Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Saylov huquqining tamoyillari tushunchasi va uning ahamiyati


Download 1.28 Mb.
bet204/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Saylov huquqining tamoyillari tushunchasi va uning ahamiyati.
Demokratik saylovlar uch sharoit bo’lgandagina mumkin: birinchidan muqobillik, ikkinchidan, saylov kompaniyasini o’tkazishda erkinlik, uchinchidan esa, saylovchilar xohish va irodalarining erkin ifodalanishi. Saylov zamonaviy demokratiyaning muhum institutlaridan biridir, xalq irodasining ifodalanshi siyosiy jarayonda ishtrok etishining asosiy shakllaridan biri, shu bilan birga, vakillik organlari (parlament, mahalliy o’z – o’zini boshqarish organi ) tashkil topishi va bir necha oliy mansablar (masalan, prezident) band etish usulidir.
Hozirgi paytda, saylov huquqining asosiy tamoyillari sifatida quyidagilarni misol qilib keltirishimiz mumkin: umumiy saylov, teng huquqlilik to’g’ri va bilvosita, oshkora va yashirin ovoz berish. Umumjahon demokratik saylov andozalariga saylov umumiy, ya’ni ularda mamlakat (viloyat, tuman, shahar, grafliklar, uezdlar…) barcha aholisi ishtrok etadi, saylovchilarning imkon qadar ko’p miqdori qatnashadi. Saylovlar teng saylov huquqi asosida o’tkaziladi – har bir saylovchi bir ovozga ega va hamma saylovchilar saylovlarda teng asoslarda qatnashadilar. Bunda saylov okruglari aholi soniga ko’ra teng bo’lishi lozim. Saylovlar to’g’ridan – to’g’ri amalga oshiriladi, ya’ni saylovchi ko’p partiyaviylik asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan bevosita nomzod uchun ovoz beradi. Yashirin ovoz berish saylovchining o’z irodasini ifodalashi ustidan hech bir nazorat yo’qligini nazarda tutadi.
1. Umumiy saylov huquqi.
Hozirgi paytda, ko’plab davlatlarning Konstitutsiyalarida umumiy saylov huquqi belgilab qo’yilgan, lekin umumiy saylov huquqi bo’yicha saylovlarda ishtrok etish uchun ham ovoz beruvchilarga bir nechta talablar qo’yilagan.
Umumiy saylov huquqi ushbu davlatda saylov huquqi sohasida fuqarolarning huquqlari kamsitilishiga yo’l qo’yilmasligi va har qanday ruhiy sog’lom hamda ma’lum bir yoshga yetgan shaxs saylovlarda qatnashish huquqiga ega ekanligini anglatadi. 
2. Saylov tsenzi.
Demokratik saylov tamoyillariga asosan ma’lum bir tsenzlar o’rnatilishi mumkin.
TSenz mahsus shartlar bo’lib, bunday talablarga javob bergan shaxs saylovlarda qatnashish huquqini oladi. Ya’ni saylov huquqini amalga oshirish olish uchun konstitsiyada yoki saylov qonunlarida belgilangan shartlardir

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling