Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish Reja


Download 21.26 Kb.
bet1/3
Sana02.01.2022
Hajmi21.26 Kb.
#189732
  1   2   3
Bog'liq
Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish


Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish

Reja:

  1. Boshqaruvni demokratlashtirishda huquqiy davlatni barpo etishning ahamiyati.

  2. Konstitutsiya- demokratik jamiyatning huquqiy negizidir.

  3. O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va mahalliy organlarning davlat hokimiyatining yanada takomillashtirishdagi ahamiyati

Ma`lumki, o`tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar o`ta muxim bir maqsadga, ya`ni hokimiyatlar bulinishi konstitusiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o`rtasida o`zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarmli tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini lebirallashtirish va uning mustaqilligini ta`minlash boyicha goyat dolzarb chora-tadbirlarni ko`rishga qaratilgan edi.

Bu jarayonda markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv to`zilmalari va ma`muriy organlarning vazifalrini o`zgartirishga, ularning boshqarish, tartibga solish va taksimlash borasidagi vakolatlarni, xujalik to`zilmalari faoliyatiga bevosita aralashuvini keskin qisqartirishga katta etibor berildi. Boshqacha aytganda, ularning vakolatrini bozor tamoyillariga muvofiqlashtirish va provard natijada davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi roli jiddiy kamaytirish ko`zda tutilgan edi.

Boshqaruv sohasini markazlashtirishni cheklash, bu boradagi vazifalarning bir qismini respublika darajasidan viloyat, tuman va shahar mikyosiga utkazish, O`zbekistonda maxalliy o`zini o`zi boshqarishning noyob shakli bulgan maxalla tizimini shakllantirish masalalariga katta ahamiyat karatildi.

Ikki palatali milliy parlamentimizni tashkil etish masalasi boyicha 2002 yil 27 yanvarda utgazilgan referundum yakunlari va shu asosda «Referendum yakunlari xamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to`g`risida»gi konstitutsiyaviy qonunning qabul kilinishining asoslarini belgilab berdi.

Budan ko`zlangan asosiy maqsadlar parlament tomonidan o`z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida o`zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatini tizimini shakllantirish, qonun ijodkorligining sifatini jiddiy ravishda oshirish, umumdavlat va manfaatlarning mo`tamosibligiga erishishdan ibort edi. Bu borada tarkib jixatdan asosan xalq deputatlari maxalliy Kengashlari vakillaridan tashkil topgan yukori palita – Senatning xududlari manfaatlarini ifoda etishi, kuyi – Qonunchilik palatai esa o`z faoliyatini doimiy professional asosda amalga oshirishi hisobga olinganini aytib o`tish lozim.

Ta`kidlash kerakki, milliy parlamentimizning rivojlanishida yangi parlament va uning har bir palatasining maqomi, vakolatlari va faoliyat mexanizmlari aniq belgilab berilgan «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to`g`risida»gi Konstitutsiyaviy qonunlarning 2003 yilda qabul kilinishi alohida ahamiyat kasb etdi.

2007 yilda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan mamlakat Prezidenti bir vaqtning o`zida ijro etuvchi hokimiyat boshlig`i ekanligini belgilaydigan normaning chiqarilishi ushbu davrdagi muxim siyosiy -huquqiy voqealardan biri buldi. Bugungi kunda Konstitutsiyamizning 89-moddasida «O`zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig`idir va davlat hokimiyati organlirining kelishilgan holda faoliyat yuritilishini xamda xakorligini ta`minlaydi» degan qoida belgilab qo`yilgan.

Ilgari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti egallab turgan Vazirlar Mahkamasi Raisi lavozimining tugatilishi xam lebirallashtirish va demokratlashtirish yulida muxim kadam buldi. Qabul kilingan qonunlarga muvofiq endilikda Bosh vazir nafakat Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi, balki unga raxbarlik qiladi va uning ishi samaradorligi uchun shaxan javob beradi, Vazirlar Mahkamasi majlislarga raislik qiladi, ukumat hujjatlarini imzolaydi, davlat va xujalik boshqaruvi masalalari yo`zasidan qarorlar qabul qiladi.

Hozirgi paytda mamlakatimiz aholisining siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasining usib borishi, jamiyatni demokratlashtirish va lebirallashtirish jarayoning jadal rivojlanishi, yurtimizda ko`p partiyaviylik tizimining tobora mustaxkamlanishi davlat hokimiyatining uchta subekti, ya`ni davlat boshlig`i bulgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ichro etuvchi hokimiyatlar o`rtasidagi vakolatlaning yanada mutonosib taksimlanishini ta`minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yo`zaga keltirmokda.

Shundan kelib chiqqan holda, O`zbekiston yespublikai Konstitutsiyasining 98-moddosini kuyidagi taxrirda bayon etish taklif kilinadi:

«O`zbekiston Respulikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o`zbekiston Respublikai Bosh vaziri, uning o`rinbosari, vazirlar, davlat kumatalirning raislaridan iborat. Mahkamasi tarkibiga o`z lavozimi boyicha kiradi.

Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotining, ijtimoiy va ma`naviy sohasining samarmli faoliyatiga raxbarlikni, O`zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlar va farmoyishlari ijrosini ta`minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O`zbekiston Respublikasining butun xududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bulgan qarorlar va farmoyishlar chiqariladi.

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga raxbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo`ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigiga binoan xalqaro munosabatlarda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish kuradi, O`zbekiston Respublikasi qonunlaridi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyilarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.

Vazirlar Mahkamasi o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir.

Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida o`z vakolatlani zimmasidan sokit qiladi.

Vazirlar mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirai qonun bilan belgilanadi.



O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko`p deputatlik o`rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o`rinlarini kulga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti takdim etgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko`rib chiqqanidan keyin un kun muddat ichida uni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko`rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.

Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishlicha O`zbkiston Respublikasi Oliy Majisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a`zolari umumiy soning yarmidan ko`pi tomonidan ovoz berilgan takdirda tasdiqlangan hisoblanadi.


Download 21.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling