Yuqoridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, Davlat byudjetining shu yilning birinchi yarim xarajatlari 64 trln 879 mlrd so‘mni yoki YAIMga nisbatan 25,4 foizni tashkil etgan. Yuqoridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, Davlat byudjetining shu yilning birinchi yarim xarajatlari 64 trln 879 mlrd so‘mni yoki YAIMga nisbatan 25,4 foizni tashkil etgan. Hisobot davrida byudjetdan 28 trln 100 mlrd so‘mlik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar o‘z muddatlarida to‘liq moliyalashtirilishi ta’minlangan va bu jami yarim yillik xarajatlarning 48,4 foizini tashkil qilgan. 2020 yilda davlat byudjeti xarajatlari asosan ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladi “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ko‘rib chiqildi. Parlament quyi palatasiga kiritilgan 2020 yilga mo‘ljallangan Byudjetnomani tasdiqlashda yangi amaliyot hayotga tatbiq etilmoqda va Oliy Majlis tomonidan birinchi marta Davlat byudjeti qonun shaklida qabul qilinmoqda. Ya’ni “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash va byudjet ma’lumotlarining ochiqligini, shaffofligini yanada oshirish, byudjet mablag‘larining shakllanishi, sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish tartiblari belgilanmoqda. 2020 yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi keyingi yillarda uning ijobiy dinamikasi
2020 yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi keyingi yillarda uning ijobiy dinamikasini saqlab qolgan holda, 5,5 foiz miqdorda bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Xususan, sanoat ishlab chiqarishi hajmi 6,5 foiz, qurilishda 9,3 foiz, qishloq xo‘jaligida 4 foiz va xizmatlar sohasida 5,6 foiz ko‘payadi, asosiy kapitalga investitsiyalar 10 foizga o‘sadi.
2020 yilga mo‘ljallangan Byudjet siyosati puxta o‘ylangan fiskal siyosatni amalga oshirishga, iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mutanosib o‘sishiga va mamlakat moliyaviy tizimining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |