5. Mahalliy ijroiya hokimiyat organlari. Hokim maqomi.
Mahalliy miqyosda hokimiyatni vakillik organlari sifatida xalq deputatlari Kengashlari saqlab qolinib (ular avvalgi tuzumda ham mavjud edi) ularni tashkil bo’lishi, faoliyati demokratlashtirildi, tarkibi optimal darajaga keltirildi va ularni haqiqiy davlat hokimiyati sifatida huquqiy mustahkamlanib qo’yilgan bo’lsa, ijro hokimiyati yangitdan tashkil qilindi va yangi institut – hokim lavozimi o’rnatildi. Sobiq tuzum davridagi qonunlarda umuman ijro hokimiyati degan (shu jumladan mahalliy ijroiya hokimiyati) institut, tushuncha yo’q edi. U davrdagi qonunlarda faqat xalq deputatlari Sovetlarini davlat hokimiyati organi hisoblanib, ijro organlarini Sovetni organi deb mustahkamlangan va ijro organlarini ham kollegialchilik (ijroiya komitetlar) asosida ish olib borishini beliglab qo’yib, yakka boshchilik sotsialistik demokratiyaga zid hodisa deb hisoblangan.
O’zbekiston mustaqillik yo’liga kirgach ijro hokimiyatini tashkil qilish, uni faoliyatini kuchaytirish yo’lidan bordi. Toshkent shahrida ijro organining boshlig’i yakka boshchilik asosida faoliyat ko’rsatadigan hokim bo’lishi maqsadga muvofiq degan fikr asosida, 1991 yil 29 dekabrda eksperiment tariqasida Toshkent shahar hokimi Toshkent xalqi tomonidan saylab qo’yildi. 1992 yil yanvardagi “O’zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to’g’risida”gi qonuniga binoan Respublikaning barcha ma’muriy tuzilmalarida ijro hokimiyatini boshlig’i sifatida hokim lavozimi tashkil qilinishi belgilandi va joylarda ijro hokimiyati davlat hokimiyati tarmog’i sifatida e’tirof etildi. Bu g’oya keyinchalik O’zbekiston Konstitutsiyasida ham mustahkamlanib qo’yildi.
Konstitutsiyaga asosan barcha ma’muriy-tuzilish pog’onalarida hokim lavozimi mavjud bo’lib ular vakillik hokimiyati organlarini tegishlicha boshqaradi. SHuningdek, ijro hokimiyatini ham hokimlar boshqaradi (100, 102-moddalar).
“Mahalliy davla hokimiyati to’g’risida”gi qonunga asosan Hokimlar viloyat, tuman va shaharning oliy mansabdor shaxsi hisoblanadi (1-modda). Hokim joylardagi mansabdor shaxs sifatida o’zbek davlatchiligida azaldan qo’llanilib kelingan va sotsialistik tuzumda yo’q qilingan lavozim edi.
Hokim lavozimini o’rnatilishi, ijro hokimiyatida boshqaruv yakka boshchilik printsipida amalga oshirilishini belgiladi. Yakka boshchilik printsipi faqat mansabdorga keng vakolatlar va huquqlar berish emas, ularni mas’uliyatini kuchli bo’lishini nazarda tutadi. SHuning uchun hokimlarga o’zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish imkoniyatini beruvchi vakolat, huquqlar bilan birga kuchli mas’uliyatlar ham yuklangan.
Viloyat, Toshkent shahar hokimi Prezident va tegishli xalq deputatlari Kengashlari oldida, tuman va shahar hokimlari yuqori turuvchi hokim va tegishli xalq deputatlari Kengashlari oldida hisobdorligi qonunning 1-moddasida belgilab qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |