«Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni
modernizatsiya
qilishda
siyosiy
partiyalarning
rolini
kuchaytirish
to’g’risida”gi
Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. Bu qonun 8
moddadan iborat (“Xalq so’zi”, 2007 yil 12 aprelg’).
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Davlat hokimiyatining tashkil etilish
printsiplari. Davlat hokimiyatining tashkil etiilishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ham
berilgan. 89-moddaga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Prezidenti O’zRda davlat va ijro etuvchi
hokimiyat
boshlig’idir.
Konstitutsiyada
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
respublika
fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri saylov xuquqi asosida yashirin ovoz
berish yo’li bilan 7 yil muddatga saylanadi. Uni saylash tartibi qonun bilan belgilanishi aytilgan.
Yangi qoidaga ko’ra Prezidentning ayrim vakolatlari Senatga, ya’ni yuqori palataga bosqichma-
bosqich o’tkazilishi aytilgan. Bu degani O’zekistonning demokratik davlat va fuqarolik
jamiyatini qurishda fuqarolarning davlat hokimiyati boshqaruvidagi ishtiroki kengaytirilgan.
Mustaqil davlatimizning bosh qomusi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8
dekabrda qabul qilingan bo’lib, unga 2002 yil 27 yanvarda o’tkazilgan umumxalq referendumi
natijalariga ko’ra hamda uning asosida qabul qilingan 2003 yil 24 apreldagi O’zR qonuniga
ko’ra
Konstitutsiyaning
18,19,20,23-boblariga
tuzatish
va
qo’shimchalar
kiritildi.
Konstitutsiyaning 1-bo’lim 11-moddasida O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi
hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi printsiplari: 1)
Davlat suvereniteti; 2) Xokimiyat haqchiligi tamoyiliga; 3) Inson va fuqaro huquq hamda
erkinliklari ustuvorligi va poydevorligi tamoyili; 4) Davlat hokimiyatining bo’linish printsipi; 5)
siyosiy va mafkuraviy xilma-xillik tamoyili; 6) Demokratizm tamoyili; 7) Davlat va shaxsning
o’zaro mashuliyati tamoyili; 8) Davlat huquq tuzilishi tamoyillariga amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |