Davlat byudjetining fanining maqsadi «Davlat budjeti»


Download 15.78 Kb.
Sana26.10.2023
Hajmi15.78 Kb.
#1724904
Bog'liq
Davlat byudjeti


Davlat byudjetining fanining maqsadi
«Davlat budjeti» fani Yalpi ichki mahsulot va milliy daromadni taqsimlanishi jarayonidagi davlat ihtiyorida hosil boladigan markazlashtirilgan pul fondini tashkil qilish va undan foydalanish bilan bogliq pul munosabatlari tizimini organadigan fan bolib, xojalik munosabatlarini ajralmas qismi hisoblanadi. Kurs budjet kategoriyasini organadi. Uning ham iqtisodiy kategoriyalar qatorida xizmat qilishi; mamlakat moliyaviy va iqtisodiy qonunlari orasida amal qilish asoslari, obektiv va subektiv zaruriyatlari haqida tushuncha beradi. Bu kurs budjetning boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan munosabatlarini ham organadi. Davlat budjeti fanining maqsadi Davlat budjeti va budjet tizimi haqida nazariy bilimlar berish, ulardan mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning bugungi bosqichida davlat budjet siyosatining asosiy yonalishlari va ularni hayotga tadbiq etish yollari boyicha asosiy konikmalar hosil qilish
Moddiy manoda budjet - tegishli darajadagi davlat va mahalliy xokimiyat idoralari faoliyatini taminlovchi, ular oldiga qoyilgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarni bajarish imkonini beruvchi markazlashtirilgan pul mablaglari fondidan iboratdir. Davlat tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni budjet hisobidan moliyaviy taminlash deganda budjetning aynan ana shu moddiy manosi kozda tutiladi.
Davlat budjeti - davlat pul mablaglarining (shu jumladan davlat maqsadli jamgarmalari mablaglarining) markazlashtirilgan jamgarmasi bolib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablaglar sarfi yonalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Budjet iqtisodiy kategoriya sifatida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- YaIMni qayta taqsimlash;
- Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va ragbatlantirish;
- budjet sohasidagi muassasalarni moliyaviy taminlash va davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish;
- nazorat.
Budjet qurulishi va budjet tizimi
Budjet tuzilmasi budjet tizimini tashkil qilish va uning tuzilish tamoyillarini ozida aks ettirib, turli darajadagi hokimiyat organlarining budjet huquqlari va vakolatlari, daromad va xarajatlarni budjet tizimi boginlari ortasida taqsimlash tamoyillarini aniqlanishida muhim ahamiyatga egadir.
Budjet qurilmasi mamlakatlarning siyosiy tuzilishi, boshqaruv tizimining shakllanish xususiyatlariga bevosita bogliqdir. Masalan, Federativ mamlakatlarda munitsipal budjetlarning budjet vakolatlar va huquqlari unitar mamlakatlarga nisbatan yuqoridir. Malumki, mamlakatning byudje tizimi, turli darajadagi hokimiyat organlarining budjet huquqlari elementlarida gap budjet tizimining tamoyillari haqida ketadi.
Budjet tizimi budjetlari - Ozbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgarmalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgarmalaridan iborat.
Davlat budjeti:

  • respublika budjetini;

  • Qoraqalpogiston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni oz ichiga oladi.

  • Qoraqalpogiston Respublikasi budjeti Qoraqalpogiston Respublikasining respublika budjetini hamda respublikaga (Qoraqalpog’iston) bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini o’z ichiga oladi.

  • Viloyatning budjeti viloyat budjetini, viloyatga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini o’z ichiga oladi.

  • Тumanlarga bo’linadigan shaharning budjeti shahar budjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlarini o’z ichiga oladi.

  • Тumanga bo’ysunadigan shaharlari bo’lgan tumanning budjeti tuman budjetini va tuman bo’ysunuvidagi shaharlar budjetlarini o’z ichiga oladi.

  • Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamgarmalari jamlanadi.

Davlat maqsadli jamgarmalari quyidagilardir:

  • Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi;

  • Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yol jamgarmasi;

  • Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablaglar jamgarmasi;

  • Ozbekiston Respublikasining Bandlikka komaklashish davlat jamgarmasi;

  • Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumtalim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal tamirlash va jihozlash jamgarmasi;

  • Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgarmasi;

  • Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy oquv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgarmasi.

Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgarmalari quyidagilardir:

  • Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgarmasi;

  • Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragbatlantirish va rivojlantirish jamgarmasi;

  • vazirliklar, davlat qomitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgarmalari;

  • budjet tashkilotlarining undiriladigan tolovlar hisobiga shakllantiriladigan budjetdan tashqari mablaglari.

Download 15.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling