Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari. Reja


Tashqi qarz hisobidan moliyalashtiriluvchi xarajatlar tahlili


Download 37.25 Kb.
bet4/5
Sana14.03.2023
Hajmi37.25 Kb.
#1266936
1   2   3   4   5
Bog'liq
Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari

Tashqi qarz hisobidan moliyalashtiriluvchi xarajatlar tahlili


Hisob palatasi xulosasida 2022 yil uchun 1 AQSh dollarining yillik o‘rtacha almashuv kursi 11 321 so‘mga prognoz qilingan.
Qonun loyihasida davlat qarzi hisobidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hajmi va manzilli ro‘yxati Hisob palatasi tomonidan tahlil qilinganda, 2022 yil uchun mo‘ljallangan Investitsiya dasturi loyihasida ko‘zda tutilayotgan loyihalarni davlat budjetiga tegishli ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro muvofiqlashtirilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Jumladan, qonun loyihasida Xalq ta’limi vazirligining 3 ta loyihasi bo‘yicha 85,0 mln dollar (962,2 mlrd so‘m) moliyalashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lsada, haqiqatda ushbu loyihalar Investitsiya dasturi loyihasida istiqbolli bo‘lib, ushbu loyihalar bo‘yicha qarz bitimlari imzolanmagan (2022 yilda imzolanishi ko‘zda tutilgan).
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining «O‘zsuvta’minot» AJ ga tegishli 11 ta loyihasi doirasida 720,5 mlrd so‘m (63,6 mln dollar) moliyalashtirish ortiqcha rejalashtirilgan bo‘lsa, «Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent (TS-8) shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish» loyihasini moliyalashtirish uchun 253,9 mlrd so‘m (22,4 mln dollar) mablag‘lar umuman ko‘zda tutilmagan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yilda moliyalashtirilishi mo‘ljallangan jami 12 ta loyiha uchun 561,5 mlrd so‘m (49,6 mln dollar) mablag‘lar qonun loyihasida ko‘zda tutilmagan.
Xuddi shunday, Suv xo‘jaligi vazirligi loyihalari bo‘yicha 51,7 mln dollar (585,2 mlrd so‘m), Innovatsion rivojlanish vazirligi bo‘yicha 19,5 mln dollar (220,7 mlrd so‘m), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bo‘yicha 9,6 mln dollar (108,7 mlrd so‘m), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bo‘yicha 4,5 mln dollar (50,9 mlrd so‘m) farqlar mavjudligi aniqlangan.

Davlat maqsadli jamg‘armalari xarajatlari tahlili


Ma’lumotlarga ko‘ra, konsolidatsiyalashgan budjet loyihasida Davlat maqsadli jamg‘armalarining 2022 yilgi jami daromadlari (transfertlarni hisobga olmagan holda) 31,7 trln so‘m, xarajatlari esa 58,5 trln so‘m miqdorida prognoz qilinmoqda.
Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalarini taqchillikka yo‘l qo‘ymasdan ishlab chiqish maqsadida davlat maqsadli jamg‘armalarining 2022 yil boshidagi kutilayotgan 6,1 trln so‘mlik qoldiq mablag‘lari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. Davlat budjetidan davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘zlariga yuklatilgan davlat funksiyalarini to‘liq amalga oshirishlari uchun 25,4 trln so‘mlik maqsadli transfertlar ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.


Download 37.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling