Davlat byudjeti ijrosi g’aznachilik tizimiga o’tishning zarurligi, mohiyati va vazifalari


Budjet tizimi budjetlarining ijrosi hisobi va hisoboti yuritiladi


Download 1.27 Mb.
bet3/7
Sana27.10.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1727054
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
g`azlachilik 1

 

Budjet tizimi budjetlarining ijrosi hisobi va hisoboti yuritiladi

 

Byudjet Kodeksining 120-moddasiga ko‘ra, byudjet tizimi byudjetlari xarajatlar qismining ijrosi quyidagilarni nazarda tutadi
Davlat moliyasini boshqarish(DMB)ni isloh etish strategiyasi O‘zbekiston Respublikasida DMB tizimini nazorat qilishni takomillashtirishdan iborat. Ushbu strategiyadan kutilayotgan oraliq maqsad – DMB tizimida muhim jarayonlarni modernizatsiyalash bo‘lib, bugungi kunda islohotlar strategiyasining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat

O‘zbekistonda davlat byudjeti g‘aznachilik ijrosiga o‘tishning bosqichlari.

  • Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya tizimining bosh bo‘g‘ini - davlat byudjetini boshqarish, byudjet jarayonini tashkil etish tizimidagi islohotlar, xususan byudjet ijrosida kassali tizimdan jahon amaliyotida sinalgan va o‘zining ijobiy natijalarini bergan davlat byudjetining g‘azna ijrosiga o‘tish amalga oshirilmoqda. Shu narsa ma’lumki, o‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlar bozor mexanizmlarini ko‘r-ko‘rona, sun’iylik bilan tatbiq etib bo‘lmaydi, chunki jamiyat a’zolari o‘rtasida shunday an’anaviy iyerarxik munosabatlar tizimi shakllanganki, ularni mensimaslik, keskin qarorlar qabul qilish chog‘ida ularni e’tiborga olmaslik turli noxush holatlarga olib kelishi mumkin.
  • Byudjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlovchi shunday mexanizmlardan biri – davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimidir.

Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimini o‘zbekistonda ham joriy etish va rivojlantirish, davlatning moliyaviy resurslarini boshqarishning axborotlashtirilgan tizimini joriy etish, davlat moliyasining holati to‘g‘risida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini beradiki, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishni ta’minlaydi. Lekin, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida byudjet ijrosida bank tizimidan foydalanish bir qator muammolarni keltirib chiqardi:

  • Byudjet daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi axborotlarning yetarli darajada operativ (tezkor) emasligi;
  • Daromadlarning bank hisobraqamlariga tushishi va byudjetning hisobraqamlarida aks ettirilishidagi uzilishlarning mavjudligi bois byudjet resurslarini boshqarishdagi tezkorlikning sustligi;
  • Soliq daromadlarining byudjet tizimi bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlanish jarayonlarini samarali tartibga solish va daromadlar tushumini jadallashtirishning zarurligi;
  • Byudjet ajratmalarining hajmlari bilan haqiqatda amalga oshirilgan to‘lovlar summalari ko‘rsatkichlarining tarqoqligi tufayli mablag‘larning tushumi va sarflanishi ustidan yagona nazoratning murakkablashuvi;
  • Byudjet tashkilotlarining hisobraqamlarida ishlatilmayotgan byudjet mablag‘larining turib qolishi;
  • Byudjet mablag‘larining ajratilishi bilan ularning so‘nggi iste’molchilarga yetib borishigacha bo‘lgan vaqtning uzoqligi;
  • Davlat mablag‘lari harakatining murakkablashuvi va hajmlarining ortib borishi bilan ulardan oqilona foydalanish ustidan dastlabki nazoratning va joriy monitoringning zarurligi va boshqalar

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling