Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Download 1.28 Mb.
bet213/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

Hokimiyatda Monarxning o’rni turlichadir. Dualistik va ayniqsa mutlaq monarxiyalarda u real hokimiyatga ega, parlamentar monarxiyalarda esa hukmronlik qiladi, lekin boshqarmaydi. Parlamentar monarxiyalarda uning siyosiy hayotga taьsiri kuchli emas, ba’zi holatlarda esa hattoki achinarli, u parlament va hukumat bergan aktlarga imzo chekadi xolos.
2.Davlat boshlig’ining davlat boshqaruvidagi vakolatlari
Davlat boshlig’i instituti deyarli hamma siyosiy uyushgan mamlakatlarda uchraydi. Davlat boshlig’i – xalqning davlatning tashqi va ichki ramzini namoyish qiluvchi konstitutsion organ va shu bilan birga yuqori davlat mansabdor shaxsi hisoblanadi. Uning konkret yig’indisi davlat boshlig’ining maqomi, boshqaruv shakliga bog’liq.
Turli mamlakatlarda davlat boshlig’i o’sha davlat konstitutsiyasiga muvofiq parlamentning ajralmas qismi sifatida ko’rib chiqiladi, chunki uning imzosisiz qonunlar yuridik kuchga ega bo’lmaydi (Buyuk Britaniyada monarx, Hindistonda prezident) yoki ijro hokimiyati boshlig’i va shu bilan bir paytda davlat boshlig’i sifatidagi (Misr, AQSH) yoki hech qaysi davlat hokimyati tarmog’iga kirmaydigan, faqatgina davlat boshlig’i hisoblanadigan shaxs ( Germaniya, Italiya) dir.
U faqat davlat ramzi ham bo’lishi mumkin (Yaponiya kabi) yoki Frantsiyadagi kabi boshqa davlat institutlari bilan munosabatda vakolatli hakam rolini bajarishi ham mumkin. Bundan tashqari Oman, Saudiya Arabistoni davlatlari kabi yakkahomiyatli davlat boshlig’i ko’rinishidagi sifatlari ham uchraydi.
Davlat boshlig’i yakka yoki kollegial tartibda bo’ladi. Birinchi holatda bu yo monarx yoxud prezident, ikkinchisida esa parlament tarafidan saylanadigan doimiy harakatdagi organdir. Hozirda kollegil tartibda davlat boshlig’i Kubada saqlanib qolgan, chunki bu yerda davlat oliy organi Davlat Kengashi Raisi konstitutitsiyaga ko’ra davlat boshlig’i hisoblanadi.
Barcha davlat boshliqlari ba’zi bir umumiy funktsiyalarni bajaradi.
Birinchidan, ular vakillik funktsiyasini ro’yobga chiqaradi. Davlat boshlig’i xalqaro munosabatlarda o’z mamlakatini namoyon qiladi, tashqi ishlar vaziri va diplomatlarni tayinlaydi, shartnomalarni imzolaydi, chet el elchilarini akkreditlaydi, urush e’lon qiladi va tinchlik bitimini tuzadi yoki ularni e’lon qilishda va tinchlik bitimini tuzishda qatnashadi.
Davlat boshlig’i, davlat ichki munosabatlarda vakillik funktsiyasini amalga oshirib, millatga murojaat qilish huquqidan foydalanadi, davlat nomidan federatsiya sub’ektlarini kelishuvlarini va boshqa kelishuvlarni (masalan, ijtimoiy siyosiy masalalar bo’yicha kasaba uyushmalari va partiyalar bilan) imzolaydi.
Ikkinchidan, davlat boshlig’i hukumatni shu bilan birga boshqa davlat organlari masalan sudlarni shakllantirishda ishtirok etadi.
Uchinchidan, monarxlar, prezidentlar harbiy ramz sifatida ta’riflanadi, uni turli siyosiy kuchlar, partiyalar hakami sifatida qabul qilishadi. Uni hududiy yaxlitlik, davlat xavsizligi, fuqarolarning erkinliklari kafolati deb hisoblashadi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling