Fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining
Ikkinchidan, keyingi nazorat
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Topics 7 - 12
Ikkinchidan, keyingi nazorat. Bu nazorat normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganidan
keyin amalga oshiriladi. Keyingi nazoratning o’zini ham ikki turga bo’lish mumkin. a) Normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan keyin, ammo u hali kuchga kirishidan avval amalga oshiriladigan nazorat. Bu nazorat ham Adliya vazirligi tomonidan vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar qabul qilgan umummajburiy xarakterga ega bo’lgan normativ- huquqiy hujjatlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishdan avval amalga oshiriladi. Bu normativ- huquqiy hujjatlar davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyingina kuchga kiradi. O’zbekiston Respublikasida vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning umummajburiy xarakterdagi normativ-huquqiy hujjatlarining Konstitutsiya va qonunlarga mosligini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993 yil 17 iyunda «Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat ro’yxatiga olish to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» va 1997 yil 9 oktyabrda «Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar mehyoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida» qarorlar qabul qildi. Bu qarorlarning mohiyati shundaki, ular umummajburiy xarakterdagi idoraviy normativ- huquqiy
hujjatlarni O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazilishining majburiyligini tahminlab berdi. 1997 yil 9 oktyabrdagi qarorda belgilanishicha, agar shunday hujjatlar davlat ro’yxatidan o’tkazilmasa, ular yuridik kuchga ega bo’lmaydi. Konstitutsiya yoki qonunga zid bo’lganlari esa davlat ro’yxatiga olinishi mumkin emas. Ana shunday yo’l bilan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga va qonunlarga mosligi tahminlanmoqda. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling