2. Saylov tizimi va saylov huquqi
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida saylov tizimi maxsus bobda (XIII bob) mustahkamlangan. Hamma mamlakatlarning Konstitutsiyalarida saylov tizimi uchun mahsus bob ajratilmagan, masalan Rossiya Konstitutsiyasida. O’zbekiston Konstitutsiyasida saylov tizimini Konstitutsiyaviy asosda belgilanishi bu huquqiy institutning ahamiyatini yuqori ekanligini ko’rsatadi.
Konstitutsiyaning saylov tizimi bobi bitta ya’ni 117-moddadan iborat bo’lib, u fuqarolarning saylov huquqini, saylov huquqi printsiplari, qaysi organlar saylov yo’li bilan tashkil qilinishi, saylov o’tkazishning muddatlari, Oliy Majlis Senati a’zolarini saylash tartibini, kimlar saylovda qatnashmasligini belgilovchi qoidalardan iborat.
Saylov tizimi barcha saylov o’tkazilishi bilan boog’liq tartiblar va barcha tartiblarni mustahkamlovchi, o’rnatuvchi huquqiy normalar yig’indisidir. Saylov huquqiy normalari, fuqarolarning saylov huquqlarini, saylov tashkil qilish va o’tkazish, ovoz berish natijalarini aniqlash masalalarini tartibga soladi. Saylov tizimi bu saylov o’tkazilishi tartibi va shu tartiblarni mustahkamlovchi huquqiy normalar yig’indisidir. Saylov o’tkazilish tartiblari huquqiy normalar bilan belgilanadi va ular birgalikda saylov tizimini tashkil etadi.
Ba’zida saylov tizimi tor ma’noda saylovning ba’zi jihatlari, xususiyatlariga ham tatbiq qilinadi, masalan ovoz berish natijasini aniqlashga qo’llanilganda proportsional va majoritar saylov tizimi degan tushunchalar kelib chiqadi. Aslida majoritar va proportsoinal saylov deputatlikka nomzodlar ko’rsatish va ularga ovoz berish hamda natijalarini aniqlashdagi alohida tartibdir.
Proportsional tizimda ovozlar partiya ro’yxati bo’yicha berilib, deputatlik o’rni olingan ovozlarga nisbatan taqsimlanadi. Bu tizim Rossiyada parlament saylovlarida qo’llaniladi.
Majoritar tizimda saylovchi aniq bir nomzodga ovoz beradi va saylovchilarning yarmidan ko’pchilik ovozini olgan nomzodlar saylangan hisoblanadi. O’zbekistonda majoritar saylov tizimi qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |