Davlat boshlig’ining qonun chiqarish jarayonidagi ishtiroki
Davlat boshlig’ining qonun chiqarish jarayoni mazkur davlat davlat boshqaruviga bog’liq. Prezidet yoki monarxlarning vakolatlari va ishtiroki hamma davlatlarda har xil.
Yarimprezidentlik respublikasida davlat boshlig’i hukumat, bosh vazir, alohida vazirlar tomonidan qabul qilingan normativ va boshqa qarorlarni rasmiylashtiradi. Normativ va boshqa aktlar chiqaradi, siyosiy qarorlar qabul qiladi.
Parlamentar boshqaruv shaklida davlat boshlig’i parlament va hukumat tomonidan taqdim etilgan siyosiy qarorlarni rasmiylashtiradi, lekin mustaqil qabul qilmaydi. SHu bilan birga davlat boshlig’ining roli qoidalar bilan cheklanmagan. Siyosiy faoliyat talab qilinadigan harakatning bir qismi (saylovlar o’tkazish, parlamentni tarqatish, referendum e’lon qilish) davlat boshlig’ining imzosiga muxtojligini anglatadi. Bu hukumat va parlamentni qonun buzishdan qisman saqlaydi.
Davlat boshlig’i aktlari bosh vazir yoki ma’sul vazirlar imzosi bilan tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi. Kontrasignatura vositasida davlat boshlig’ining siyosiy qarorlar qabul qilishga aralashish imkoniyatlari bartaraf qilinadi
Bundan tashqari, ba’zi davlatlarda davlat boshlig’iga nisbatan kontratsignatsiya qo’llanilmaydi yoki hukumat a’zolariga ma’suliyat yuklash maqsadida qo’llaniladi.
Monarx davlat boshlig’i sifatida qonun chiqarish jarayonida aktiv faoliyat ko’rsatadi. U qonunlarnin kuchga kiritilishida asosiy bosqichni shakllantiradi. Ya’ni u yo qonunni o’z imzosi bilan tasdiqlaydi yoki boshqa uslublarda rozilik bildiradi. Lekin parlamentar respublika va monarxiya ko’rinishidagi davlatlarda hamda ba’zi yarimprezidentlik respublikalarda prezident yoki monarxning normativ aktlari qonunuiy kuchga kirishi uchun Bosh vazir imzosi bilan tasdiqlanishi shart.
Umuman olganda, davlat boshliqlari uchun umimiy bo’lgan vakolatlar sirasiga normativ aktlar qabul qilish ham kiridi.
Qonunchilik tashabbusi, parlamentga noma yuborish
Ma’lumki, davlat boshlig’i qonunlarni tantanli ravishda e’lon qiladi. Bundan tashqari u qonunchilik tashabbusiga ham ega, ya’ni davlat boshlig’i parlamentga qonun loyihasini taklif qilib, qonunchilik jarayonida faoliyat yurgizishi mumkin. Ammo bir qancha davlatlarda davlat boshlig’i bunday huquqdan mahrum etilgan, masalan AQSH da prezident qonunchilik tashabbusiga ega emas.
Ko’pgina davlatlarda davlat boshlig’i parlamentga noma yuborish huquqidan foydalanib, qonunchilik tashabbusida qatnashadi. Bu huquqiy noma asosan parlamentning qo’shma yig’ilishlarida muhokama qilinmasdan qabul qilinadi. Mazkur nomalar kelgusi yilda davlat organlarining faoliyatini belgilash va bundan tashqari, muhim qonunchilik faoliyatlari masalalarini ham o’zida aks ettirishi mumkin. Bu noma yilda bir marta yuboriladi. Yana davlat ahamiyatiga molik, uning hayotiy masalalari darajasidagi muammolar haqida ham murojaat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |