Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Xorijiy mamlakatlarda saylov huquqi


Download 1.28 Mb.
bet202/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

5.Xorijiy mamlakatlarda saylov huquqi. 
“Saylov” atamasi qandaydir organning(davlat, jamoat, xalqaro) ovoz berish yo’li bilan shakllantirilishini anglatadi.SHu boisdan saylash uchun bir necha muqobil ob’ekt mavjud bo’ladi yoki, hech bo’lmaganda, muqobil ob’ektsiz saylovda saylashdan voz kechish imkoniyati kafolatlanishi lozim.66[18]
Demokratik saylovlar uch sharoit mavjud bo’lgandagina mumkin: birinchidan, muqobillik, ikkkinchidan, saylov kompaniyasini o’tkazishda erkinlik, uchinchidan esa, saylovchilar xohish va irdalarining erkin ifodalanishi.
Saylovlarda elektorat (lot-elector-saylovchi) muhim rol o’ynaydi. Bu tushuncha ikki xil ma’noda qo’llanadi:
1)keng ma’noda bu —mamlakatdagi barcha darajadagi saylovlarda saylash huquqidan foydalanishga haqli aholi qatlami tushuniladi,
2)tor ma’noda — bu partiya, harakat , tashkilot yoki ularning vakillari yohud mustaqil deputatlarga ovoz beruvchi saylovchilar qismi tushuniladi.
Birinchi ma’nodagi elektorat hajmi mamlakat aholisining soni, saylov huquqining qay darajada demokratlashtirilganligi hamda qanday saylov o’tkazilishiga (umumiy, hududiy yoki mahalliy) bog’liq. Mamlakatdaga saylov huquqiga ega bo’lgan barcha fuqarolar yig’indisi saylov korpusi deyiladi.
Ikkinchi ma’nodagi elektoratning hajmi partiya (tashkilot, harakat) yoki ularning alohida shaxslarining jamiyat siyosiy hayotiga ta’siriga va fuqarolarning o’z nomzodlarini qay darajada qo’llab-quvvatlashga tayyorligiga qarab belgilanadi.
Saylovlar nomzodlarning saylanish usuliga qarab ikki guruhga bo’linadi:to’g’ri va egri. To’g’ri saylovlarda saylovchilar kimga ovoz berishlarini bevosita o’zlari hal qiladilar, ya’ni qo’yilgan nomzodga to’g’ridan-to’g’ri ovoz beradilar.Kimga ovoz berishni bevosita saylovchilar emas, balki ular tanlagan vakillar hal qilganda egri saylov bo’lib o’tgan deb hisoblanadi.Misol sifatida AQSH prezidentligiga saylovlarni keltirish mumkin. AQSHda avvalo barcha saylovga layoqatli fuqarolar o’z shtatlarining vakillarini saylaydilar, keyin esa bu vakillar to’g’ridan-to’g’ri prezidentlikka nomzodlardan biriga ovoz beradi. Frantsiyadagi senatorlar saylovi ham egri saylovga misol bo’la oladi.Egri saylovlar ham o’z navbatida ikki turga ajratiladi:bir bosqichli va ko’p bosqichli.Ko’p mamlaktlarda saylovlar bir bosqichda amalga oshiriladi, ba’zi mamlaktlarning tajribasida ko’p bosqichli saylovlar ham uchrab turadi. Bir bosqichli saylovlarda davlat hokimiyat organiga qo’yilgan nomzodga fuqarolar to’g’ridan-to’g’ri ovoz beradilar. Ko’p bosqichli saylovlar biroz murakkabroq tarzda o’tkaziladi. Oldin fuqarolar quyi vakillik organini bevosita saylaydilar, bu vakillik organi esa yuqori turuvchi vakillik organi deputatini saylaydi, bu organ esa undanda yuqori turuvchi organni saylaydilar va shu tarzda parlamentgacha etib boradi. Hozirgi kunda bu tizim Xitoy Xalq Respublikasida qo’llaniladi.
SHuningdek saylovlar ochiq va yopiq turlarga bo’linadi. Yopiq saylovlarda saylovchi boshqa shaxslarga bildirmasdan saylov byulitenini to’ldirish yo’li bilan, saylov mashinasidan foydalanib (AQSH, Hindiston va b.) yoki elektron saylov kartochkalari yordamida o’z nomzodiga ovoz beradi. Yopiq saylov qoidalarini buzish qonun bilan ta’qib etiladi. Ochiq saylovlar juda ham kam amalga oshiriladi, odatda quyi vakillik organlari vakillariga qo’l ko’tarish yo’li bilan ovoz beradilar.Bu usul hozirda Xitoy Xalq Respublikasi xalq vakillari quyi organi yig’ilishiga saylovlar o’tkazilishida qo’llaniladi. 

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling