Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat
O’zini o’zi boshqarish organlari va ularning vazifalari
Download 1.28 Mb.
|
Konstitutsiyaviy huquq Modul
O’zini o’zi boshqarish organlari va ularning vazifalari.
Konstitutsiyaning 105-moddasida “SHaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ularning tarkibidagi mahallarda hamda shahardagi mahallarda fuqarolarning yig’inlari o’zini o’zi boshqarish organlari bo’lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni(oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saydaydi.”-deb belgilab qo’yildi. Konstitutsiya normasini mazmuniga e’tibor bersak, birinchidan, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari bu fuqarolar yig’inidir. Ikkinchidan, fuqarolar yig’ini doimiy ishlovchi organ, faqat ular har ikki yarim yilda raislarni (oqsoqollarni), rais maslahatchilarini saylashadi. Uchinchidan, fuqarolar yig’ini shaharcha va qishloqlarda shuningdek, shahardagi mahallalarda faoliyat ko’rsatadi. Fuqarolar yig’ini faoliyat ko’rsatadigan hudud uchta - shaharcha va qishloqlar, uning mahallalari, shahar mahallalari. SHaharcha va qishloqlarda fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlari tashkil qilinishi munosabati bilan Konstitutsiya qabul qilingunga qadar qishloq va shaharchalarda faoliyat ko’rsatgan davlat hokimyati organlari – qishloq va shahar xalq deputatlari Kengashlari va ularning ijroiya qo’mitalari faoliyati ko’rsatmaydigan bo’ldi. Natijada qishloq va shaharchalarda avvallari davlat hokimiyati organlari bajarib kelgan ishlarni bajarishni fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari o’z zimmasiga oldi. Bu o’zini o’zi boshqarishga bo’lgan katta hurmat va ishonch bo’lib, hokimiyatni amalga oshirishda fuqarolarning bevosita ishtirokini yanada kengaytiradi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyati, vazifasi, 1993 yil 2 sentyabrdagi, 1999 yil 14 aprelda yangi tahrirda qabul qilingan “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”57qonun bilan tartibga solinadi. Qonunlarda va boshqa dasturiy hujjatlarda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga yuklatilgan vazifalarni bir necha guruhga bo’lib ko’rsatish mumkin. Bular: 1. Fuqarolarga jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qatnashish huquqini amalga oshirishda ko’maklashish; 2. O’z hududlarida ijtimoiy va xo’jalik vazifalarini, ijtimoiy muhofazani hal qilish, ommaviy madaniy tadbirlarni o’tkazish, axloqiy-tarbiyaviy faoliyat bilan shug’ullanish. 3. Davlat hokimyati organlariga O’zbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident va hukumat hujjatlarini, xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning qarorlarini bajarishda yordamlashish. Fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarida ishtirok etishi ularning konstitutsiyaviy huquqidir. Ana shu huquqni amalga oshirishda fuqarolarga o’zini o’zi boshqarish organlari turli yo’llar orqali yordam beradi, jumladan: mahalliy hokimyatning vakillik organlariga nomzod ko’rsatish; aholini vakillik organlarining sayloviga ishtirok etishga jalb qilish; tashviqot-targ’ibot ishlarini olib borish; aholini saylov bo’ladigan joy, vaqt haqida xabardor qilish, fuqarolar yig’ini raislariga sayloviga fuqarolarni jalb qilish va saylovlarda ishtirok etish uchun tegishli sharoitlar yaratish. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xududlarida xo’jalik ishlari, kichik biznes, tadbirkorlik bilan shug’ullanish, aholini ish bilan ta’minlash, aholini ijtimoiy himoya ishlari bilan shug’ullanadi. Turli madaniy tadbirlar va boshqalarni o’tkazish bilan aholini huquqiy bilimini o’stirish, huquqiy madaniyatini shakillantirishga ta’sir qiladi. Ularning eng muhim vazifalari insonlarni, ayniqsa yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,axloqiy fazilatlarini, eng yaxshi urf-odatlarimizni ular ongiga singdirish hisoblanadi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling