1
7 - MAVZU. QONUN USTUVORLIGI -- DEMOKRATIK, FUQAROLIK
JAMIYaTI QURISHNING ASOSI
REJA:
1. O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK, HUQUQIY DAVLAT VA
FUQAROLIK JAMIYATI QURILISHIDA QONUN USTUVORLIGI
TAMOYILINING
MOHIYATI,
MAZMUNI
HAMDA
UNING
MUSTAHKAMLANISHI.
2. 2 DAVLAT HOKIMIYATI TIZIMINING BO’LINISH PRINTSIPI VA
O’ZBEKISTONDA PARLAMENT TARAQQIYOTINING YANGI
BOSQICHI.
3. KUCHLI DAVLATDAN KUCHLI JAMIYAT SARI.
1. O’zbekistonda demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati
qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining mohiyati, mazmuni
hamda uning mustahkamlanishi
Prezident Islom Karimov ta’kidlab o’tganidek, «Biz shunchaki demokratik jamiyat emas,
demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz». SHu sabab adolat tushunchasi bilan qonun ustuvorligi
tushunchasi chambarchas bog’liqdir. Qabul qilingan qonunlar negizida adolat yotishi ma’lum.
Adolatga asoslangan qonunlarning tadbiq etilishi adolatning tantana bo’lishiga olib keladi.
Agarda birorta normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaga zid keladigan bo’lsa, u bekor qilinishi
lozim». Qonun ustuvorligi Prezidentimizning 5 ta tamoyillaridan 3-si Qonun ustuvorligiga
bog’liq. Buni o’z navbatida quyidagicha izohlash mumkin: 1) Qonun ustuvor xarakterga ega. 2)
Qonun oldida Hamma teng. 3) O’z ish faoliyatini qonun doirasida amalga oshirish kerak. 4)
Huquqiy demokratik jamiyatda hokimiyat organlari bo’linish printsipiga asoslanadi, ya’ni qonun
chiqaruvchi, ijrioya hokimiyat va sud hokimiyati. Bu holat rivojlangan davlatlarda ommaviy
axborot vositalari turtinchi hokimiyat hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi faoliyatini tartibga soluvchi bir qator
qonunchilik hujjatlari qabul qilingan. Davlat boshqaruvida qonunchilik quyidagi xususiyatlari
bilan ifodalanadi:
1.Barcha qonunlarning umummajburiyligi.
2. Qonuniylikning yagonaligi.
3. Qonuniylik va maqsadga muvofiqlikni qarama-qarshi qo’yishning man etilganligi.
4. Qonuniylik va aholi huquqiy madaniyatining chambarchas bog’liqligi.
5. Har qanday qaror qabul qilinganda qonuniylik va adolatlilik.
6. Davlat boshqaruvida qonunni buzganlik uchun javobgarlik va h.k.