Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat
Download 1.28 Mb.
|
Konstitutsiyaviy huquq Modul
2-kazus.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga bo’lib o’tgan saylovlardan so’ng, tegishli tartibda yangi Bosh vazir tasdiqlandi va u O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tarkibini shakllantiridi. Bir qator vazirlar va davlat qo’mitalari raislarining o’rinbosarlari, shuningdek davlat boshqaruvining boshqa organlari rahbarlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan to’g’ridan-to’g’ri lavozimga tayinlanadi. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri esa Hukumat rahbari ekanligini hamda ushbu lavozimlarga nomzodlar ham u bilan kelishilishi lozimligini vaj qilib, ushbu vaziyat yuzasidan davlat boshlig’iga o’z e’tirozini bildirdi. Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlar Mahkamasi a’zolari va davlat boshqaruvining boshqa organlari rahbarlarini tayinlash va lavozimidan ozod etishdagi vakolatlarini ko’rsating. 3-kazus. O’zbekiston Respublikasi Bosh vazir o’z vakolatlarini bajarishi mumkin bo’lmay qolganligi sababli O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimidan ozod qilindi. Bosh vazir bilan birga Vazirlar Mahkamasi tarkibi va Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi ham iste’foga chiqdi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Qoraqalpog’iston Respublikasi avtonom suveren respublika ekanligi va Vazirlar Kengashi tarkibi Jo’qorg’i Kenges tomonidan tuzilganligini vaj qilib, Vazirlar kengashi raisi Jo’qorg’i Kenges roziligi bilangina iste’fosi chiqishi lozimligi yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga o’z e’tirozini bildirdi. Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. Sizning fikringizcha, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining iste’fosi Qoraqalpog’iston Respublikasi Hukumati tarkibiga ta’sir qilishi lozimmi? 4-kazus. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi matbuot va axborot agentligini tugatish va O’zbekiston Respublikasi Matbuot davlat qo’mitasini tashkil qilish to’g’risida” qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda yangi tashkil etilgan qo’mita faoliyatiga oid qoidalar bilan bir qatorda, qo’mita markaziy devoni xodimlari soni va ularning ta’minotiga ajratiladigan mablag’lar miqdori ham mustahkamlab qo’yildi. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri esa ushbu qarorga nisbatan o’z e’tirozini bildirib, Davlat qo’mitalari, vazirliklar va davlat boshqaruvining boshqa organlari Vazirlar Mahkamasiga bo’ysunganligi sababli ushbu organlarning markaziy devoni xodimlari soni va ular ta’minotiga ajratiladigan mablag’lar miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi lozimligini bildirdi. Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qonuniymi? O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining e’tirozlari o’rinlimi? 5-kazus. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi majlisi kun tartibiga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi faoliyatiga taalluqli bir qator muhim masalalar qo’yildi va mazkur masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar olish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari - O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Qonunchilik palatasi majlisiga taklif qilindi. Biroq majlis bo’lib o’tadigan kuni Bosh vazir birinchi o’rinbosari – Moliya vaziri o’ta muhim masalalar yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qabuligi chaqirtirildi, Qonunchilik palatasi majlisida esa O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri qatnashadigan bo’ldi. Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering? Vazirlar Mahkamasining muayyan a’zolari faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan Bosh vazir zarur tushuntirishlar olish va tushuntirishlar berishga haqlimi? Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling