Byudjetni g‘aznachilik tizimi asosida ijro etishning quyidagi afzalliklari mavjud: - Qisqa fursatlarda davlatning moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko‘rsatkichlarini aniqlash;
- Davlat moliyasining holati to‘g‘risidagi tezkor axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish;
- Davlat byudjetining ham daromadlari, ham xarajatlari qismini kassali ijrosining har kungi detallashtirilgan monitoringini o‘tkazish;
- Tasdiqlangan byudjet mablag‘lari doirasida byudjet tashkilotlarini tovarlar va xizmatlar yetkazib beruvchilar oldida majburiyatlar qabul qilish bosqichida (shartnomalar, kontraktlar tuzish) dastlabki nazorat qilish;
- Moliya organlari tomonidan byudjet xarajatlarini o‘z vaqtida va manzilli moliyalashtirish bilan byudjet mablag‘larini bosh taqsimlovchilari tomonidan suiistemol qilish va noto‘g‘ri ishlatishning oldini olish maqsadida joriy nazorat qilish;
- Byudjet tashkilotlari majburiyatlarini olgandan keyin pul mablag‘larini g‘aznachilik hisobraqamidan to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’minotchilarning hisobraqamiga o‘tqazish natijasida pul oqimlari harakati bo‘yicha jarayonlarni qisqartirish;
- G‘aznachilik tizimining bir pog‘onasidan ikkinchi pog‘onasiga pul mablag‘larini o‘tkazishni soddalashtirish natijasida g‘aznachilik tizimidagi byudjet mablag‘larini tezkor ishlatish.
O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjeti g‘azna ijrosini tatbiq etish bosqichlari
|
| |
2011
|
Davlat xaridlari bo‘yicha hukumat komissiyasining ishchi organi O‘zR MV G‘aznachiligi deb belgilandi.
|
O‘zR Prezidentining “Davlat xaridlari tizimini muqobillashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb qilishni kengaytirish to‘g‘risida”gi PQ-1475-sonli qarori (17.02.2011)
|
2012
|
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari G‘aznachilikning Yagona g‘azna hisobvarag‘idan amalga oshirila boshlandi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |