Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat
Sud hokimiyatining tizimi va vazifasi
Download 1.28 Mb.
|
Konstitutsiyaviy huquq Modul
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-modda. Sudning vazifalari
- 3-modda. Odil sudlovning amalga oshirilishi O’zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. 4-modda. Sud hokimiyatining mustaqilligi
- 5-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi
- 7-modda. Sud ishlarini yuritishning oshkoraligi
- 9-modda. Sud himoyasida bo’lish huquqi
- 10-modda. Himoya huquqini ta’minlash. Aybsizlik prezumptsiyasi
2. Sud hokimiyatining tizimi va vazifasi
Sud hokimiyatining tizimi alohida vazifalarga hamda umumiy vazifalari mavjud, tegishli vakolatlarga ega alohida sud organlarining tizimidan iborat. Sudlar to’g’risidagi qonunning 1-modda. Sud tizimiko’rsatilgan: O’zbekiston Respublikasida: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi; harbiy sudlar; Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo’yicha sudi, fuqarolik ishlari bo’yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari; Qoraqalpog’iston Respublikasi jinoyat ishlari bo’yicha sudi, jinoyat ishlari bo’yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari; fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari; jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudlari; tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari; tuman (shahar) ma’muriy sudlari faoliyat ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga qarab sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin. Favqulodda sudlar tuzishga yo’l qo’yilmaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini tashkil etish va uning faoliyat tartibi alohida qonun bilan belgilanadi. 2-modda. Sudning vazifalari O’zbekiston Respublikasida sud O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to’g’risidagi xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini sud yo’li bilan himoya qilishga da’vat etilgan. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir. 3-modda. Odil sudlovning amalga oshirilishi O’zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. 4-modda. Sud hokimiyatining mustaqilligi Sudьyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo’ysunadilar. Sudьyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo’l qo’yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi. O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. 5-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi Sud hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiydir hamda O’zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart. 6-modda. Qonun va sud oldidagi tenglik O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun va sud oldida tengdir. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ham qonun va sud oldida tengdir. 7-modda. Sud ishlarini yuritishning oshkoraligi Hamma sudlarda ishlar ochiq ko’riladi. Ishlarni yopiq majlisda ko’rib chiqishga faqat qonunda belgilangan hollarda yo’l qo’yiladi. 8-modda. Sud ishlari yuritiladigan til O’zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o’zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko’pchilik aholi so’zlashadigan tilda olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to’la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so’zlash huquqi ta’minlanadi. 9-modda. Sud himoyasida bo’lish huquqi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar davlat organlari va boshqa organlarning, mansabdor shaxslarning har qanday g’ayriqonuniy xatti-harakatlaridan (qarorlaridan), shuningdek hayoti va sog’lig’i, sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy erkinligi va mol-mulki, boshqa huquq va erkinliklariga tajovuzlardan sud himoyasida bo’lish huquqiga ega. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ham sud himoyasida bo’lish huquqiga egadir. Fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo’li bilan samarali himoya qilinishini ta’minlash maqsadida sud muhokamasining barcha bosqichlarida va qonun hujjatlarini qo’llash amaliyoti to’g’risidagi masalalar sudlar tomonidan ko’rilayotganda prokuror ishtirok etadi. 10-modda. Himoya huquqini ta’minlash. Aybsizlik prezumptsiyasi Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi. Sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Ayblanuvchi, uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmagunga va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmagunga qadar, aybsiz hisoblanadi. Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda qamoqqa olinishi mumkin emas. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo’ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi: O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshiradi; sudlarning kadrlari malakasi oshirilishini tashkil qiladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi rais, uning birinchi o’rinbosari — jinoyat ishlari bo’yicha sudlov hay’atining raisi hamda rais o’rinbosarlari — fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay’atlarining raislari, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudьyalaridan iborat bo’ladi hamda quyidagi tarkibda ish olib boradi: O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati; Jinoyat ishlari bo’yicha sudlov hay’ati; Fuqarolik ishlari bo’yicha sudlov hay’ati; Ma’muriy ishlar bo’yicha sudlov hay’ati; Iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay’ati. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling