Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat
Prokuraturaning davlat organlari tizimidagi o’rni
Download 1.28 Mb.
|
Konstitutsiyaviy huquq Modul
3. Prokuraturaning davlat organlari tizimidagi o’rni
Prokuratura organlari alohida vazifa bajaruvchi davlat organidir. Parlamentni Angliyada, Prezident institutini AQSHda vujudga kelgan deyilsa, Prokuratura Frantsiyada XIV asrda tashkil etilgan. Rossiyada prokuratura Pyotr I davrida vujudga kelib, keyinchalik Turkiston Rossiya tarkibiga qo’shib olingan davrda, so’ng O’zbekiston SSSR tarkibiga kirgach prokuratura organlari faoliyati ta’siri mavjud bo’lgan. Prokuratura organlari davlatni va barcha fuqarolarni manfaatini qo’riqlaydigan organ deb ta’rif etilsada u asosan davlatni, shu davlatdagi hukmron sinflarning manfaatini himoya qilgan. Prokuraturani hokimiyat manfaatidan kelib chiqib o’ta jazolovchi organ bo’lganligini xalqimiz 80-yillarda, o’z boshidan kechirgan. Sobiq tuzim davrida prokuratura organlarining tuzilishi, huquqiy maqomi ittifoq (markaz) manfaatlariga mos ravishda tashkil qilinar edi. U o’ta markazlashgan usulda tashkil qilinar edi. Respublika prokurori, viloyatlar prokurorlari Ittifoq Bosh prokurori tomonidan tayinlanar, tuman, shahar prokurorlari, Bosh prokurorni roziligi bilan Respublika prokurori tomonidan tayinlanar edi. Respublika rahbariyatini Respublika prokuroriga nisbatan hech qanday ta’sir vositalari yo’q edi. SHuning uchun ular to’la ittifoq manfaatini himoya qilar edi. Ayniqsa, 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab respublikadagi prokuratura organlari rahbarligiga Rossiyadan kadrlarni yuborilishi, O’zbekistonda qonuniylik, fuqarolar huquqlarini ta’minlashni og’ir ahvolga solib qo’ydi. Mahalliy sharoitni bilmaydigan, bilishiga harakat qilmagan prokuraturaning “kelgindi” rahbar xodimlari istagancha o’zbek xalqini taxqirladi. Faqat mustaqillik sharofati bilan bunday noinsoniy voqealarga barham berildi va O’zbekiston o’z prokuratura organlarini o’zi xohlagancha tashkil qilish imkoniyatiga ega bo’ldi. Prokuratura organlari hokimiyatning alohida tarmog’ini tashkil qilmay, turli mamlakatlarda biror-bir hokimiyat tarmog’i tarkibida faoliyat yuritadi. AQSHda prokuratura Adliya organlari (ijro hokimiyati) tizimiga kirsa, Italiyada sud organlari tizimiga kiritilgan. O’zbekiston Respublikasida prokuratura alohida maqomga ega. Konstitutsiyada prokuratura uchun alohida bob kiritilgan. Demak, u qonunchilik hokimiyatiga ham, ijro hokimiyatiga ham, sud hokimiyatiga ham kirmaydi. Prokuratura uchun Konstitutsiyada maxsus bob ajratilishi, unga konstitutsiyaviy maqom berib va unga katta umid bog’langanligidan dalolat beradi. O’zbekiston Prezidenti “Prokuratura – qonun himoyasida turgan organ. U huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurilishida, huquqiy islohotlarni amalga oshirishda hal qiluvchi rolni o’ynaydi” – deb prokuratura organlari faoliyatiga yuksak baho bergan va uning o’rnini ko’rsatib bergan edi. Prokuraturaning davlat organlari tizimidagi o’rnini ularning alohida vazifasi borligi, o’zini alohida ish uslubiga egaligi va har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo’ysinib ish olib borishi belgilaydi Bu Konstitutsiyaning 120-moddasida qonuniy belgilanib, unga asosan: “O’zbekistan Respublikasi prokuratura organlari o’z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo’ysunib amalga oshiradi”. Prokuratura Prezident va Oliy Majlis oldida mas’ulligi ham ularni maqomini, davlat organlari tizimidagi o’rnini ko’rsatadi. Konstitutsiyaning 80-moddasi, 12-bandiga binoan, Oliy Majlisning Senati O’zbekiston Respublikasining Bosh prokurorining hisobotlarini eshitadi. Hisobotlar har yili taqdim etiladi. O’zbekiston Bosh prokurori Respublika Prezidentiga: qonuniylik va jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to’g’risida – muntazam ravishda; o’ta og’ir jinoyatlar va favqulodda hodisalar to’g’risida – zudlik bilan; prokuratura organlari amalga oshirgan ishlar to’g’risida – har olti oyda axborot taqdim etadi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling