2 Davlat hokimiyati tizimining bo’linish printsipi va O’zbekistonda parlament
taraqqiyotining yangi bosqichi
Prezident Islom Karimovning "Parlament - jamiyat hayotining ko’zgusi" nutqida
ko’tarilgan asosiy masalalar. 2005 yil 27 yanvarda O’zR Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
birinchi yig’ilishida Prezident Islom Karimov "Parlament - jamiyat hayotining ko’zgusi"
mavzusida nutq so’zladi. Haqiqatan ham Prezidentimiz ta’kidlab o’tganlaridek, parlamentga
saylovlar jarayonida, xalqimiz o’zining faolligi, siyosiy ongi va saviyasini yorqin namoyon etdi.
Saylovlar oshkoralik, ochiqlik va qizg’in kurashlarda o’tdi, bu jarayon dunyo jamoatchigi
tomonidan kuzatildi. Biz hech kimdan kam emasligimiz, demokratik davlat qurishda o’z
yo’limiz borligi, o’ziga xosligi ayon bo’ldi. Doimo bosiq bo’lib jim o’tirish deputatlik faoliyatiga
to’g’ri kelmaydi. Har bir deputat o’z vakolati va mashuliyatini teran his qilishi kerak. Deputat –
bu mustaqil fikrli inson. U qaysi partiyaga mansub bo’lmasin avvalo xalq oldida javob berishi
kerak. SHu sabab xalq manfaatlari yo’lida parlamentdagi g’oyalar, yondashuvga qarashlar
xilma-xil bo’lgani yaxshi. Deputat zalda bo’ladigan muhokama va munozaralar vaqtida 3 ta
narsani esdan chiqarmasligini bayon etdi: Birinchidan, har qaysi deputat o’zining qadr-
qimmatini bilishi lozim. SHundagina u boshqalarni ham hurmat qiladi. Ikkinchidan, mehr-
oqibatlilik bizning xalqimizga yarashadigan, xalqimizga xos bo’lgan fazilat ekanini hech qachon
esdan chiqarmasligi kerak. Uchinchidan, bobomiz Amir Temur aytganidek, qanday xalqning
farzandimiz, degan savolni o’zimizga berishimiz kerak. SHu bilan birga kecha kim edigu, bugun
kim bo’ldik, degan savolni ham hech qachon unutmaslik zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |