Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻGʻrisida


-bob. Komissiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari


Download 62.25 Kb.
bet9/14
Sana28.12.2022
Hajmi62.25 Kb.
#1070676
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
595-son VM (2)

2-bob. Komissiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
5. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Jamiyat xodimlarining idoraviy odob-axloq qoidalarini ishlab chiqish;
Jamiyat xodimlari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi masalalarini koʻrib chiqish, xizmat tekshiruvlarini oʻtkazish;
Jamiyat xodimlari oʻrtasida axloq normalariga zid boʻlgan xatti-harakatlarning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning Jamiyat xodimlarining xatti-harakatlariga doir murojaatlarini koʻrib chiqish;
Jamiyat xodimlarining shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish;
Jamiyat xodimlarining odob-axloq qoidalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Jamiyat xodimlari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi holatini tahlil qilish, natijalari haqida davlat organi va tashkiloti rahbari va jamoatchilikni xabardor qilib borish.
6. Komissiya oʻz vakolatlari doirasida:
Jamiyat xodimlari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Jamiyat xodimlari tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan xulosalar tayyorlaydi;
Jamiyat xodimlarining odob-axloq qoidalari bilan bogʻliq masalalarini koʻrib chiqish jarayonida zarur axborotni soʻrab oladi;
koʻrib chiqish uchun kiritilgan masalalarni hal etish uchun Komissiya majlislariga ekspertlar va mutaxassislarni jalb qiladi;
odob-axloq qoidalariga oid masalalar yuzasidan xodimlarga tegishli maslahat va tushuntirishlar beradi;
zarur hollarda, Komissiyada koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha Jamiyat xodimini intizomiy javobgarlikka tortish yuzasidan davlat organi va tashkiloti rahbariga taklif kiritadi.
7. Komissiya “Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyatining tarkibiy boʻlinmalari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari, mansabdor shaxslari va jamoatchilik bilan hamkorlik qiladi.
8. Komissiya faoliyatini tashkil qilish va Jamiyat xodimlari tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish ushbu Namunaviy nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

Download 62.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling