Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Download 1.28 Mb.
bet186/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

3-masala. Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi tomonidan xududdagi barcha davlat tashkilotlarini 2 kunlik xayriya hashariga jalb etish to’g’risida qaror qabul qilindi. Mazkur qaror tanishish uchun xududdagi barcha tashkilot va muassasalarga yuborildi. Biroq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspektsiyasining viloyat boshqarmasi tomonidan bu qaror inkor etildi. Bunga sabab sifatida, mazkur organ faqatgina Vazirlar Mahkamasiga bo’ysunishi va uning farmoyishlarigagina amal qilishi kerak ekanligi, mahalliy organlarning qarorlari ular uchun majburiy hisoblanmasligi ko’rsatdi.
Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. Xalq deputatlari viloyati Kengashlari qarorlarining amal qilishiga doir normativ asoslarni keltiring va tahlil qiling.
4-masala.
2013 yilning noyabrь-dekabrь oylarida fuqarolar yig’inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovi o’tkazilishi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qarori qabul qilindi. Mazkur saylovni o’tkazish bo’yicha “Gulzor” M.F.Y.da ham saylovni o’tkazish uchun komissiya tashkil etildi. Saylovchilarning xohish istaklarini inobatga olgan holda, obro’-e’tiborga ega fuqaro M. nomzod sifatida ro’yxatga olindi. Komissiya tomonidan mazkur nomzoddan boshqasi bu lavozimga loyiq emas degan fikrga kelinib, saylov kuni mana shu bitta fuqaro nomzod sifatida saylovda qatnashdi va yetarli ovoz olib M.F.Y. raisi etib saylandi. Biroq, bir guruh fuqarolar saylovlar noqonuniy ekanligini ko’rsatib, sudga murojaat qilishdi.
Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. Mazkur holat bo’yicha saylov qonunchiligining qanday normalari buzilgan? Ushbu holatda sud tomonidan qanday chora ko’rilishi mumkin?


5-masala. Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan “Qo’ng’irot” va “Keles” qishloqlar tuman hokimining qaroriga asosan birlashtirilib, birlashgan qishloqqa “Parvoz” deb nom berildi. Ushbu holatdan habar topgan ushbu hududlarga istiqomat qiluvchi fuqarolar va fuqarolar yig’ini a’zolari norozi bo’lib, hokimdan ushbu qarorni bekor qilishni talab qilishdi.
Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. Qishloqlar hududidini o’zgartirishning tartibi va unda mahalliy davlat hokimiyati organlarining ishtirokinini batafsil yoritib bering.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling