Davlat byudjetining mohiyati. Davlat byudjetining funksiyalari. Davlat byudjetining ahamiyati


Byudjet tuzilmasi va klassifikasiyasi


Download 67.79 Kb.
bet7/13
Sana29.01.2023
Hajmi67.79 Kb.
#1137848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Davlat byudjetining mohiyati. Davlat byudjetining funksiyalari.

2. Byudjet tuzilmasi va klassifikasiyasi
Davlat byudjetini tashkil etish bilan bog’liq bо‘lgan munosabatlar majmuiga (uning ichki bо‘linmalari tarkibi va tuzilmasi, ulardan foydalanish sohalarining funksional cheklanganligi, о‘zaro bо‘ysunuvchanligi, о‘zaro aloqadorligi va ta’sirchanligi hamda huquqiy tomonlarini inobatga olgan holda) byudjet tuzilmasi deyiladi. Har bir mamlakatning byudjet tuzilmasi uning milliy-davlat yoki ma’muriy-hududiy tuzilishi bilan belgilanadi.
О‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti:

  • Respublika byudjetini;


  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni о‘z ichiga oladi.




Shuningdyek, О‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli jamg’armalari jamlanadi.
О‘z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetini hamda Shu respublikaga bо‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini о‘z ichiga oladi. Viloyatlar byudjeti esa viloyat byudjetidan, viloyatga bо‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan iboratdir. Shuningdyek, tumanlarga bо‘linadigan shaharlarning byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlarini о‘z ichiga oladi. Va nihoyat, tumanga bо‘ysunadigan shaharlari bо‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bо‘ysunuvidagi shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi.
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari о‘zlarining manbalari, ma’lum maqsadlarga mо‘ljallanganligi va boshqa belgilariga kо‘ra xilma-xil hisoblanadi. Bir vaqtning о‘zida ular umumiy belgilarga ham egadir. Butun mamlakat masshtabida byudjet daromadlari va xarajatlarining tо‘g’ri Rejalashtirilishi va hisobga olinishini ta’minlash uchun ular klassifikasiya qilinadi.
Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlari, Shuningdyek uning taqchilligi Moliyalashtirish manbalarini guruhlarga ajratishda yoki guruhlashda byudjet klassifikasiyasi muhim rol о‘ynaydi. U Davlat byudjetini tuzish, kо‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini yagona bir tizimga kyeltirish uchun foydalaniladi va byudjet klassifikasiyasi byudjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan Shunday ma’lumotlari bilan taqqoslanishini ta’minlaydi. Shu ma’noda, ma’lum bir tizimga kyeltirilgan va о‘rnatilgan tartibda kod (shifr)lashtirilgan byudjet daromadlari va xarajatlarining bir xil belgilari bо‘yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy guruhlanishiga byudjet klassifikasiyasi deyiladi.
Odatda, byudjet klassifikasiyasining asosida daromadlar bо‘yicha ularning manbalari, xarajatlar bо‘yicha esa mablag’larning maqsadli sarflanish yо‘nalishlari yotadi.
Byudjet klassifikasiyasi о‘zining keng mо‘ljallanganligi bilan ajralib turadi. Uning bо‘linmalariga qat’iy rioya etgan holda byudjet Rejalashtirilishi amalga oshiriladi, byudjet tashkilotlarining individual va umumiy smetalari hamda yig’ma tarmoq smetalari tuziladi, mahalliy, respublika va Davlat byudjetining ishlab chiqilishi amalga oshiriladi.
Byudjetning mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish Rejalari, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar va ular Yuqori tashkilotlarining Moliyaviy Rejalari bilan bog’liqligini ta’minlashda, bir tipdagi byudjet tashkilotlarining xarajatlari va alohida ma’muriy-hududiy birliklarning byudjetlarini taqqoslashda, ijtimoiy-madaniy xarakterdagi u yoki bu ehtiyojlarning qondirilish darajasini aniqlashda byudjet klassifikasiyasi muhim rol о‘ynaydi.
Byudjet ijrosi jarayonida ham byudjet klassifikasiyasi alohida ahamiyatga ega. Tasdiqlangan byudjet va byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida kо‘zda tuzilgan tadbirlarning maqsadli Moliyalashtirilishini ta’minlashda u zaruriy shart hisoblanadi. Byudjet klassifikasiyasi Moliya organlarida, byudjet tashkilotlarida va boshqa muassasalarda byudjet daromadlari va xarajatlarining sintetik va analitik hisobi yagonaligining asosini tashkil etadi. U О‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijrosi tо‘g’risidagi hisobotni tayyorlash uchun zarurdir.
Byudjet klassifikasiyasida belgilangan (о‘rnatilgan) daromadlar va xarajatlarning iqtisodiy guruhlanishi byudjetni tuzish va ijro etish hamda byudjet resurslaridan foydalanishda Moliya-byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilishga imkon beradi.
Byudjet klassifikasiyasi tashkiliy ahamiyatga ham egadirki, bu narsa uning bо‘linmalariga muvofiq ravishda byudjetni tuzish va ijrosini ta’minlash borasida katta ishlarning amalga oshirilishi orqali namoyon bо‘ladi. Bu yana Shu narsa orqali ifodalanadiki, byudjet tasdiqlanganidan sо‘ng barcha xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar va ularning Yuqori organlari byudjet daromadlari tuShumining tо‘liqligini ta’minlashga va tasdiqlangan byudjetdagi byudjet klassifikasiyasining bо‘linmalariga muvofiq ravishda xarajatlarni amalga oshirishga majburdirlar. Dyemak, byudjet klassifikasiyasining tashkiliy ahamiyati byudjetni Rejalashtirish va uning ijrosini ta’minlashga tyeng tyegishlidir.
Tasdiqlangan Davlat byudjeti qonun kuchiga ega bо‘lganligi va uning kо‘rsatkichlarini barcha xо‘jlik Yurituvchi sub’yektlar aniq va tо‘liq bajarishga majbur bо‘lganligi uchun byudjet klassifikasiyasi huquqiy ahamiyat ham kasb etadi.
Byudjet klassifikasiyasi о‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • Davlat byudjeti daromadlarining klassifikasiyasi;


  • Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy klassifikasiyasi;


  • Davlat byudjeti defisitini Moliyalashtirish manbalarining klassifikasiyasi.




Davlat byudjeti daromadlarining klassifikasiyasi ularning turlari va manbalari bо‘yicha guruhlashdan iboratdir. Bunda tarmoq va vazirlik (rahbarlik organi) belgilari inobatga olinishi mumkin. Odatda, bu yerda daromadlar byudjet klassifikasiyasiga muvofiq ravishda bо‘linmalar, boblar, paragraflar va moddalarga bо‘linadi. Bо‘linmalar – daromadlarning alohida turlarini, boblar - daromadlarni tо‘lovchilarni, paragraflar – daromadlarni tо‘lovchilarning toifalarini, moddalar esa – jisoniy shaxslar tomonidan tо‘lanadigan soliqlarning alohida turlarini kо‘rsatishi mumkin.
Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatdan klassifikasiyasi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari, Shuningdyek boshqa byudjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan vazifalar bо‘yicha xarajatlarni guruhlashdan tarkib topadi. Ularning tashkiliy klassifikasiyasi byudjetdan ajratiladigan mablag’lar ularni bevosita oluvchilar о‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar va tadbirlar turlari bо‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bо‘ladi. Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy klassifikasiyasi esa tо‘lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bо‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iboratdir. Umumiy tarzda, bu yerda xarajatlar byudjet klassifikasiyasiga muvofiq ravishda guruhlarga, bо‘linmalarga, boblarga, paragraflarga va moddalarga bо‘linishi mumkin. Guruhlar – byudjet mablag’larining asosiy yо‘nalishlarini, bо‘linmalar – milliy iqtisodiyot tarmoqlarini, boblar – vazirlik va idoralar bо‘yicha xarajatlarni, paragraflar – bir tipdagi korxonalar va tadbirlar bо‘yicha sarflarni, moddalar esa – xarajatlarning alohida turlarini kо‘rsatadi.
Davlat byudjeti defisitini Moliyalashtirish manbalari klassifikasiyasi dyefisitni Moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bо‘yicha guruhlashdan iborat bо‘ladi.
Byudjet klassifikasiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.


Download 67.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling