Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Quyidagi qaysi mamlakatda konstitutsiyaviy kontrol (nazorat)faqat Oliy sud tomonidan amalga oshiriladi?


Download 1.28 Mb.
bet212/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Quyidagi qaysi mamlakatda konstitutsiyaviy kontrol (nazorat)faqat Oliy sud tomonidan amalga oshiriladi?

A) Gana
B) SHri-Lanka
S) Estoniya
D) A va B javoblar
E) A, B va S javoblar



        1. Quyidagi qaysi mamlakatda konstitutsiyaviykontrol (nazorat)ni amalga oshirishkonstitutsiyaviy sudga yuklatilgan?

A) Frantsiya
B) Isroil
S) Meksika
D) Italiya
E) Ispaniya



        1. Quyidagi qaysi davlatda konstitutsiyaviy Kengashlar tuziladi?

A) Qozog’iston
B) Marokash
S) Senegal
D) Tunis
E) Barcha javoblar to’g’ri


15.mavzu:Xorijiy mamlakatlarda davlat xokimiyatini tashkil etish.
1.Davlat boshlig’i tushunchasi.
2.Davlat boshlig’ining davlat boshqaruvidagi vakolatlari
3. Prezident davlat boshlig’ining huquqiy holati.
4. Monarx davlat boshlig’ining huquqiy holati.
5.Xorijiy mamlakatlarda parlament.
6. Xorijiy mamlakatlarda hukumat tushunchasi.
7. Hukumatni tuzish, uning tarkibi va boshlig’i.
Mahkamalar va ularning rahbarlari, hukumat va hukumat
aьzolarining javobgarligi
8.Mahkamalar va ularning rahbarlari, xukumat va
xukumat a’zolarining javobgarligi
1.Davlat boshlig’i
Davlat hokimiyatining klassik turlari (qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud) dan farqli o’laroq davlat boshlig’ining faktik va yuridik maxsus holatini bir ma’noda aniqlash mumkin bo’lmay turibdi. Har bir davlatda bu mansabdor shaxsning o’rni o’ziga xos xususiyatlariga ega. Biroq davlat boshlig’i istitutining barcha davlatlarda bir xil bo’lgan umumiy o’ziga xos xususiyatlarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Davlat boshlig’i- davlatning oliy vakili va odatda ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i hisoblanadigan oliy mansabdor shaxs.
Davlat boshlig’i – bu mansabdor shaxs yoki organ bo’lib, davlat organlari tizimida yuqori o’rinni egallovchi, davlat ichi va tashqarisida uning yuqori vakili , xalq va davlat birligi timsoli.
Davlat boshlig’ining mohiyati, vakolatlari, funktsiyasi va o’rnini turli davlatlardagi konstitutsiyaviy institutlar bilan taqqoslaydigan bo’lsak, ular bir-biridan tubdan farq qiladi. Ayrim konstitutsiyalarda u yoki parlamentga , ya’ni qonun chiqaruvchi hokimiyatga kiritiladi. CHunki uning imzosisizqonun haqiqiy bo’lmaydi (Buyuk Britaniya va Hindiston ) yoki bo’lmasa ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i bo’lish bilan bir qatorda davlat boshlig’i (AQSH, Misr ) bo’lishi mumkin yoxud uni biror bir davlat hokimiyati tarmog’iga kirmaydigan davlat boshlig’i deb hisoblashadi (Germaniya , Italiya). U davlatning timsoli (Yaponiya), davlatning boshqa institutlariga nisbatan hokimiyatga ega bo’lgan hokim (Frantsiya), yakkabosh hukmdor (Ummon, Saudiya Arabistoni ) bo’lishi mumkin.
Davlat boshliqlari lavozimi yakka (monarx yoki prezident) va kollegiyal (parlament tomonidan saylanadigan doimiy faoliyat olib boradigan parlament organi ) bo’lishi mumkin.
O’tmishda oliy davlat organlarning prezidiumlari, doimiy qo’mitalar,totalitar sotsializimdagi mamlakatlarda esa davlat kenengashlari kollegial organlar bo’lgan. Hozirgi vaqtda esa davlat kengashi shunday organlarga kiradi. Ma’lumot sifatida aytib o’tish kerakki, Kubada prezident yo’q, konstitutsiya bo’yicha esa davlat boshlig’i davlat Kengashining boshlig’i hisoblanadi. Xitoyda Konstitutsiya bo’yicha davlat boshlig’i parlamet tamonidan saylanadigan respublika raisi hisoblanadi, lekin u davlat boshlig’ining ko’p funktsiyalarini Parlamentning doimiy qo’mitasi bilan birgalikda bajaradi,ayrim funtsiyalarini esa doimiy qo’mitaning o’zi amalga oshiradi. Eronda bu vakolatlar oliy toifali musulmon ruhoniylar orasidan maxsus ravishda saylanadigan davlat rahbari va Islom Respublikasi Prezidentiga bo’lib berilgan. SHveytsariyada esa davlat boshlig’i funktsiyasini hukumat bajaradi, prezident esa parlament tomonidan bir yilga saylanadi va muhim vakolatlarga ega emas. Birlashgan Arab Amirliklarida esa jamoaviy monarx, Malayziyada esa tanlanadigan monarx mavjud.
Davlat boshlig’i ko’pchilik davlatlar uchun umumiy bo’lgan vakolatlarga ega. Birinchidan u parlament sessiyalarini chaqiradi, qonunlarni e’lon qiladi, parlamentni tarqatib yuborish va veto huquqlariga ega. Davlat boshlig’i hukumatni shakllantiradi, vazirlarni ishdan bo’shatish va hukumatni iste’foga jo’natish huquqiga ega. Bundan tashqari, sud’larni tayinlash, fuqarolik va boshpana berish, ma’lum bir turdagi xalqaro kelishuvlarni tuzish va ratifikatsiya qilish, diplamatik vakillarni tayinlash, mukofatlash, mahkumlarni afv qilish kabi vakolatlarga ega. Lekin bunday vakolatlarni amalga oshirish davlatni boshqarish shakli, davlat boshlig’ining haqqoniy holatiga bog’liq.
Bundan tashqari, xohlagan bir davlat boshqaruvi shaklida ayrim davlat boshlig’ining vakolatlari mustaqil ravishda amalga oshirilishi mumkin, boshqa bir turda vakolatlarni amalga oshirish uchun esa parlamentning ( masalan, AQSHda elchilarni tayinlash uchun ) yoki hattoki hukumatning ( parlamentar respublika sharoitida ) roziligi yoki tasdig’i talab qilinadi.
Parlamentar respublikada va monarxiyalarda, ba’zan esa yarim prezidentlik respublikalarida ham prezident yoki monarxning ayrim aktlari amalda bo’lishi uchun Bosh vazirning imzosi talab qilinadi (bu konstrassignatura deb ataladi).
Kontrassignatura – davlat boshlig’i qabul qilgan hujjatni vazirning imzosi bilan mustvhkamlash bo’lib, bunda mazkur hujjat uchun yuridik va siyosiy javobgarlikni imzo chekkan vazir o’z zimmasiga oladi. Kontrassignatura shaklan shu bilan izohlanadiki, bunda davlat boshlig’i o’z hatti-harakatlari uchun javobgarlikka tortilmaydi (davlatga nisbatan xoinlik va boshqa jinoyatlar sodir etish bundan mustasnodir). Hukumat boshlig’i hujjatlarni kontrassignatura, ya’ni biron-bir vazir imzosi bilan quvvatlanishi kamroq bo’lsada, har holda uchrab turadi. Bundan maqsad hukumatning birdamligi va bosh vazir hujjuatlariga kollektivchilik shaklini berishga intilishdan iborat.
Ba’zi holatlarda bosh vazirning imzosi bilan bir qatorda vazirning ham imzosi talab qilinadi. Bu o’rinda bu imzoning kerakligi shunda ko’rinadiki, prezident yoki monarx chiqargan ushbu aktning bajarilishiga ushbu vazir javobgar bo’ladi.
Davlat boshlig’i ayrim bir qonunlarga asoslangan xarakatlarni bosib o’tganidan keyin o’zining lavozimiga qonuniy yo’l bilan kelib qolishi mumkin va bu qonuniy yo’llar ushbu davlat fuqorolari va boshqa davlatlar tomonidan tan olinadi. Yoki bo’lmasa noqonuniy ya’ni mansabni qo’lga olib,
Lekin real davlat boshlig’i funktsiyalarini bajarib qolgan davlat hokimiyati bo’g’inlarini o’ziga bo’ysundirib olgan bo’lishi mumkin. Qonuniylik usullari turli xil bo’lishi mumkin: respublikada – prezidentni saylash, monarxiada vorislik bo’yicha monarx lavozimini olish. Noqonuniy davlat boshlig’i bu qoida bo’icha kuch ishlatish yo’li bilan hokimiyatni qo’lga olgan diktator , harbiy boshlig’idir.
Lavozimni va davlat boshlig’i funktsiyalarini amalgam oshirishning 7 xil varianti bor:
1. Nisbatan qadimiyroq va an’anaviyroq bo’lib davlat boshlig’ining monarx shaxsida namoyon bo’lishi. Taxtni egallashning 3 usuli bor:
a) vorislik bo’yicha ( Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Belgiya, Yaponiya, Tailand, va boshqalar)
b) sulolaning oqsoqollari tomonidan o’z oila a’zolaridan birini tanlashi yoki saylashi natijasida ( Saudiya Arabistoni, Svazilend, Katar va boshqa yaqin sharqdagi monarxiylar).
c) Federatsiya sub’ektlarini boshqaruvchi o’zlarining hamkasblari bo’lgan monarxlar tomonidan saylanishi ( Malayziya ).
2. Davlat boshlig’i- prezident. Bu lavozimni egallashning 3 usuli mavjud:
a) xalq, fuqarolar tomonidan saylanish.
b) Parlament tomonidan saylanish.
c) Parlament a’zolari va maxsus kollegiyalar tomonidan saylanish.
3. Noan’anaviy kollegial organ. Bu kollegial organ ma’lum muddatga parlament tomonidan saylanadi. (Kuba). Bu kollegial organ bir qator davlat boshlig’iga tegishli funktsiyalarni amalgam oshirilmasligi hisobidan ( ya’ni ular individual amalga oshirilishi kerak).
Bunday prezidentga xos vakolatlar bu organning biror bir vakiliga beriladi. Masalan, kollegial organning biror bir a’zolari ( yoki boshliq) hujjatlarni imzolaydi yoki chet ellik diplomatlarning ishonch yorliqlarini qabul qiladi va hokazo.
4. O’rindoshik bo’yicha davlat boshligi. Bu funktsiyani masalan , GFR yerlarida hukumat boshlig’i – bosh vazir amalga oshiradi.
5. General gubernator “qaysidir ma’noda” davlat boshlig’i hisoblandi. ( sobiq Britaniya dominionlaridagi , hozirda esa hamdo’stlikning a’zolaridagi davlatlarda Britaniya monarxining vakili). Odatda bunday davlatlar o’z davlat boshlig’iga ega bo’lmaydi. (Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Barbados, Yamayka va boshqalar). Ushbu general gubernator ma’lum shartlar asosida davlat boshlig’i funktsiyalarini amalgam oshiradi.
6. Yana bir nostandart bo’lgan va normal davlat mexanizmi chegaralarida tashqarida bo’lgan variant bu yakkaboshlik yoki kollegial davlat boshlig’i bo’lib u o’z hokimiyatini noqonuniy yo’l bilan, ya’ni hokimiyatni uzurpatsiya qilish yo’li bilan qo’lgan bo’ladi. Odatda bu harbiylar bo’lib, harbiy to’ntarishni boshqarganlar harbiy huntalarning boshliqlaridir. Ular o’zlarini davlat boshliqlari , oily rahbarlar deb e’lon qilishadi.
7. Yana bir o’ziga xos, lekin qonuniy ( oldingisidan farqli o’laroq ) variant bu qabilaviy etakchi bo’lib u halqlar va boshqa davlatlar tan olgan an’analari bo’yicha davlatni boshqarida. ( G’arbiy Samoa.)

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling