Davlat byudjetining mohiyati. Davlat byudjetining funksiyalari. Davlat byudjetining ahamiyati


Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati


Download 67.79 Kb.
bet5/13
Sana29.01.2023
Hajmi67.79 Kb.
#1137848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Davlat byudjetining mohiyati. Davlat byudjetining funksiyalari.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

Mavzu: Davlat budjetining mohiyati va axamiyati

Reja:




  1. Byudjet tizimining mohiyati va uning asosiy prinsiplari.


  2. Byudjet tuzilmasi va klassifikasiyasi


  3. Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish.




      1. Byudjet tizimining mohiyati va uning asosiy prinsiplari.

Turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablag’lari oluvchilar yig’indisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini ifodalaydigan, byudjet jarayonida ular о‘rtasida, Shuningdyek byudjetlar hamda byudjet mablag’lari oluvchilar о‘rtasida vujudga kyeladigan о‘zaro munosabatlar majmuiga byudjet tizimi deyiladi. Kо‘pchilik hollarda, soddaroq tarzda, byudjet tizimi deyilganda esa mamlakatdagi mavjud byudjetlar tо‘plami (majmui) tuShuniladi.
Byudjet tizimi mamlakat byudjet tuzilishining tarkibiy qismi bо‘lib, uning ma’lum bir qismini о‘zida ifoda etadi. Shu ma’noda, byudjet tizimi byudjetning о‘zaro bog’liqlikda bо‘lgan bug’inlarining о‘zaro yig’indisidan iboratdir. Mamlakatning byudjet tizimi jamiyatning siyosiy tuzilishiga (qurilishiga), davlatning iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriy-hududiy bо‘linishiga bevosita bog’liq.
U yoki bu mamlakatning byudjet tizimi ikki yoki uch bug’inli bо‘lishi mumkin. Unitar davlatlar dyeb Yuritiladigan mamlakatlarda byudjet tizimi ikki bug’indan (markaziy va mahalliy byudjetlar), fyedyerativ davlatlar dyeb Yuritiladigan mamlakatlarda esa uch bug’indan (markaziy byudjet, fyedyerasiya a’zolari byudjetlari va mahalliy byudjetlar) iborat bо‘lishi mumkin.


Har bir mamlakatning byudjeti tizimi ma’lum bir prinsiplarga tayanadi. Hozirgi paytda bunday prinsiplarning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:


  • byudjet tizimining yagonaligi;


  • byudjet tizimining darajalari о‘rtasida daromadlar va xarajatlarning chyegaralanganligi;


  • byudjetlarning mustaqilligi;


  • davlat nobyudjet fondlari byudjetlari, byudjetlar daromadlar va xarajatlarining tо‘liq aks etishi;


  • byudjetlarning balansliligi;


  • byudjet mablag’laridan foydalanishning samaradorliligi va tyejamliligi;


  • byudjet xarajatlarini qoplashning umumiyligi (yoppasigaliligi);


  • oshkoralik;


  • byudjetning haqqoniyligi;


  • byudjet mablag’larining adryesliligi va maqsadli xarakterdaligi.




Byudjet tizimining yagonaligi prinsipi huquqiy bazalar, pul tizimi, byudjet hujjatlari shakllari, byudjet jarayoni prinsiplari, byudjet qonunchiligini buzganlik uchun sanksiyalarning yagonaligi, mamlakat byudjet tizimi barcha darajalari byudjetlari xarajatlarini Moliyalashtirish va byudjet mablag’lari buxgaltyeriya hisobini Yurgizish tartibining yagonaligi bilan belgilanadi.

Byudjeti tizimining darajalari о‘rtasida daromadlar va xarajatlarning chyegaralanganligi prinsipi tyegishli daromadlar turlarini (tо‘liq yoki qisman) va xarajatlarni amalga oshirish bо‘yicha vakolatlarni mamlakatning hokimiyat organlari, mamlakat sub’yektlarining hokimiyat organlari va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlariga biriktirilganligini kо‘zda tutadi.

Byudjetlarning mustaqilligi prinsipi qonunchilik va davlat hokimiyatining ijroiya organlari hamda mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlarining mamlakat byudjet tizimining tyegishli darajalarida byudjet jarayonini mustaqil amalga oshirish borasida huquqlarini bildiradi. Bu prinsipning amal qilishi qonunchilikka muvofiq ravishda mamlakat byudjet tizimining har bir darajasida byudjetlar daromadlarining о‘z manbalariga ega ekanligini, byudjetlarning tartibga kyeltiruvchi (soluvchi) daromadlarini, qonunchilikka muvofiq ravishlda tyegishli byudjetlarning daromadlarini shakllantirish bо‘yicha vakolatlarni, davlat hokimiyat organlari va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlarining qonunchilikka muvofiq ravishda tyegishli byudjetlar xarajatlarining sarflanish yо‘nalishlarini mustaqil aniqlash huquqini qonuniy biriktirilishini, byudjet tо‘g’risidagi qonunlarni ijro etish jarayonida olingan qо‘shimcha daromadlar, byudjet daromadlarining xarajatlaridan oshgan qismi summalari va byudjet xarajatlari bо‘yicha iqtisod qilingan summalarni olishning mumkin emasligini, byudjet tо‘g’risidagi qonunlarning ijro etilishi jarayonida vujudga kyelgan daromadlardagi Yuqotmalar va qо‘shimcha xarajatlarni byudjet tizimining boshqa darajalari hisobidan kompyensasiya qilishga yо‘l qо‘ymaslikni (qonunchilikning о‘zgarishiga bog’liq holda vujudga kyelgan holatlardan tashqari) taqoza etadi.


Download 67.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling