Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti daromadlari ijrosi hisobi. Reja: Asosiy qism


Download 245.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana21.04.2023
Hajmi245.41 Kb.
#1371482
1   2   3
Bog'liq
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalar (семинар)

Byudjet hisobining ob’yektlari. 
Byudjetning daromadlari va xarajatlari byudjet hisobining asosiy obyektlari 
bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham ulaming byudjet ijrosi jarayonining ayrim 
bosqichlaridagi hisobi muhim ahamiyatga ega. Davlat byudjeti daromadlari iqtisodiy 
mazmuni bo‘yicha: 1) yuridik shaxslardan tushgan mablag‘lar; 2) jismoniy shaxslardan 
tushgan mablagMarga boMinadi. Davlat byudjeti daromadlari byudjetga tushish tavsifi 
bo‘yicha: 1) soliqlar sifatidagi tushumlar; 2) nosoliq tushumlarga bo‘linadi. Davlat 
byudjeti daromadlari ulaming hisoblanish va kelib tushish davrlari bo‘yicha: 1) 
hisoblangan daromadlar; 2) kassa daromadlariga boMinadi. Davlat byudjetining 
hisoblangan darom adlari. Byudjetning kassa organiga kelib tushguniga qadar davlat 
soliq hamda moliya organlari tomonidan hisoblanishi kerak boMgan daromadlar davlat 
b u d jetin in g hisoblangan d arom adlari, deb ataladi. Davlat soliq va m oliya 
organlarida hisoblangan daromadlarning faqat tezkor hisobi olib boriladi. Davlat 
byudjetining kassa daromadlari. Byudjetning bankdagi schyotlariga haqiqatda kelib 


tushgan daromadlar davlat byudjetining kassa darom adlari, deb ataladi. Kassa 
daromadlari byudjetning daromad qismining bajarilish darajasini belgilaydi. Shuning 
uchun ham byudjet daromadlarining tushumida faqat kassa daromadlari bo‘yicha baho 
beriladi. D avlat byudjetining kassa xarajatlari. Byudjetning bankdagi schyotlaridan 
byudjetda ko‘zda tutilgan xarajatlargagina mablag‘ beriladi. Byudjet mablag‘ari naqd 
pul sifatida hamda pulsiz hisob-kitoblar yoki bilan berilishi mumkin. Byudjetning 
bankdagi schyotlaridan bank muassasalari tomonidan berilgan summalar davlat 
byudjetining kassa xarajatlari, deb ataladi. Davlat byudjetining haqiqiy x arajatlari. 
Byudjet mablag'lari hisobidan haqiqatda qilingan xarajatlar summasi hamda 
hisoblangan yoki haqiqatda qilingan, ammo hali to‘lanmagan xarajatlar davlat 
byudjetining haqiqiy xarajatlari deb ataladi. Byudjetning haqiqiy xarajatlari moliya 
organlarida hisobga olinmaydi. Haqiqiy xarajatlar hisobi faqat bu xarajatlarning paydo 
bo‘lish joylaridagina, ya’ni byudjet tashkilotlarida va xo‘jalik yurituvchi subycktlarda 
olib boriladi. Moliya organlari kassa xarajatlari haqidagi ma’lumotlarni bank 
muassasalaridan, 
haqiqiy 
xarajatlar 
haqidagi 
ma’lumotlarni esa byudjet 
tashkilotlaridan va xo'jalik yurituvchi subyektlardan oladi. Hisoblangan va kassa 
daromadlar, kassa va haqiqiy xarajatlar byudjet ijrosi jarayonining turli bosqichlarini 
tavsiflaydi. Moliya organlari byudjet ijrosini kassa daromadlari va xarajatlarida qayd 
etadi. 
Davlat byudjeti ijrosida qatnashuvchi barcha organlarda davlat byudjetining 
daromadlari va xarajatlarini hisobga olish asosida byudjet tasnifi yotadi. Byudjet 
tasnifi davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida 
byudjet ma’lumotlarini bir tizimga solish uchun foydalanish va u byudjet ma’lumotlari 
xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta 
’minlash maqsadida davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va 
xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlash 
hisoblanadi. Byudjet tasnifi hamma byudjetlami bir yagona davlat byudjetiga jamlash 
imkoniyatini yaratadigan asosiy tashkiliy funksiyani amalga oshirishuvchi hujjatgina 
bo‘lib qolmay, u katta iqtisodiy ahamiyatga ham egadir. Tasnifda davlat byudjeti 
daromadlari va xarajatlari bir xil alomatlari bo‘yicha guruhlanadi va ular boMinmalar 
deb yuritiladi. Bo‘limlar, paragraflar, boblar va moddalar byudjet tasnifi bo‘linmalari 
hisoblanadi. Byudjet tasnifi qonunchilikda belgilangan tartibda 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Turli 
darajadagi byudjetlar yagona byudjet tasnifi k o ‘rsatkichlari doirasida shakllantiriladi 
va ijro etiladi, ya’ni tasnif obyektlariga berilgan guruhlashtirish kodlari bo‘yicha 
daromadlar va xarajatlar guruhlanadi. Byudjet tasnifi: 
1) byudjet daromadlari; 
2) byudjet xarajatlarining vazifa jihatidan; 
3) byudjet xarajatlarining tashkiliy;
4) byudjet xarajatlarining iqtisodiy; 
5) davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasniflarini o‘z ichiga 
oladi. 
Davlat byudjeti daromadlarining tasnifi deganda qonun hujjatlariga muvofiq 
davlat byudjeti daromadlarining turlari va manbalari bo‘yicha guruhlashtirish 
tushuniladi. Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi deganda davlat 


boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa 
byudjet tashkilotlari tomonidan ijro ctiladigan asosiy vazifalar bo‘yicha davlat byudjeti 
xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi. Davlat byudjeti xarajatlarining tashkiliy 
tasnifi deganda budjctdan ajratiladigan m ablaglar ulami bevosita oluvchilar o‘rtasida 
taqsimlanishini aks ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbirlar turlari 
bo‘yicha davlat byudjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi. Davlat byudjeti 
xarajatlarining iqtisodiy tasnifi deganda to ‘lovlaming iqtisodiy vazifasi va turlari 
bo‘yicha davlat byudjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi. Davlat byudjeti 
taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi deganda Davlat byudjeti taqchilligini 
moliyalashtirish manbalarini moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo‘yicha 
guruhlashtirish tushuniladi. Byudjet taqchilligi deganda muayyan davrda byudjet 
xarajatlarining byudjet daromadlaridan ortiq boMganligi tushuniladi.

Download 245.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling