Davlat byudjetining g’azna ijrosi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha tanishuv amaliyoti hisoboti bajardi
BYUDJET HISOBI VA NAZORATI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH ASOSLARI
Download 70.67 Kb.
|
Hisobot Kudratova Nafisa.
BYUDJET HISOBI VA NAZORATI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH ASOSLARI
Byudjet hisobi va nazorati - byudjet tizimi byudjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni o‘zgartiruvchi operatsiyalarning holati to‘g‘risidagi axborotni to‘plash, ro‘yxatdan o‘tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidir. Byudjet hisobi va nazoratini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga byudjet ijrosi jarayoni bo‘yicha to‘liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat. Byudjet ijrosi jarayonida nazoratning maqsadi – Byudjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirishni haqqoniyligini aniqlash va tahliliy axborotlarni shakllantirishdan iborat bo‘lib quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi: 1 1. Byudjet daromadlari va xarajatlarining rejalashtirilishi hamda uning ma’lumotlari haqqoniyligini aniqlash; 2. Byudjet ijrosi jarayonida muomalalarni to‘liq va to‘g‘ri xujjatlashtirilishini aniqlash; 3. Davlat maqsadli jamg‘armalari Byudjeti daromadlari va xarajatlarini rejalashtirish hamda uning ma’lumotlarini haqqoniyligini aniqlash; 4. Byudjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisob hisobvaraqlarini yuritilish holati va haraktini to‘g‘riligini aniqlash; 5. Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirilishi va natijalarni shakllantirilishi to‘g‘riligini tekshirish; 6. Mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirilishini tekshirish; 7. Byudjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini to‘g‘ri umumlashtirilishi va hisobtlarni haqqoniyligini tekshirish; 8. Tekshiruv natijalarini umumlashtirish. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish chog‘ida davlat byudjetining ijrosini nazorat qiladi va quyidagilarga e’tibor qaratadi: 1. Byudjetlar ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqadi; 2. Byudjetlarga mablag‘lar tushumi to‘g‘risida soliq va bojxona organlaridan, davlat maqsadli jamg‘armalari organlaridan axborotlar oladi; 3. Byudjet tashkilotlaridan Byudjet va Byudjetdan tashqari mablag‘larning tushumi va sarflanishi to‘g‘risida ma’lumotlar talab qilib oladi; 4. Qonun hujjatlariga muvofiq banklardan Byudjet mablag‘lari harakati to‘g‘risida ma’lumotlar oladi; 5. Byudjet mablag‘larini oluvchilarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini auditdan o‘tkazadi. Keltirilgan vazifalarni bajarilishidan umumiy maqsad, ya’ni Byudjet ijrosi jarayoni ustidan nazoratni ta’minlab beradi. Tekshirish tasdiqlangan dasturga muvofiq amalga oshiriladi. Tekshirishlarni o‘tkazishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur: - smeta-moliya hujjatlarini, bunda Byudjet mablag‘laridan qonunchilikka va Byudjet mablag‘larining tejamli yo‘naltirilishiga qat’iy rioya etilishiga erishgan holda, chuqur tahlil qilishni va har tomonlama o‘rganishni amalga oshirish; - O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, hokimiyatlarning tegishli boshqarmalari va bo‘limlarida xarajatlar smetasini ko‘rib chiqish, tasdiqlash va o‘z vaqtida tashkilotlarga yetkazish bo‘yicha ishlarni to‘g‘ri tashkillashtirishga erishish; - daromadlarning to‘liq hisobi, pul mablag‘larining o‘tuvchi qoldiqlari, bu mablag‘lardan tejamli va samarali foydalanishni inobatga olgan holda, Byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasining tuzilishining qonuniyligi va rejalashtirishning asoslanganligini e’tiborga olish; - smetani rejalashtirishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda tezkor holda chora-tadbirlarni qo‘llash, smeta xarajatlari bo‘yicha aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag‘lar summasini bu haqda tashkilot rahbariga xabar bergan holda o‘z vaqtida Byudjetdan moliyalashtirish miqdorini qisqartirish. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari va idoralari, hokimiyatning boshqarmalari va bo‘limlarida smetani rejalashtirish holatini tekshirish natijalari bo‘yicha zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, tegishli hokimiyatlarga axborot berilishi, qoida buzilishlarni yo‘qotish bo‘yicha takliflar berilishi va aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag‘lar summasini xarajatlar smetasi bo‘yicha tayinlash kamaytirilishi mumkin. Tashkilotlarning smeta xarajatlarining to‘g‘ri tuzilishi, tasdiqlanishi va o‘z vaqtida yetkazilishi bo‘yicha tekshirish natijalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida muntazam umumlashtiradi va ko‘rib chiqiladi hamda ushbu ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinadi. Byudjet hisobida nazorat - bu keng tushuncha bo‘lib, maxsus kuzatish tizimidan iborat boshqaruv funksiyalarining biridir. Uning asosiy maqsadi malumotni taqqoslash, o‘zgarishlarni aniqlash va baholashdan iborat. Nazorat subyektlari – nazorat funksiyalarini bajaruvchi maxsus tashkilotlardir. Nazorat obyektlari – moliyaviy - xo‘jalik - tijorat tashkilotlari, birlashmalaridir. Byudjet hisobida nazoratning uch turi mavjud: dastlabki nazorat, joriy nazorat va keyingi nazorat. Dastlabki nazorat – smetalarni tuzish va tasdiqlash jarayonida amalga oshiriladi. Bunda reja, dastur va smetalarning tuzilishi nazoratdan o‘tkazilib, byudjet intizomiga rioya qilinishi shuningdek qonunchilik talablari buzilishining oldi olinadi. Joriy nazorat – byudjet ijrosi jarayonida maxsus organlar tomonidan tezkor amalga oshirilib, sodir bo‘lgan muomalalarini qonuniyligi, pul mablag‘larining oqilona sarflanishi, mulkiy qiymatliklar bo‘yicha hisob ma’lumotlarini haqiqiy holatga mosligi, hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati amalga oshiriladi. Masalan buxgalteriya hisobining asosiy funksiyalaridan biri nazorat bo‘lib, ko‘p jihatdan buxgalteriya hisobi tuzilmasini to‘g‘ri tashkil qilinishiga bog‘liq. Keyingi nazorat – bu o‘tgan davrdagi faoliyatni tekshirish bo‘lib, umumlashtirish bosqichi uchun zarur hisob va hisobot axborotlarining qonuniyligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Masalan byudjet tashkiloti faoliyatini kompleks taftish qilish yoki moliyaviy audit. Moliyaning qiymat xarakteriga ega bo‘lishi moliyaviy nazoratni taqazo etadi. Bu moliyaning nazorat funksiyasidan kelib chiqadi va doimiy davlat boshqaruvini talab qiladi. Moliyaviy nazorat davlat boshqaruvining maxsus tizimidir. Uning usullari, ko‘rinishlari va o‘tkazish tartibi doimo takomillashib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi №PQ-1989 sonli “O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini majmuaviy rivojlantirish Respublika muvofiqlashtirish komissiyasining bayonnomasi asosida 2013-2020 yillarga mo‘ljallangan “Byudjet” axborot tizimi majmui loyihasini tuzish va integrasiyalashuvini amalga oshirish bo‘yicha tegishli muddatlar belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 fevraldagi №41-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining Yagona integratsiyalashgan axborot tizimini yanada yangilash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi yagona integratsiyalashgan axborot tizimi” uchun “Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimi”(«DMBAT») dasturiy ta’minoti va server jihozlarini o‘rnatilgan tartibda tender savdolarida qatnashib xarid qilish bo‘yicha DMBAT dasturiy ta’minoti ishlab chiqaruvchisi bilan shartnoma tuzilgan. «DMBAT» DTning maqsadi davlat sektori samaradorligining oshishi barobarida samarali makroiqtisodiy siyosat va soliq-byudjet operasiyalarini qo‘llab-quvvatlash, davlat boshqaruv organlari faoliyati oshkoraligi va ma’suliyatini kuchaytirish hamda xarajatlarning nazorati va monitoringini takomillashtirishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi tomonidan “Byudjet tashkilotlarining avtomatlashtirilgan tizimi – “UzASBO” dasturiy majmuasining o‘quv-simulyatsiya dasturi” yaratildi. 2015 yilning 24 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligidan – elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan “UzASBO – o‘quv-simulyatsiya dasturiy majmuasi”ni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi DGU 03331-sonli guvohnoma topshirildi. Mazkur “UzASBO” – o‘quv-simulyatsiya dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, buxgalteriya hisobini o‘zlashtirish xohish-istagini bildirgan o‘quvchilar uchun nazariy bilim bilan amaliy ko‘nikmalarni o‘zida mujassam etuvchi axborot dasturini yaratishdan iborat edi. Belgilangan maqsadlarning amaliy ifodasi – ishlab chiqilgan simulyatsiya dasturining modullarida, ya’ni byudjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobini yurituvchi xodim tomonidan birlamchi hujjatlarni kiritish, turli hisobotlarni ko‘rish va tuzish bilan bog‘liq moliyaviy operatsiyalarni elektron dastur modullarida sinab ko‘rish imkoniyatlarining mavjudligidir. Byudjet tizimi funkstiyalarini avtomatlashtirish bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi. Ushbu bosqichlarni izchil amalga oshirish pul resurslari harakatini nazorat qilish imkoniyatini tug‘diruvchi tizimni yaratish imkonini beradi. Ular ichidan quyidagilarni ko‘rib chiqamiz: 1- bosqich. Dolzarb ma’lumotlar bilan ta’minlanish. Byudjet tizimi funkstiyalarini avtomatlashtirishda ma’lumotlar bazalarini yaratish va uni keyinchalik yangilab borishda yoki, boshqacha aytganda, xizmat ko‘rsatuvchi bank va mazkur bankdagi hisobraqamlar ro‘yxati haqidagi dolzarb ma’lumotlarni ta’minlashdan boshlash zarur. 2- bosqich. Pul mablag‘ini hisobga olish hisobvaraqlarida qiymatlarni to‘plash. Ikkinchi qadam – tizimda operastiya kuni boshlanishi holatiga ko‘ra, pul mablag‘larini hisobga olish hisobvaraqlari bo‘yicha qiymatlarni to‘plashning tashkil etilishi. 3- bosqich. Operatsion moliyaviy rejalashtirish tizimini barpo etish. To‘lov taqvimi, ya’ni operatsion moliyaviy rejalashtirish tizimi pul mablag‘lari hisobvaraqlarida qiymatlarni to‘plash tashkil etilganidan keyin shakllanadi. 4- bosqich. Tashqi qarz haqidagi axborotni tizimlashtirish. Operatsiya davri uchun to‘lov taqvimi ma’lumotlaridan kelib chiqib, tashqi qarzning holati va uning dinamikasi haqidagi tezkor axborot tizimlashtiriladi. 5- bosqich. Tavakkalchiliklarni boshqarish tizimining yaratilishi. Byudjet tizimini avtomatlashtirish tizimi yordamida tavakkalchilikning uch asosiy turi: kredit, valyuta va foiz tavakkalchiliklarini boshqarish mumkin. VI. BUDJET TAShKILOTLARI XARAJATLARI IJROSINI NAZORAT QILISH Budjet tashkilotlari tomonidan mablag‘larning sarflanishini, shu jumladan byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi, uning hududiy organlari va hududiy moliya organlari, shuningdek vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari hamda uning hududiy bo‘limlari tomonidan qonunchilik bilan berilgan vakolatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanish ustidan dastlabki va joriy nazoratni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari quyidagi huquqlarga ega: budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilardan rejalashtirish, moliyalashtirish (to‘lash), tegishli tashkilot tomonidan budjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan hisobot ma’lumotlarini so‘rash; kredit muassasalaridan ularning ustavlariga muvofiq budjet tashkilotlarining operatsiyalari va hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish; tashkilotlar tomonidan mablag‘lar g‘ayriqonuniy sarflanganda, budjet va smeta-shtat intizomi buzilishi hollari aniqlangan taqdirda, shuningdek moliyaviy hisobotlar va boshqa belgilangan hisobot taqdim etilmaganda, bu haqda tegishli vazirliklar (idoralar), hokimliklar rahbarlarini xabardor qilgan holda budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash)ni cheklash va zarur hollarda to‘xtatib qo‘yish; budjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyati bo‘yicha davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish; aniqlangan qonunbuzishlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar bajarilishini tekshirish; jinoyat alomatlari bo‘lgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda tekshirish materiallarini huquqni muhofaza qilish organlariga berish. Budjet intizomiga rioya etilishi uchun javobgarlik Budjet tashkilotlarining rahbarlari budjet, mehnat, ma’muriy, jinoyat qonunchiligiga muvofiq budjet va smeta-shtat intizomi buzilishi, shu jumladan Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tejab qolingan budjet mablag‘lari summasining noto‘g‘ri aniqlanganligi uchun shaxsan javob beradilar. O‘z bo‘linmalari uchun markazlashtirilgan xaridni amalga oshiradigan budjet tashkilotlari rahbarlari davlat xaridlarini tashkil etish va samarali amalga oshirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda shaxsan javob beradilar. Download 70.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling