Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari


Download 1.28 Mb.
bet187/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari


1-masala.
Bekobod tumani hokimi P. shu tumanda joylashgan “Kenagas” M.F.Y. raisi N.ni qabuliga chaqirtirdi va unga Vazirlar Mahkamasining o’tgan yildagi qarori ijrosini ta’minlamagani uchun tanbeh berib, unga nisbatan intizomiy jazo qo’llashi mumkinligini ta’kidladi. M.F.Y. raisi uning bunga haqqi yo’qligini, o’zini o’zi boshqarish organlari har qanday organdan mustaqil ekanligini ta’kidladi
Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. O’zini o’zi boshqarish organlarining huquqiy maqomini batafsil yoritib bering.


2-masala.
“A’lo” M.F.Y. hududida istiqomat qiluvchi fuqaro A. vafot etdi. Vorislari bo’lmaganligi sababli uning ko’chmas mulki egasiz qoldi. Mahalla fuqarolar yig’ini tomonidan ushbu uchastka kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan fuqaro R. Va uning oilasiga beriladigan bo’ldi. Ma’lum vaqt o’tganidan so’ng, mahalla hisobidagi mablag’larning noqonuniy tasarruf etilishi yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan taftish o’tkazila boshlandi. O’rganish jarayonida egasiz uyning M.F.Y. qarori asosida fuqaro R.ga berilgani ham aniqlandi va Prokuratura tomonidan mazkur qaror haqiqiy emas deb topilib, uy davlat foydasiga o’tkazildi.
Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. Yuqoridagi xolat bo’yicha M.F.Y.ning vakolatlarini tahlil qiling. Egasiz mol-mulkni tasarruf etish tartibi va qoidalarini yoritib bering.


3-masala.
“Adolat” mahallasida yashovchi fuqaro M. qo’shnisi fuqaro T.ning uyida foxishaxona tashkil etilganligi to’g’risida M.F.Y. raisiga habar beridi. Lekin M.F.Y. raisi ushbu holatga e’tiborsizlik bilan qaradi. Fuqaro M. “Adolat” M.F.Y.ning yuqoridagi vaziyatga nisbatan e’tiborsizlik bildirganligi sababli Sudga shikoyat qildi.
Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. Mazkur holatda “Adolat” M.F.Y. qanday huquq va majburiyatlari mavjud. Fuqaro M. qanday xarakat qilishi kerak edi ?


4-masala.
Fuqaro SH. uchinchi farzandi tug’ilganligi munosabati bilan, bola ikki yoshga to’lgunchi to’lanadigan nafaqa berilishini so’rab “Qozirabot” M.F.Y.ga murojaat qildi. M.F.Y. raisi esa ushbu masalani o’rganib, fuqaro SH.ning turmush o’rtog’i fuqaro X. baland ish xaqi to’lanadigan tashkilotda ishlashini va uning daromadi katta oilani boqish uchun yetishini vaj qilib fuqaro SH. iltimosini rad qildi.
Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. Mazur munosabatlar qaysi qonun xujjatlari orqali tartibga solinadi? Nafaqalar belgilashda o’zini-o’zi boshqarish organlarining ishtirokini yoritib bering.


5-masala.
“Bog’ishamol” M.F.Y. hududida joylashgan avtokorxona mahalla hududini ifloslantirayotganligi, ko’p miqdorda chiqindilarni tashlayotganligi, mahalladagi ko’chalarning asfalьtini yaroqsiz xolga keltirayotganligi ustidan M.F.Y.ga jamoaviy shikoyat kelib tushdi. M.F.Y. raisi esa, “bu davlat tashkiloti, biz bunga xech qanday chora ko’ra olmaymiz” deb, shikoyatga og’zaki rad javobini berdi.
Ushbu holatni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, mazkur muammoni hal etish yuzasidan M.F.Y.ning qanday vakolatlar mavjud?



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling