Davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilishi va ularning klassifikatsiyasi


Download 1.02 Mb.
bet1/4
Sana20.12.2022
Hajmi1.02 Mb.
#1040555
  1   2   3   4
Bog'liq
40 Davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilishi va ularning klassifikatsiyasi

Davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilishi va ularning klassifikatsiyasi

  • REJA:
  • Davlat byudjetining tushuncha va mohiyati
  • Davlat byudjeti daromadlarining shakllantirish prinsiplari
  • Davlat byudjeti daromadlari tarkibiy tuzilishi

Davlat byudjeti daromadlari davlat markazlashti-rilgan moliyaviy resurslarining bir qismi bo’lib, ular davlat funksiyalarini bajarish uchun zarurdir. Davlat byudjeti daromadlari pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarni o’zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat organlarining ixtiyoriga kelib tushadi.

  • Davlat byudjeti daromadlari davlat markazlashti-rilgan moliyaviy resurslarining bir qismi bo’lib, ular davlat funksiyalarini bajarish uchun zarurdir. Davlat byudjeti daromadlari pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarni o’zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat organlarining ixtiyoriga kelib tushadi.
  • Davlat byudjeti –pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keluvchi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarni o’zida ifoda etadigan, hokimiyat organlarining turli darajalari ixtiyoriga kelib tushadigan, davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarur bo’lgan davlat markazlashtirilgan moliyaviy resurslarining bir qismi davlat byudjeti daromadlari deyiladi.

Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jarayoni-ning quyidagi printsiplarga asoslanishi maqsadga muvofiqdir:
sub’yektlarning mustaqil faoliyat ko’rsatishiga rioya etish (sharoit yaratish). Buning ma’nosi shundaki, sub’yekt-larga tegishli bo’lgan mablag’larning bir qismini byudjetga olinishi ularning mustaqil rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak
sub’yektlarning xatti-harakati va intilishiga bog’liq bo’lmagan holda vujudga kelgan daromadlarning to’liq yoki qisman byudjetga olinishi. Ma’lum bir xarajatlarni amalga oshirmasdan turib olingan barcha daromadlar sub’yektlarning ixtiyoriga qoldirilmasdan davlatning ixtiyoriga o’tishi kerak
ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa maqsadlar uchun korxonaning rejalashtirilgan ehtiyojidan ortgan summalarni byudjetga olish. Bu printsip davlat byudjeti daromadlarini davlat korxonalarining mablag’lari hisobidan tashkil etishda qo’llanilishi mumkin
davlat byudjeti mexanizmining rag’batlantiruvchi ta’sirini ta’minlash. Sub’ektlar ixtiyoridan mablag’larning byudjetga olinishi ularning samarali faoliyat ko’rsatishini rag’batlan-tirishi kerak
davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda ulushli ishtirok etish. Bu printsip aholi mablag’lari hisobidan davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda qo’llanilib, uning natijasida aholi daromadlarining bir qismi ular olgan daromadlarining darajasiga bog’liq ravishda byudjetga o’tkaziladi
Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi soliqlar yordamida undirilishi tufayli bu jarayonda quyidagi printsiplardan foydalaniladi:
soliqlarning byudjetga olinishi mamlakat milliy boyligi manbalarining tugashiga olib kelmasligi kerak
soliqlar ularni to’lovchilar o’rtasida teng (adolatli) taqsimlanmog’i lozim
soliqlarning ishlab chiqaruvchilar aylanma fondlari hajmiga ta’sir ko’rsatmasligi
soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi
davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzonroq bo’lishi lozim
soliqlarning undirilish jarayoni ishlab chiqarishdan xususiy sektorni siqib chiqarmasligi kerak
Davlat byudjeti daromadlari o’z manbalariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
soliq shaklidagi daromadlar
soliq bo’lmagan daromadlar
tiklanmaydigan tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibida tushumlarning quyidagi ko’rinishlari ham hisobga olinishi mumkin:
qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti mablag’laridan foydalanganlik uchun haq
kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarda davlat byudjeti mab- lag’larining qoldig’i bo’yicha foizlar ko’rinishida olinadigan mablag’lar
davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki boshqa ko’rinishda olinadigan mablag’lar
davlatga qisman tegishli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari ustav kapitalining hissasiga yoki aktsiyalar bo’yicha dividendlarga to’g’ri keladigan foyda ko’rinishidagi daromadlar
davlatga tegishli mol-mulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag’lar
davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling