Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti daromadlari ijrosi hisobi. Reja: Asosiy qism


Davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini olib borishda qatnashuvchi


Download 245.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana21.04.2023
Hajmi245.41 Kb.
#1371482
1   2   3
Bog'liq
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalar (семинар)

Davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini olib borishda qatnashuvchi 
organlar. 
Davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobi mamlakatdagi mavjud bo‘lgan 
byudjet tuzilmasi asosida amalga oshiriladi. Mamlakatning davlat byudjeti ijrosining 
buxgalteriya hisobi bevosita moliya organlari, bank muassasalari va byudjet 
tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatning davlat byudjeti ijrosining 
hisobi ustidan umumiy uslubiy rahbarlik 0‘zbckiston Respublikasi Moliya vazirligiga 
yuklatilgan. Moliya organlarining byudjet ijrosining buxgaltcriya hisobini olib 
borishdagi funksiyalari keyingi bobda yoritiladi. Mamlakat davlat byudjetining kassa 
ijrosi bank muassasalariga yuklatilgan. Ular respublika byudjetining kassa daromadlari 
va kassa xarajatlarini hamda mahalliy byudjetlar mablag‘larining hisobini olib boradi, 
respublika byudjetining kassa ijrosi bo‘yicha hisobotlami tuzadi, respublika byudjeti 
daromadlari va xarajatlarining analitik hisobini olib boradi. Byudjet tashkilotlari 
xarajatlar smetalari ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi va bu smetalar 
ijrosi to‘g ‘risida hisobotlami tuzadi. Byudjet daromadlari va xarajatlari bo‘yicha 
rejaning bajarilishi haqida ma’lumotlar bilan ta’minlash moliya organiari byudjet 
hisobining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu m a’lumotlar asosida byudjet ijrosi jarayoni 
ustidan nazorat qilish va tezkor rahbarlik amalga oshiriladi. Bu maqsadlar uchun 
moliya organiari byudjet daromadlari va xarajatlari, bank muassasalaridagi 
byudjetning pul mablag‘lari, byudjet bo‘yicha ochilgan kreditlar va berilgan 
mablagMar, byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar, ssudalar va boshqalar hisobini 
yuritadi. Moliya organiari, shuningdek, bank muassasalari tomonidan umumdavlat 
daromadlari va soliqlarining alohida olingan byudjetlar bo‘yicha to‘g ‘ri taqsimlanishi, 
byudjet bo‘yicha tayinlanishiga qarab byudjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilar 
tomonidan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda byudjet mablag‘ 
larining butligini ta’minlaydi. Moliya organiari byudjet ijrosi to‘g ‘risidagi oylik, 
chorak va yillik hisobotlami tuzadi va byudjet ijrosi natijalarini aniqlaydi. Moliya 
organiari o‘zlari ijro etayotgan byudjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini bevosita 
amalga oshiradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya vazirligi respublika byudjeti 
ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti ijrosining buxgalteriya 
hisobini amalga oshiradi. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar moliya organlari viloyatlar


shaharlar, tumanlar byudjetlari ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi. 
Moliya organlari muayyan m a’muriy-hududiy birlikdagi barcha boshqa byudjetlar 
ijrosining 
buxgalteriya 
hisobini 
tashkil 
qiladi. 
Moliya 
organlari 
byudjet 
tashkilotlarining hisob va hisobotlarini tekshiradi va ularga tegishli ko‘rsatmalar 
beradi. Har bir moliya organi o‘zi ijro etayotgan byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi 
hisobotni va muayyan ma’muriy-hududiy birlik byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi yig‘ma 
hisobotni tuzadi. Davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobi bo‘yicha moliya 
organlarining vazifalariga:
1) byudjet daromadlari buxgalteriya hisobini yuritish va bank muassasalariga 
kelib tushgan daromadlaming byudjetlar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlanishi ustidan 
nazoratni olib borish;
2) bank muassasalarida saqlanilayotgan byudjetning naqd pulían buxgalteriya 
hisobini yuritish;
3) byudjet ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan turli operatsiyalar (byudjetlar o‘rtasidagi 
o‘zaro hisob-kitoblar, byudjetlarga ssudalar berish va byudjetlardan ssudalar olish 
bo‘yicha operatsiyalar va boshqalar) buxgalteriya hisobini yuritish;
4) byudjetlarda tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar buxgalteriya hisobini 
yuritish; 5) o‘zlari ijro etayotgan byudjetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlami tuzish;
6) quyi moliya organlarida va byudjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilarda 
buxgalteriya hisobining yuritilishi, hisobotning tuzilishi va uslubi ustidan nazorat 
qilish;
7) buxgalteriya hisobi va hisobotini markazlashtirish va mexanizatsiyalashtirish 
bo'yicha tadbirlaming amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish kiradi. Yuqorida 
ko'rsatilgan vazifalar 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida uning davlat 
byudjeti bosh boshqarmasiga, boshqa moliya organlarida esa moliya organining bosh 
buxgalteri boshqaradigan buxgalteriyaga yuklatilgan. 
Respublika byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini 0‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi davlat byudjeti bosh boshqarmasi Davlat byudjeti ijrosi va hisobi 
bolimi yuritadi. Mahalliy byudjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini tegishli moliya 
organlarining buxgalteriya xizmatlari yuritadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligini davlat byudjeti ijrosining hisobi bo‘yicha funksiyalari bo‘lib quyidagilar 
hisoblanadi:
1) mamlakatning davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qilish va 
uning ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzishga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;
2) byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi va byudjet ijrosi to‘g‘risida hisobotlar 
tuzish bo‘yicha moliya organlari, byudjet tashkilotlari va boshqalar uchun 
yo‘riqnomalar va uslubiy ko‘rsatmalami ishlab chiqish;
3) 
joriy 
buxgalteriya 
hisobining 
schyotlar 
rejasini 
va 
schyotlar 
korrespondensiyalarini, buxgalteriya registrlari va boshlang‘ich hujjatlar shakllarini, 
hujjatlar aylanishi tartibini, hisobotlaming hajmlari va shakllarini belgilash;
4) respublika byudjeti ijrosini bevosita amalga oshirish;
5) rcspublika byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish;
6) mamlakatning davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish.
Bundan tashqari, 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat byudjeti bosh 
boshqarmasi davlat byudjeti ijrosi va hisobi bo'limi mahalliy moliya organlarida 


byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi tashkil qilinishi ustidan bevosita rahbarlikni 
amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar, shaharlar 
va tumanlar moliya organlarining funksiyalari quyidagilardan iborat:
1) o‘zlari ijro etayotgan byudjetlaming hisobini bevosita yuritish va bu 
byudjetlar ijrosi to‘g‘risida hisobotlar tuzish;
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar, turnan byudjeti ijrosi 
to‘g‘risida yig‘ma hisobotlami tuzish.
Mahalliy moliya organlari tegishli byudjetlar daromadlarini va xarajatlarini
ulaming pul mablag‘larini, fondlarini, ssudalami, byudjetlar o‘rtasidagi hisob-
kitoblami, boshqa byudjetlarga berilgan va ulardan olingan mablag‘larni va byudjet 
ijrosi natijalarini hisobga oladi hamda ular tomonidan moliyalashtirilayotgan byudjet 
tashkilotlarida hisob va hisobotni tashkil qilinishini tekshiradi. Mahalliy moliya 
organlari respublika byudjetini kassa ijrosining hisobi bo‘yicha va moliyalashtirishga 
doir operatsiyalami banklar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi. Mahalliy moliya 
organlari mahalliy byudjetlaming daromadlari va xarajatlarini analitik hisobini olib 
boradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar ijrosining 
buxgalteriya hisobi 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab 
chiqilgan va tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya 
vazirligi, viloyatlar va Toshkcnt shahar moliya boshqarmalari, shaharlar va tumanlar 
moliya bo‘limlari tomonidan olib boriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va 
mahalliy byudjetlar kassa ijrosi 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va 
0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining « 0‘zbekiston Respublikasi davlat 
byudjeti 
kassa ijrosi bo‘yichayo‘riqnoma»siga muvofiq amalga oshiriladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar, shaharlar va tumanlar 
byudjetlari hisobvaraqlaridagi hamda bu byudjetlardan moliyalashtirilayotgan 
tashkilotlaming hisobvaraqlaridagi byudjet mablag‘larining qoldig‘i to‘g‘risidagi m 
a’lumotni «0‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti kassa ijrosi bo‘yicha 
yo‘riqnoma»da belgilangan tartibda va muddatlarda 0‘zbekiston Respublikasi bank 
muassasalari tegishli moliya organlariga taqdim etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
byudjeti va mahalliy byudjetlardan kapital qo‘yilmalami moliyalashtirish 0‘zbekiston 
Respublikasi bank muassasalarida ochilgan hisobvaraqlar orqali bu masala bo‘yicha 
0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining amaldagi me’yoriy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 0‘zbekiston 
Respublikasi tijorat banklari va 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalari 
belgilangan shaklda kapital qo‘yilmalami moiiyalashtirish bo‘yicha davriy va yillik 
hisobotni belgilangan tartibda va muddatlarda tcgishli moliya organlariga taqdim etadi. 
Davlat budjeti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) respublika byudjeti;
2) QoraqaIpog‘iston Rcspublikasining byudjeti va mahalliy byudjetlar. 
Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli fondlari ham jamlanadi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika 
byudjetini hamda respublikaga (Qoraqalpog‘iston) bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar 
byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Viloyatning byudjeti viloyat byudjetini, viloyat tarkibiga 
kiruvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o ‘z ichiga oladi. Tumanlarga bolinadigan 
shahar byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlarini 


o‘z ichiga oladi. Tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti tuman 
byudjeti va tuman tarkibiga kiruvchi shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Demak, 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti o‘z ichiga respublika byudjeti, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni oladi. Bundan 
tashqari Davlat byudjeti tarkibida Respublika yo‘l fondi, 0‘zbekiston Respublikasi 
Davlat mol-mulki qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘i, Ish bilan ta’minlashga 
ko‘maklashuvchi davlat fondi hamda 0‘zbekiston Respublikasi budjtdan tashqari 
Pensiya fondi mablaglari jamlanadi. Davlat byudjetiga kclib tushgan mablaglarning 
to‘g‘ri va o‘z vaqtida kirim qilinishini ta’minlash maqsadida 0‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining 23402 «Respublika byudjetining mablag'lari» hisobvarag‘i 
Markaziy bankning Toshkent shahar va hududiy Bosh boshqarmalarining Hisob-kitob 
kassa markazlarida hamda tijorat banklarida byudjet daromadlari tasnifiga asosan 
ochiladi. 
Davlat byudjetining buxgalteri hisobi, byudjetga daromadlar tushumi ustidan, 
har bir soliq to‘lovchi tomonidan byudjetga to’lovlami o‘tkazishi ustidan tizimli 
nazoratni ta’minlash vazifasini bajaradi. Byudjet daromadlari asosan bank 
muassasalariga tushadi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanib, moliya 
organlari bank muassasalari tomonidan daromadlar tushumlarini respublika byudjeti va 
mahalliy byudjetlarga to‘g‘ri o‘tkazayotganligini kuzatib boradi. Yil boshiga qadar 
moliya organlari bank muassasalariga har bir turnan yoki shahar bo‘yicha xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar va tashkilotlaming ro‘yxati va ulardan undiriladigan to'lovlar 
ro‘yxati, bu to‘lovlar qaysi byudjetga va byudjet tasnifining qaysi boMimiga to‘lovlar 
o‘tkazilishi kerakligi to‘g‘risida xabar beradi. Bir vaqtning o'zida bank muassasalariga 
har yili umumdavlat soliqlari va daromadlarining taqsimlanish hajmlari va bu soliq va 
daromadlardan mahalliy byudjetlarga qilinadigan ajratmalar hajmlari haqida xabar 
beradi. Moliya organlarida byudjet daromadlarining buxgalteriya hisobini moliya 
organining buxgalteriya xizmati olib boradi, ulaming tezkor hisobini esa soliq 
organlari olib boradi. Moliya organining buxgalteriya xizmati faqat mazkur 
byudjetning daromadlarinigina hisobga olib boradi. Moliya organi funksiyalariga 
barcha daromadlaming, qaysi byudjetga kclib tushishidan qat’iy nazar, hisoblanishi, 
kelib tushishi, hisobga o‘tkazilishi va qaytarilishini hisobga olish kiradi. Soliq organi 
daromadlar turlari bo‘yicha shaxsiy schyotlar olib boradi, byudjetga tushgan 
daromadlaming tezkor ma’lumotlarini aniqlaydi. Byudjet daromadlari turli hujjatlarga 
asosan byudjet tasnifi bo‘yicha hisobga olinadi. To‘lov hujjatlari tushgan 
daromadlaming turlari va ulaming to‘lovchilarini aniqlash imkonini beradi. Mahalliy 
byudjet mablag'lari depozit hisobvarag'i bo‘yicha bank muassasasining ko‘chimiasiga 
ilova qilingan to‘lov hujjatlari, mazkur byudjet daromadlarining buxgalteriya hisobi 
uchun asosiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Mahalliy moliya organi faqat mazkur 
byudjetga tushgan daromadlarinigina emas, balki respublika byudjetiga o‘tkaziluvchi 
daromadlami ham nazorat qiladi. Shuning uchun bank muassasasi unga qaysi 
byudjetga tushishidan qat’iy nazar barcha daromadlar hisobvaraqlari bo'yicha 
ko‘chirmalami ham mahalliy moliya organlariga jo ‘natadi. 
Mahalliy byudjet mablaglari depozit hisobvaraglardan ko‘chirmani bank 
muassasasi moliya organiga har kuni, rcspublika budjctining hisobvarag i ko 
chirmalarini esa—har hafta yoki undan uzoqroq muddat oralig‘ida va har oyning 1-


kuniga jo ‘natishga majburdir. Moliya organining budjcti bo‘yicha buxgaltcriya 
xizmati bank muassasasining mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’idan 
olgan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini uning ma’lumotlarini unga ilova qilingan hujjatlar 
ma’lumotlari bilan solishtirish yo’li orqali tckshiradi. So‘ng, daromad turlari bo‘yicha 
hujjatlami guruhlab, mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’iga tushgan 
daromadlar to‘g‘risida ma’lumotnomani tuzadi. Ma’lumotnoma har kuni tuziladi. 
Daromadlar unga byudjet tasnifining har bir bo’linmasi bo‘yicha umumiy summalarda 
yoziladi. Ma’lumotnoma asosida memorial-order tuziladi va sintetik hisob schyotlari 
bo‘yicha «Boshjurnal» kitobiga va analitik hisobning schyotiari bo'yicha 
«Daromadlar” kitobiga yoziladi. Bundan so‘ng to’lov hujjatlarining ikkinchi nusxalari 
tcgishli soliq organlariga daromadlar va soliqlar to’lovchilar bilan hisob kitoblar 
hisobida 
qayd 
qilish 
uchun 
beriladi. 
Respublika 
byudjetining 
shaxsiy 
hisobvarag’laridan ko‘chirma to’lov hujjatining ikkinchi nusxasi bilan moliya organiga 
kelib tushadi, so‘ng to’lovchilaning shaxsiy schyotlarida qayd qilish uchun tcgishli 
soliq organiga yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining oylik hisoboti 
0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida respublika byudjeti daromadlarining 
buxgalteriya hisobi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Byudjet tashkilotining xarajatlar smetasining ijrosi bo‘yicha balansi bir tom onli 
yoki ikki tomonli shakldagi jadval ko‘rinishida taqdim etilishi m um kin. Jadvalning 
bir qism ida mablag‘laming turlari yoki joylanishi va foydalanish bo‘yicha qayd 
qilinsa, boshqa qismida csa byudjet tashkilotining mablag‘lari ulam ing tashkil etilish 
manbalari bo‘yicha qayd qilinadi. Buxgalteriya balansi mablag‘larining turlari, 
joylanishi va foydalanish bo‘yicha qayd qilinadigan qismi buxgaltcriya balansining 
aktivi deb ataladi. Mablaglar, ularning tashkil topish manbalari bo‘yicha qayd 
qilinadigan balansning boshqa qismi buxgaltcriya balansining passivi deb ataladi. 
Byudjet tashkiloti balansining tuzilishi xo‘jalik yurituvchi subyektning balansi 
tuzilishidan jiddiy ravishda farq qiladi. Byudjet tashkilotlari o‘z faoliyatlarini amalga 
oshirish uchun kerakli m ablag‘larni byudjetdan oladi, shuning uchun ham ular 
o‘zlarining aylanma mablag‘lariga ega bo‘lmaydi va bankdan ssudalar ololmaydi. 
Byudjet tashkilotining balansida «Nizom fondi» subschyoti yo‘q. Balansning 
aktividagi «Asosiy vositalar» schyotidagi ma’lumotlarga balansning passividagi 
«Asosiy vositalardagi fond» va «Asosiy vositalam ing eskirishi» subschyotlaridagi 
ma’lumotlarga to‘g‘ri keladi, balansning aktividagi «Kam baholi va tez eskiruvchi 
buyumlar» subschyotiga esa balansning passividagi «Kam baholi va tez eskiruvchi 
buyumlardagi fond» subschyotidagi ma’lumotlarga to‘g‘ri keladi. Barcha moddiy 
qiymatliklar, pul mablag‘lari va hisob-kitoblardagi mablag‘lar balans passividagi 
umumiy qoida bo‘yicha byudjetdan moliyalashtirish va maxsus mablag‘larning 
daromadlari hamda qisman kreditorlik qarzlari bilan qoplanadi. Byudjet tashkilotining 
buxgalteriya balansining xususiyatlari xo‘ja lik yurituvchi subyektlarga nisbatan 
shulardan iboratdir. Byudjet tashkilotining buxgalteriya balansi byudjetdan 
moliyalashtiriladigan xarajatlar smetasini ijrosi, maxsus mablag‘larning smetalari ijrosi 
va boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar bilan operatsiyalarni qayd qiladi. Byudjet 
tashkilotining xarajatlar smetalarini ijrosi bo‘yicha buxgalteriya balansining aktivi va 
passivi quyidagi bo'limlardan iboratdir:
Aktiv: 


I. Asosiy vositalar.
II. Material zaxiralari. 
III. Kam baholi va tez cskiruvchi buyumlar. 
IV. Ishlab chiqarishga va boshqa maqsadlarga qilingan xarajatlar.
V. Pul mablag‘lari.
VI. Hisob-kitoblar.
VII. Xarajatlar.
VIII.Zararlar. 
IX. Kapital qo‘yilmalarga qilingan xarajatlar. 
Passiv:
I. Moliyalashtirish.
II. Maqsadli yo‘nalishlar b o ‘yicha m ablag‘lar va fondlar. 
III. Hisob-kitoblar.
IV. Daromadlar va sotish.
V. Kapital qurilishni moliyalashtirish.
Byudjet tashkilotining xarajatlar smetalarini ijrosi bo‘yicha balansini aktivida: 
byudjet tashkilotiga tegishli bo‘lgan asosiy vositalar, shu jumladan, ijaraga berilganlari 
ham; moddiy zaxiralar (omborga kelib tushganlari ham, yo‘lda bo‘lganlari ham); 
byudjet tashkilotining bankdagi hisobvaraqlaridagi va kassadagi pul mablagiari; 
hisobdor shaxslar va debitorlar bilan hisobkitoblar; byudjet tashkilotini saqlashga 
qilingan xarajatlar; byudjet tashkiloti tarkibiga kiruvchi nizomga ega boim agan 
xo‘jaliklam ing ishlab chiqarish xarajatlari va zararlari va boshqalar haqidagi 
ma’lumotlar keltiriladi. Byudjet tashkilotining xarajatlar smetalarini ijrosi b o ‘yicha 
balansini passivida: byudjetdan moliyalashtirish; maxsus darom adlar; asosiy 
vositalardagi fond; kam baholi va tez eskiruvchi buyum lardagi fond; ish haqi bo‘yicha 
ishchi va xizmatchilar bilan tugallanm agan hisobkitoblar; krcditorlar bilan hisob-
kitoblar; byudjet tashkiloti tarkibiga kiruvchi nizomga ega bo‘lmagan yordamchi 
xo‘jaliklam ing daromadlari va foydalari va boshqalar haqidagi m a’lumotlar 
keltiriladi. Byudjet tashkilotining xarajatlar smetasining ijrosi bo‘yicha balansi 
shunday tuzish kerakki, m a’lum sanaga xarajatlar smetasining ijrosi jarayoni holati 
ko‘rinib turadigan bo‘lsin. U byudjet tashkilotining mavjud pul mablag‘larini, moddiy 
zaxiralarini, xarajatlarini va hisob-kitoblarini va bu mablag’larning manbalarini, ya’ni, 
byudjetdan moliyalashtirish miqdorini va boshqa manbalami, to‘la qayd qiladi. 
Byudjet tashkilotining operatsiyalarini joriy buxgalteriya hisobi 0 ‘zbekiston 
Respublikasi M oliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan schyotlar rejasi (ro‘yxati) 
belgilangan tizimi bo‘yicha olib boriladi. Operatsiyalar boshlang‘ich hujjatlarda qayd 
qilinadi, keyin hujjatlardagi yozuvlar subschyotlar bo‘yicha tarqatiladi va buxgalteriya 
balansida um um lashtiriladi. Schyotlar rejasi (ro'yxati) byudjet tashkilotining 
operatsiyalarini joriy buxgalteriya hisobi uchun tayinlangan va ma’lum tartibda 
raqamlangan buxgalteriya hisobining birinchi tartibli va ikkinchi tartibli schyotlarining 
tizimga solingan ro ‘yxatidir. Byudjet tashkilotlari uchun subschyotlarning yagona 
rejasi o‘rnatilgan. Mablag‘lar bir turdagi schyotlar rejasida o‘xshash guruhlarga 
birlashtirilgan alohida-alohida olingan subschyotlarda hisobga olinadi. Schyotlar 
birinchi tartibli schyotlarga (sintetik schyotlarga) va ikkinchi tartibli schyotlarga 
(subschyotlarga) bo‘linadi. Byudjet tashkilotlarida operatsiyalaming sintetik hisobi 


ikkinchi tartibli schyotlar bo‘yicha olib boriladi, shuning uchun ham joriy hisobda 
odatda subschyotning uch xonali raqami qo‘llaniladi. Agar birinchi tartibli schyot 
ikkinchi tartibli schyotlarga (subschyotlarga) bolinmagan bo‘lsa, u holda ularning ikki 
xonali raqamiga nol qo-‘shib qo‘llaniladi. Joriy buxgalteriya hisobida schyotlar 
ro‘yxatida belgilangan raqamlanishlarga va nomlariga muvofiq mazkur byudjet 
tashkilotiga kcrak bo‘lgan subschyotlar aniqlanadi va shu subschyotlargina ochiladi va 
qo‘llaniladi. Byudjet tashkilotlarining yagona schyotlar ro‘yxati tartib yo ‘sin usuliga 
xos ravishda raqamlangan. Buning mazmuni shuni bildiradiki, bo‘limlar rim raqamlari 
bilan raqamlanadi, schyotlar esa arab raqamlari bilan raqamlanadi. 
XULOSA 
Biz byudjet tashkilotlarini smeta asosida rejalashtirish va moliyalashtirish 
tartiblarini o‘rgandik, bu borada bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning 
mazmunmohiyatini ochib berishga harakat qildik, byudjet tashkilotlarini byudjetdan 
tashqari manbalar hisobidan mustahkamlash yo‘llarini tadqiq qilib, byudjet 
amaliyotida byudjetdan tashqari markazlashgan va markazlashmagan manbalardan 
foydalanish imkoniyatlari va shart-sharoitlarini o‘rganib chiqib, quyidagi xulosalarni 
shakllantirishga muvaffaq bo‘ldik.
 

Download 245.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling