Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari
Download 495.07 Kb. Pdf ko'rish
|
Киберхавфсизлик Маркази ДУКнинг 17 11 2022 йилдаги 03 15 01 2483
- Bu sahifa navigatsiya:
- Direktor o‘rinbosari Sh.Gafurov
2022 y. «17» noyabr № 03-15-01/2707 Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari (ro‘yxat bo‘yicha) 2022-yil 31-oktabrdagi 01-15-01/2483-sonli xatga qo‘shimcha Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-apreldagi “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari o‘z tasarrufidagi axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini, tarmoqlar ishining barqarorligini ta’minlashi, shuningdek, kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘z vazifalarini bajarishi majburiyatlari belgilab o‘tilgan. Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-iyundagi PQ-4751-sonli “O‘zbekiston Respublikasida kiberxavfsizlikni taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risada”gi Qaroriga muvofiq “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda – Markaz) tomonidan kiberxavfsizlik tahdidlari va zaifliklari bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, to‘plash va tahlil qilish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, Sizning tashkilotingizdagi axborot tizim va resurslariga tegishli bo‘lgan kiberxavfsizlik tahdidlari/zaifliklari to‘g‘risidagi elektron hisobotlar Markazning “alert@csec.uz” hamda “alert@uzcert.uz” elektron pochta manzillari orqali 2022-yil 14-noyabr sanasidan (har haftaning dushanba va juma kunlari) sinov rejimida yuborilishi yo‘lga qo‘yilganligini ma’lum qilamiz. Yuqoridagilarni inobatga olib, Sizdan Markaz tomonidan taqdim etilgan kiberxavfsizlik tahdidlari hamda zaifliklari to‘g‘risidagi elektron hisobotlarni o‘rganib chiqib, kiberxavfsizlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingizni so‘raymiz. Direktor o‘rinbosari Sh.Gafurov Ijrochi.: E.Xalikov Tel.: 71-203-00-23 Текст Текст IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: RD57133777 RO‘YXAT 1. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi 2. Samarqand viloyat hokimligi huzuridagi “AKT rivojlantirish markazi” 3. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik kompaniyasi 4. “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi 5. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Download 495.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling