4. Sud-huquq islohotlarini prokuratura organlari maqomiga ta’siri
Mamlakatimizda olib borilgan sud-huquq sohasidagi islohotlar prokuratura organlariga ham ta’sir qildi.
Mustaqillikka erishilib, taraqqiyot yo’li belgilanar ekan, eng muhim vazifalar qatorida “ – barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunni ustunligini, jamiyat manfaatlari himoya qilinishi va aholining xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy davlatni barpo etish. Qonuniylik va huquqiy tartibot tantana qilmasa, shaxsning huquqlari va erkinliklari, qattiq intizom bo’lmasa, qonunlar va an’analar hurmat qilinmasa, huquqiy davlatni tasavvur etib bo’lmaydi”61, deb belgilandi. Yuqorida ko’rsatilgan vazifalarni bajarishda prokuratura organlarini bevosita ishtiroki zarur edi.
SHundan kelib chiqib, prokuratura maqomi O’zbekiston Konstitutsiyasida alohida XXIV bobda mustahkamlandi va Konstitutsiya qabul qilingandan keyin (1992 yil dekabrda) “Prokuratura to’g’risida” Qonun qabul qilindi.
Yangi jamiyat qurish boshlanishi, har kim va har bir narsa qonunga bo’ysunishi lozim bo’lgan huquqiy davlat qurish maqsadi, jamiyatda qonun boshqaruvning asosiy va ko’p qirrali vositasiga aylanishi zarurligi, bu huquqni muhofaza etuvchi organlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklashi anglanib shu organlar, jumladan prokuratura to’g’risidagi qonunlarni takomillashtirish zarurati ko’zga tashlanayotganligi Prezident tomonidan e’tirof etilganidan62 so’ng, prokuratura organlari haqidagi qonunni takomillashtirishga jiddiy kirishildi.
O’zbekiston XXI asrga, mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishni amalga oshirish maqsadi bilan kirdi. Endi barchani qonun asosida yashashga o’rganishi muhim bo’lib qoldi. Sud-huquq sohasiga tegishli islohotlar chuqurlashib borar ekan, uni natijasida advokatura tizimini kuchaytirish va uni chinakam mustaqilligini ta’minlash, ularning vakolatlari va maqomini prokuratura maqomiga tenglashtirish uchun qonunchilik sohasida ham, amaliy ishlar sohasida ham ko’pgina chora-tadbirlar ko’rilayotganligi – Prezident ma’ruzasida qayd qilindi63.
Prezidentning ikkinchi chaqiriq, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida 2002 yil 22 yanvarda so’zlagan ma’ruzasida ham “Sud jarayonida ayblov va himoyaning amalda tenglik ta’minlanmog’i va buning uchun advokatura idoralarining mavqeini ko’tarish darkor”64ligi qayd qilindi.
SHundan so’ng “Prokuratura to’g’risida”gi Qonunga o’zgartirishlar kiritildi, qonun 2001 yil 29 avgustda yangi tahrirda qabul qilindi.
Prokuratura faoliyatini tashkillashtirish davom etdi va 2000 yilning ikkinchi yarmidan bu masalaga yanada katta e’tibor berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |