Давлат гранти асосида битираётган талаба билан иш берувчи ўртасида 3 (уч) йил мажбурий ишлаб бериш тўғрисида
Download 205.5 Kb.
|
MULKCHİLİK KONSEPSİYASİNİNG İQTİSODİY USTUNLİKLARİ
4.1-jadval.Mulkchilik institutiga oid talqinlarning turkumlanishi
Jadvaldan ko`rib turganimizdek, mulkchilikni o`zlashtirib olish bilan tenglashtirish neoklassik iqtisodiy tafakkur vakillariga xos bo`lsa, huquqshunoslar uchun shaxsning buyum ustidan hukumronligi imkoniyatlarini chegaralash mulkdan boshqa shaxslarning ziyoniga foydalanishga ruxsat bermaslik sifatida ta’riflanadi. Mulkchilik – bu shaxs va buyum o`rtasidagi emas, balki insonlar o`rtasidagi munosabat sifatida gavdalanishi kerak. Mulkchilik huquqlari nazariyasi nafaqat boshqaruv, xavfsizlik, merosga topshirish huquqlarini qo`shgan holda huquqlar to`plamini kengaytiradi, balki huquqlarning o`zlarining aylanuvchanligiga, oldi-sotdi ob’ektlari bo`lib buyumlarning o`zi emas, balki ularga nisbatan huquq hisoblanishiga e’tiborni qaratadi. Masalan, yer uchastkasidan foydalanish huquqi; mol-mulkdan foydalanishdan keladigan daromadni olish huquqi va b. Xuquqshunoslarning fikricha, mulk – bu mutlaq huquq. Mulkdorga qonun bilan taqiqlanmagan hamma narsa ruxsat etilgan. Mutlaq huquq ijobiy cheklov emas, balki salbiy cheklov (nima mumkin emas) bilan yoritiladi. Agar huquqlarning muayyan to`plami, masalan, A.Onore tomonidan sanab o`tilgan 11 ta huquqning aksariyati ikkilamchi hisoblanadi. Misol uchun, xavfsizlik huquqini olaylik. Uning o`zi yetarli emas, chunki huquq faqat davlat tomonidan muhofaza qilingan taqdirda, klassik nuqtai nazardan huquq hisoblanadi. Voz kechish huquqi – bu tasarruf etish huquqining bir qismi. Javobgarlik huquqi mulkchilik huquqini emas, umuman fuqarolik huquqini o`zida namoyon etadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan turli huquqlarni hisoblab chiqish texnikasi o`ta samarali. Mulkdor, mulkdorligicha qolib, foydalanish huquqidan ham, boshqarish huquqidan ham, daromad olish huquqidan ham vaqtinchalik voz kechishi mumkin. Tovar esa nafaqat o`zining jismoniy xususiyatlarining yig`indisi sifatida, balki imkoniyatlar va cheklovlarning ma’lum to`plami sifatida namoyon bo`ladi. Biroq, boshqa muhim iqtisodiy mavhumlik singari qiymat, mulk tarkibiy qismlarga bo`linadi, lekin ulardan tarkib topmaydi. Shuning uchun mulkchilikni huquqlarning murakkab tutami sifatida ta’riflash mazmunga emas, balki texnologik xususiyatga ega. Download 205.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling