Navbatdagi moliyaviy yil (yoki uzoq muddatli davr asosida, odatda 3 yildan kam bo’lmagan holda) uchun boshqa darajadagi byudjetlarga ajratmalar normativi o’rnati-ladigan soliqlar va boshqa to’lovlar davlat byudjetiningtartibga keltiruvchi daromadlari deyiladi. Davlat byudjeti daromadlarining deyarli barchasi sarflanish nuqtai nazaridan oldindan mo’ljallangan maqsadlarga ega emas. Ular umumiy fondga tushiriladi va ulardan odatdagi moliyalashtirish tartibida foydalaniladi. Davlat byudjeti daromadlarining faqat ba’zi birlarigina oldindan belgilangan maqsadlar uchun mo’ljallangan. Ularning tarkibiga ijtimoiy sug’urta badallarini kiritish mumkin. Davlat byudjeti daromadlarining deyarli barchasi sarflanish nuqtai nazaridan oldindan mo’ljallangan maqsadlarga ega emas. Ular umumiy fondga tushiriladi va ulardan odatdagi moliyalashtirish tartibida foydalaniladi. Davlat byudjeti daromadlarining faqat ba’zi birlarigina oldindan belgilangan maqsadlar uchun mo’ljallangan. Ularning tarkibiga ijtimoiy sug’urta badallarini kiritish mumkin. Soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va majburiy ajratmalarning alohida shakllari va turlarining yig’indisi davlat byudjeti daromadlarining yagona tizimini tashkil etadi. Turli sub’yektlardan kelib tushadigan davlat byudjeti daromadlari bir-biri bilan o’zaro bog’langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |