Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


-mavzu: Xorijiy mamlakatlar Konstitutsiyalarining shakllari, turlari, tuzilishi


Download 1.28 Mb.
bet199/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

14-mavzu: Xorijiy mamlakatlar Konstitutsiyalarining shakllari, turlari, tuzilishi.
Reja:


1.Konstitutsiyaning shakllari.
2.Konstitutsiyaning turlari.
3. Konstitutsiya tuzilishi.
4.Konstitutsiyalarning ishlab chiqilishi va qabul qilinishi.
Constitutsio — lotincha so’zdir. U aynan — «tuzish», «tuzuk», «nizom», «tuzilish», «yaratish» degan ma’nolarni anglatadi.
«Konstitutsiya» atamasi o’zining uzoq tarixiga egadir. Masalan, qadim zamonlarda «Konstitutsiya» so’zi, siyosiy tuzum ma’nosini bildirgan. XVII asrda. Frantsiyada bu so’z bilan rentani, renta shartnomasini ifodalashgan. So’ng yana uning qadimgi yunoncha ma’nosiga qaytishgan va bu atama bilan huquq tomonidan belgilab beriladigan davlat tuzilishini ifodalay boshla- ganlar. Buyuk frantsuz inqilobi arafasida «konstitutsiya» atamasi bilan «davlatning holati»ni aks ettira boshlaganlar.
1.Konstitutsiya shakllari
Konstitutsiya shakli deganda, konstitutsiyaning mohiyatini shakllantirish, ifodalash hamda namoyon etish vositasi tushuniladi. Bu ta’rif, bir tomondan, konstitutsiyaning ichki shaklini, ya’ni mazmunining ichki tashkiliy tuzilishini (strukturasini) aks ettiradi; ikkinchi tomondan, konstitutsiyaning tashqi ifodalanishini anglatadi65.
Konstitutsiyalarning ichki tuzilishi (strukturasi) xususida so’z yuritilarkan, albatta kodifikatsiyalangan, oliy yuridik kuchga ega bo’lgan barcha normalarni qamrab olgan yaxlit va yagona yozilgan konstitutsiya nazarda tutiladi. Uning ichki tuzilishi asosan andozaviy ko’rinishga ega: avval Muqaddima, Asosiy qism va xulosadan iborat bo’ladi. Muqaddimada odatda konstitutsiya maqsadlari bayon qilinadi, uning yuzaga kelishining tarixiy shart-sharoitlari tavsiflab beriladi, ba’zan esa huquqlar va erkinliklar yohud davlat siyosatining rahbariy ibtidolari e’lon qilinadi.
O’zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi tuzilishi uning mazmuniga to’la muvofiq bo’lib, shaxs, jamiyat va davlat oddida turgan vazifalarni samarali hal etishga ko’mak beradi. Mamlakatimiz Konstitutsiyasi muqaddima, 6 bo’lim, 26 bob va 128 -moddadan iborat.
Muqaddima qisqa bo’lib, ko’tarinki ruhda yozilgan. Unda: konstitutsiyani xalq, ya’ni davlat hokimiyatining haqiqiy sohibi qabul qiladi va unda o’z irodasini ifoda etadi. Agar birinchi bo’lim konstitutsiyaviy tuzumning asosiy printsiplari yig’indisidan iborat bo’lsa, ikkinchi bo’lim inson huquqlari to’g’risidagi normalar mavjud.
Respublika Konstitutsiyasining Inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari to’g’risidagi bo’limi keng berilishi konstitutsiyaning mohiyatidan kelib chiqadi. “shaxs-jamiyat-davlat” munosabatlarni tartibga solinishi konstitutsiyaning tub mohiyatini tashkil etadi. Bunda shaxs omili birinchi o’rinda qo’yilgan.
Uchinchi bo’limda esa Jamiyat va shaxs munosabatlari tartibga solinib, fuqarolik jamiyatining an’analarini tiklash, ijtimoiy uyushmalar va munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solib, ularning rivojlanishini ta’minlashga qaratilgavn normalar mavjud.
To’rtinchi bo’lim ma’muriy hududiy va davlat tuzilishiga bag’ishlangan. Unda Qoraqalpog’iston Respublikasi haqida alohida bob bor.
Beshinchi bo’limda Davlat hokimiyatini tashkil etilishi deb nomlanib, unda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezidentning huquqiy maqomi, ijro hokimiyatini, mahalliy davlat organlari, sud hokimiyatining huquqiy maqomlari ko’rsatib o’tilgan. Oltinchi bo’lim Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish tartibini o’z ichiga oladi.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling