Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish Reja


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a`zolari Bosh vazir takdimiga binoaan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi


Download 21.26 Kb.
bet2/3
Sana02.01.2022
Hajmi21.26 Kb.
#189732
1   2   3
Bog'liq
Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a`zolari Bosh vazir takdimiga binoaan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

O`zbekisto Respublikasi Bosh vaziri va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi o`rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatalari umumiy soning kamida uchdan bir qismi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif boyicha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo`shma majlisi muxokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish xakidagi masala kiritiladi.

Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishlicha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a`zolri umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan takdirda qabul kilingan hisoblanadi.

Bunday xolatda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish boyicha qaror qabul kilinadi. Bundan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga ist`foga chikadi.

Yangi Bosh vazir nomzodi O`zbekiston Respublikasi Prezidentitomonidin O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Krnunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslaxtlashuvlar utkazilganidan sung O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko`rib chikish va tasdiqlashga takdim qilish uchun taklif etildi.

Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan takdirda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarkatib yuboradi.»

O`zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasining 98-moddasiga kiritayotgan ushbu o`zgartirishlarning mazmun moxiyati shundan iboratki ularga kura Bosh vazir lavozimiga nomzod kursatish va uni tasdiqlashning yanada demokratik prensiplarini ifodalaydigan yangi taritibi urnatilokda. Shuningdek Konistitutsiyaga kiritilayotgan bu o`zgarishlarga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumini bildirish huquqi berilmokda. Ayni vaqtda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi avkolatiga talukli masalalar yo`zasidan qarorlar qabul qilish huquqi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari doirasidan chiqarilmokda.

Taklif etilayotgan yana bir muxim o`zgartirrish O`zbekiston Respublikasi Konititutsiyasining 96-moddasiga taaluklidir.

Mamlakat Prezidenti turli sabablarga kura o`z vazifasini bajara olmaydigan vaziyat yo`zaga kelgan takdirda noaniqlikka, ushbu moddani turlicha taklif etishga yul kuymalik maqsadida uning yangi taxriri kuyidagi mazmunda bayon etish taklif kilinadi :

«Mamlakatning amaldagi Prezidenti o`z vazifalarini bajara olmaydigan xolatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtinchaO`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisinig zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida»gi qonunga tulik muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi utkaziladi».

O`zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasining 98- moddasiga zikr etilgan to`zatishlarni kiritish taklif etilayotgani munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasining 78- va 93- moddalariga xam tegishli o`zgartirishlar kiritish zarurati tugiladi.

Jumladan, Konistitusiyaning 78-moddasi 15-bandini «…shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yo`zasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muxokamaqilish»degan so`zlar bilan tuldirish kerak.

93-moddasining 15- bandiga «viloyatlar xokimlarini xamda Toshkent shahar xokimini qonunga muvofiq tayinlaydi xamda lavozimidan ozod etadi»degan so`zlardan oldin «O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining takdimiga binoan…» degan so`zni kiritish maqsadga muvofiqdir.

93-moddaning 8- bandidan «ijro etuvchi hokimiyat devonini to`zadi va unga raxbarlik qiladi»degan so`zlarni chiqarish tafsiya etiladi.

93-moddaning 16-bandini «…O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik kiishga xakli»degan so`zlar bilan tuldirish lozim.

Shuningdek, 93-moddaning 12-bandidan «O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori»degan so`zlardan keyin «uning o`rinbosari»degan so`zlarni chiqarish va ularning urniga «hisob palatasi raisini»degan so`zlarni kiritish va undan sung matn boyicha «tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalari O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdigiga kiritadi»degan tarzda bayon etish kerak Hurmatli majlis ishtirokchilari!!! Biz xamamamiz shuni aniq anglabolishimiz zarurki, saylovlarda yutib chiqqan siyosiy partiyatakdim yetgan Bosh iazir nomzodining Parlament tomonidan ishonchsizlik votumi institining joriy yetilishi va siyosiy tizimni modernizatsiya qilish jarayonida amalga oshirilishi lozim bo`ladigan boshqa kator chora-tadbirlar o`z mazmun- moxiyati bilan mamlakatimizni ilox etish va demokratlashtirishning yangi boskichini boshlab beradi

Ayni vaqtda shuni unutmasligimiz kerakki, mazkur islohotlarning muvaffakiyati, avvalambor, mamlakatimizni yanada demokratlashtirish va liberallashtirish yulidagi say –harakatlarimiz sura`atiga, fuqarolarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligiga, ularning siyosiy va huquqiy madaniyatining yuksakligiga va o`z-o`zidan ayonki birinchi navbatda siyosiy partiyalarning yetuklik darajasiga, ularning O`zbekistonimiz takdiri va kelajagi daxldor bunday ulkan mas`uliyatli vakolatlarni o`z zimmasiga olishga kay darajada tayyor ekaniga bevosita boglikdir .



Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati

  1. Karimov I.A. O`zbekiston mustaqillakka erishish ostonasida. – T., “O`zbekiston”, 2011.

  2. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.2. -Т.: O`zbekiston, 1996. -380 b.

  3. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.Z. -Т.: O`zbekiston, 1996. -366 b.

  4. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo`lidan. ТА - Т.; O`zbekiston, 1996. - 394 b.

  5. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash - davr talabi. T.5. - Т.: O`zbekiston,
    1997.-

  6. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo`lida. T.6. - Т.: O`zbekiston,
    1998.

  7. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. T.7. - Т.:
    O`zbekiston, 1999.-

  8. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard
    maqsadimiz. T.8. - Т.: O`zbekiston, 2000. -525 b.

  9. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas`ulmiz. T.9. - Т.:
    O`zbekiston, 2001. - 9. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq
    kerak. T. 10. - Т.: O`zbekiston, 2002. - 432 6.

  10. Karimov I.A. Biz tanlagan yo`l - demokratik taraqqiyot va ma`rifiy dunyo bilan hamkorlikyo`li. T.P. - Т.: O`zbekiston, 2003.

  11. Karimov I.A. Uzbek xalqi hech kachon, hech kimga qaram bo`lmaydp. T. 13. -
    Т.: O`zbekiston, 2005

  12. Karimov I. A. Inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat. T. 14. - Т.:
    O`zbekiston, 2006.


Download 21.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling