayyor holda olinmaydigan
ehtiyot qismlarni tayyorlash yoki tiklashdan iborat.

6.Nazorat funksiyasi. Mahsulot yoki ishlar sifatini muntazam ravishda

nazorat qilib borishni, shuningdek chetdan olinadigan xom ashyo,

materiallar va chala mahsulotlar yoki butlovchi buyumlarni qabul qilish,

sinab ko‘rish va tahlil etishni ta’minlaydi. Uning muhim vazifasi hisobga

olish, tahlil etish mahsulotning yaroqsizligi oldini olishdir.

7.Transport funksiyasn. Uning asosiy vazifasi — xomashyo, material,

yarim mahsulotlar va butlovchi buyumlarni ish o‘rinlariga yetkazib berish,

mehnat buyumlarini ish o‘rinlari, uchastkalar va sexlar o‘rtasida tashish,

tayyor mahsulotni ombor yoki iste’molchilarga yetkazish, shuningdek

ishlab chiqarish chiqindilarini tashishdir. Bundan tashqari, transport

funksiyasiga ortish-tushirish ishlari va omborlardagi ishlar ham kiradi.


8.Ta’mirlash-qurilish funksiyasi. Uning vazifasiga binolar, inshootlarni
ishchi holatida saklash, ularni joriy va ba’zi hollarda esa o‘rtacha
ta’mirlashni amalga oshirish, avariyalar va tabiiy ofatlar oqibatlarini
tugatish, mayda yordamchi inshootlarni qurish, yo‘llar va kirish yo‘laklarinita’mirlash kiradi.
9.Xo‘jalik-maishiy funksiya. Ishlab chiqarish va maishiy binolarda
tozalik va tartibni saklashga xizmat qiladi, ishlovchilarni ichimlik suvi,
maxsus ovqat (sut, kaloriyali nonushta, sharbatlar) bilan, shuningdek ishlab
chikarishdagi maishiy xizmatning barcha turlari bilan ta’minlaydi.
10. Ombor funksiyasi. Agar korxonada yuklar oqimi katta bo‘lsa,
murakkab va keng tarmokli ombor xo‘jaligi mavjud bo‘lsa, transport
funksiyasidan ajralib chiqad
Xizmat ko‘rsatishda qaysi bir shaklning samaradorligini ayrim
xizmat funksilarini bajaruvchi ishchilarning ish bilan qay darajada
bandligiga qarab aniqlash mumkin. Masalan, taransport xodimlaridan bir
joyda to‘la foydalanilmasdan, boshqasida ular yetishmaydigan bo‘lsa,
ularni uchastkalar o‘rtasida qaytadan taqsimlash yoki transport xizmatini
sex yoxud korxona ko‘lamida markazlashtirish lozim bo‘ladi.
.3. Ish joylariga hizmat ko‘rsatish shakllari.

Reglamentga solingan xizmat ko‘rsatish xiyla progresivdir, chunki u ehtiyotkorlik xarakteriga ega bo‘lib, ish vaqti kamroq isrof qilinadi, uskunalar bekor turmaydi, belgilangan ishlab chiqarish maromi saqlanadi.


Ommaviy ishlab chiqarishda, ayniqsa, uzluksiz ishlab chiqarish
usuli tashkil etilgan joyda, odatda, ish joyiga grafik-jadval bo‘yicha
xizmat ko‘rsatishning majburiy tartibi o‘rnatiladi; bu grafikka muvofiq
instrumentlarni almashtirish, uskunalarni ta’mirlash, buyumni keyingi
operatsiyaga topshirishga va h.k. ishlar reglamentda belgilangan
muddatlarda majburiy ravishda bajariladi.

Xizmat ko‘rsatishni boshqarish markazlashgan va markazlashmagan

usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, iqgisodiy

jihatdan qulayroq bo‘lgan ko‘pgina korxonalarda ish o‘rinlariga xizmat

ko‘rsatishning aralash usuli qo‘llanadi, bunda eng muhim va murakkabroq

funksiyalar markazlashgan holda (masalan, asbob-uskunalarni sozlash va

profilakgika ishlari), boshqalari — markazlashmagan holda sexlar va

uchastkalarning o‘z kuchlari bilan amalga oshiriladi.

Etiboringiz uchun rahmat


Download 70.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling